132
Ichki kiyimlarni tikish uchun bo‘ylamasiga va ko‘ndalangiga to‘qilgan matolar
ishlatiladi. Mayka, ishtonlar, sport kiyimlari uchun bu matolar paxta tolali ipdan glad o‘rilishida
ishlab chiqariladi.
Yuqori sifatli sport buyumlari uchun katta qayishqoqlikka ega lastik o‘rilishdagi matolar
qo‘llaniladi. Bu buyumlar lavsan tolali hajmdor iplardan tayyorlanadi.
Issiq saqlovchi ichki kiyimlar uchun paxta tolali iplar, nitron va viskoza aralashmasidan
olingan iplardan to‘qilgan, sirtiga tuk chiqarilgan matolar ishlatiladi.
Ayollar ichki kiyimlarini tikish uchun kimyoviy kompleks iplardan triko-sukno, triko-
sharme, to‘rsimon triko-sukno o‘rilishdagi to‘qilgan trikotaj matolar qo‘llaniladi. Bu
matolardan
tikilgan buyumlar o‘z shaklini ancha yaxshi saqlaydi.
Bolalar ichki kiyimlarini tayyorlash uchun paxta tolali iplardan tukli o‘rilgan matolardan
foydalaniladi. Ustki kiyimlarni tikish uchun ham ko‘ndalangiga va bo‘ylamasiga to‘qilgan
trikotaj matolar ishlatiladi.
11.1-Rasm. Trikotaj mahsulotlari turlari
Trikotaj to’qimalarning tuzilishi
Trikotajni eni bo’ylab bir qatorda joylashgan halqalar gorizontal halqalar qatorini,
vertikal bo’yicha biri ikkinchisiga ilashib (nanizanny`e) joylashgan
halqalar vertikal halqalar
ustunchalarini tashkil qiladi. Trikotaj ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qilgan trikotajlarga
bo’linadi.
Har qanday tuzilishdagi trikotaj to’qish yo’li bilan olinadi. Trikotaj o’rilishlari kulirli va
tanda o’rilishli, yakka va qo’sh, asosiy, hosila va naqshli o’rilishlarga bo’linadi.
Ko’ndalangi bo’yicha to’qilgan trikotaj-trikotajda ko’ndalang halqa qatori ketma-ketlik
bilan halqada bitta ipning egilishi bilan kifoyalanadi.
Bo’ylama bo’yicha to’qilgan trikotaj-ko’ndalang halqa qatori iplar
guruhi kabi undagi har
bir ip ketma-ketlik bilan bir qatordagi bitta yoki ikkita halqa bo’yicha ifodalaniladi. Tandalab
(Bo’ylama)to’qilgan trikotajda esa, har bir halqa qatori iplar tizimi (tanda) dan hosil bo’ladi.
Bunda qatordagi har bir halqa alohida iplardan hosil bo’ladi.
Ko’ndalang va bo’ylama bo’yicha to’qilgan trikotaj matolarining o’rilish naqshi, tekis
tuzilishdagi trikotaj-ko’ndalang to’qilishdagi (o’rilishdagi) trikotaj-matoning o’ng
tomonida
(sirtida) halqa ustunchalari bilan aniq ifodalaniladi. Trikotaj matosida yuza tomonini – o’ng, orqa
tomonini esa – chap deb nomlash qabul qilingan.
11.2-Rasm. Halqa sxemasi
Har qanday halqaning o’lchamlarini halqa ipining uzunligi (1-2-3-4-5-1) va ipning
nomeri bilan tavsiflash qabul qilingan
133
11.3-rasm. Trikotaj to’qimalarning tuzilishi.
Trikotajning ikki turi mavjud: bir va ikki qavatli trikotajdir.
Bir qavatli trikotaj bir
ignadonli (bir fonturali) mashinalarda, ikki qavatli trikotaj esa ikki ignadonli (ikki fonturali)
mashinalarda to’qiladi. Ikki qavatli trikotaj to’qimasi bir yuzli, ikki yuzli va ters (orqa) tomonli
to’qimalarga bo’linadi. 11.3,a-rasmda bir qavatli ko’ndalangiga to’qilgan to’qima halqalarining
tuzilishi va 11.3,b-rasmda bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj halqalarining tuzilishi tasvirlangan.
Rasmda ko’rsatilgan to’qimaning halqaning tuzilishi bir halqasi halqa asoslari va halqa
asoslarini birlashtiruvchi qismdan tashkil topgan. Unda 1-2-3-4-5 halqa asosi ikki to’g’ri
kesmalardan, yoki tayoqchalardan (1-2 va 4-5) va yarim aylana yoki igna ustida hosil qilingan 2-
3-4 yoydan iborat deb qabul qilingan. Ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj halqasining 5-6-7 platina
yoyi yoki yarim aylana ko’rinishidagi qismi bitta halqalar qatoridagi qo’shni halqalar asoslarini
birlashtiradi. Bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj to’qimasi halqasining 5-6 halqalar asoslarini
birlashtiruvchi qismi deyarli to’g’ri kesma ko’rinishiga ega bo’lib, ikki qo’shni halqalar
qatoridagi yoki bir-biridan bir necha halqalar qatori oralig’ida joylashgan qatorlardagi halqalarni
birlashtiradi.
Bundan tashqari, bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj to’qimasi halqalarining protyajkasi
faqat qo’shni halqa ustunchalaridagi halqalarni emas, balki bir-biridan biror oraliqda joylashgan
ustunchalardagi halqalarni ham birlashtirishi mumkin.
Trikotaj matosining asosiy elementi bu halqadir. Trikotaj-halqa qatori va halqa
ustunchalaridan iborat (11.4-rasm).
a)
b)
11.4-rasm. Trikotaj halqasining tuzilishi.
A-ko’ndalangiga to’qilgan
trikotaj, V-bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj.
Do'stlaringiz bilan baham: