136
avtomatlari, yassi ignadonli fang to’quv mashinalari, teskari o’qima to’qiydigan mashinalar
(oborotnaya mashina) va o’yiqli (pazovy`y) ignasi bo’lgan bo’ylamasiga to’qiydigan mashinalar
(Kokett) uchun;
Shu bilan birga trikotaj mashinalari uchun boshqa o’lchov birliklari ham qo’llanilgan:
38.1 mm (1,5 ingl. dyuymi) - KT va Koton rusumidagi mashinalar uchun (bu
holda klass
geychda ifodalangan);
27,74 mm (1 frantcz. dyuymi) - ignadonda ilgakli ignalari bo’lgan mal`ezali va mal`ezasiz
aylana ignadonli trikotaj mashinalari uchun (bu holda klass faynda ifodalangan);
50,8 mm (2 ingl. dyuymi) - zamonaviy bo’ylamasiga to’qiydigan Rashel`` mashinalari uchun;
47.2 mm (2 saks, dyuymi) - ilgari ishlab chiqarilgan bo’ylamasiga to’qiydigan Rashel`
mashinalari uchun;
23,6 mm (1 saks, dyuymi) - ignadonda ilgakli ignalari bo’lgan bo’ylamasiga to’qiydigan
mashinalar uchun.
Yuqorida ko’rsatilgan farqlanish belgilaridan, tashqari, trikotaj to’quv
mashinalari yana
bir-birlaridan quyidagilar bilan ham farqlanadilar:
1. Konstruktiv tuzilishiga qarab;
2. Bitta gorizontal qatorni to’qishda ishtirok etadigan iplar soniga,
halqa hosil qilish usuliga
qarab - trikotaj (trikotajniy) va to’quv (vyazalnyy);
3. Ignalarining tuzilishiga qarab - ilgakli, tilchali va o’yiqli;
4. Ignadonlar soniga qarab - bir va ikki ignadonli;
Bitta ignadoni bor mashinalar- bir fonturli (ignadonli), ikkita ignadoni bor mashinalar-ikki
fonturli (ignadonli) mashinalar deb yuritiladi. Ignadonlarda ignalar joylashgan bo’ladi.
5. Ignadonlarning shakliga qarab - yassi, aylana va oval.
6. Ishlab chiqariladigan mahsulotni shakli, turiga qarab.
Ko’ndalang trikotaj ishlab chiqarish mashinalari. Ko’ndalang
trikotaj mashinalari ich
kiyimlar va ustki kiyimlarga ketadigan mato ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Bu mashinalar
bir va qo’shaloq ignadonli, ilmoqli ignali va tilsimon ignali bo’ladi. Ilgari aytib o’tganimizdek,
ilmoq ignali mashinalarda halqa qilib bog’lash trikotaj usulida, tilsimon ignali
mashinalarda
halqa hosil qilish esa bog’lash usulida bajarilardi.
12.1-Rasm. Ko’ndalang trikotaj ishlab chiqarish mashinasi-PROTTI PT-242
rusumli
yassi ignadonli fang mashinasi
137
Yumaloq trikotaj to’qish mashinalarida bir necha to’qish sistemalari bo’ladi, shuning
uchun ham ularni ko’p sistemali trikotaj mashinalari deyiladi. Ma`lum bir asosiy o’rilishli mato
to’qishda mashinadagi sistemalar sonini mashinaning bir marta aylanishida to’qilgan qatorlar
soni bilan aniqlash mumkin. Mashinadagi sistemalar soni
har bir sistemaning uzunligiga, igna
tsilindrining diametriga bog’liq. Yumaloq trikotaj to’qish mashinalari 64 sistemali bo’ladi. Igna
tsilindrining diametri 500
mm
. Bunday mashinalar bir minutda 25 marta aylanib, eni 1
m
li
matoda 1600 qator halqa bog’laydi.
12.2-rasm. Yumaloq trikotaj mashinasi.
Bo’ylama trikotaj ishlab chiqarish mashinalari. Hozirgi vaqtda ikki xil ilmoqli ignali
(vertelkalar) va tilsimon ignali (rashel) yassi, tandalab to’quvchi mashinalar keng tarqalgan.
Ikkala mashina ham bir va ikki ignadonli bo’ladi. Hamma tandalab to’quvchi mashinalarda
halqa qilib bog’lash jarayoni to’qish usuli bilan bajariladi. Qo’sh ignadonli mashinalar yakka
ignadonli mashinadan ignadonlari bilan farq qiladi. Ikki ignadonli mashinada jarayon goh bir
igna uyasida, goh ikkinchi igna uyasida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: