141
13-maruza. Noto’qima matolar texnologiyasi to’g’risida ma’lumot.
Reja
1.
Noto’qima matolar
2.
Noto’qima mato olishda foydalaniladigan xom
ashyo turlari
3.
Noto’qima mato olishdagi usullar
To’qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan matolarning turlari juda ko’p bo’lib, ularni
to’qima - gazlamalar, trikotaj va noto’qima matolar guruxiga bo’linadi. GOST 16430 -83 ga
muvofiq noto’qima mato deb bir yoki bir necha turdagi to’qimachilik materiallari, yoki ularni
to’qimachilikda tayyorlanadigan materiallar bilan birgalikda bo\lovchi elementlar yordamida
biriktirib xosil qilingan matoga aytiladi. Odatda noto’qima matolar tolalar, ip yoki to’qima
matolardan iborat bo’lib, ularni o’zaro bo\lash yoki maxsus bo\lovchi moddalar yordamida
biriktirish usuli bilan olinadi.
Noto’qima matolar ishlab chiqarish texnologiyasi kompleksi 3 ta asosiy guruxga:
mexanik, fizik -kimyoviy va murakkab texnologiyaga bo’linadi, xar bir gurux o’z
navbatida
ishlab chiqarish usullariga bo’linadi.
13.1-rasm. Noto’qima matolar ishlab chiqarish usullari
Mexanik texnologiya-tolali materiallarga maxsus ishchi a’zolar ta’sir yordamida ularni
xolatini o’zgartirish asosida noto’qima matolar ishlab chiqarishga asoslangan.
Fizik-kimyoviy texnologiya-bo\lovchi polimer modda yordamida tolali materialrni
biriktiruvchi-boglar xosil qilishlarga asoslangan.
Murakkab texnologiya-avvalgi 2 ta texnologiya, yoxud ularni elementlarini qo’llash yuli
bilan noto’qima mato ishlab chiqarishga asoslanadi. Ishlab chiqarish usuli va texnologiyasidan
tashkari noto’qima matolar asosini tashkil etuvchi xom ashyo turi va tabiati, matoning turi,
tarkibi va ishlatilish maqsadi, xamda kulami bilan xam farqlanadi.
Noto’qima matolar ishlab chiqarishda tabiiy va kimyoviy tolalar, ularning aralashmalari,
To’qimachilik sanoati chiqindilari va ikkilamchi xom ashyo ishlatiladi.
Tabiiy tolalardan paxta, jun, momiq (lint), sun’iy va sintetik tolalarning ko’p
xillari
mavjud bo’lsada, ammo noto’qima mato ishlab chiqarishda asosan viskoza, mis-ammiak,
fortizan, atsetat kabi sun’iy tolalar ishlatiladi.
Bizning mamlakatimizda ko’proq noto’qima mato ishlab chiqarishda mexanik
texnologiya (tikib-to’qish, tikib-to’qish va igna sanchish usullari) qo’llaniladi. CHet el
mamlakatlarida ko’prok fizik-kimyoviy texnologiya ishlatiladi.
142
Noto’qima mato olish uchun avval ularni titib-tozalash kerak. Tolalarni tarashga
tayyorlash ularni titish, kichik tolalar guruxi bo’lakchalarga ajratish, xas-cho’p va nuqsonlardan
tozalash, aralashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Titish jarayonida kichik bo’lakchalar xosil
qilish asosida tozalash va aralashtirish uchun zarur sharoit yaratiladi.
Tozalash jarayoni samaradorligi qancha yuqori bo’lsa
tarash jixozlarini ishlash
samaradorligi ortadi va maxsulot sifati yuqori bo’ladi. Tarashga tayyorlash texnologik
jarayonlarini amalga oshirish tartibi qo’llaniladigan jixozlar, tolalar turi, ulardan tuziladigan
aralashma tarkibi, ishlab chiqarish chiqindilari va ikkilamchi xom ashyo turi, xamda ularning
aralashmadagi ulushiga mos ravishda belgilanadi. Paxta tolalarini titish,
tozalash va
aralashtirish, moylash (emulьsiyalash) uzluksiz texnologik zanjiriga kiritilgan texnologik
jixozlardan iborat titish tozalash agregatlarida amalga oshiriladi. Jun tolalarini titish, savash,
moylash va aralashtirish jarayonlari savash, chimdib titib moylash, aralashtirish mashinalarida
amalga oshiriladi. Bu jixozlar agregat sifatida bo\lanishi mumkin.
Kimyoviy tolalarni titish va aralashtirish jarayonlari tola turiga mos ravishda turli
agregatlarda bajariladi. Agarda ular biron turdagi tabiiy tola bilan aralashma sifatida ishlatilsa,
unda titish-savash agregatida xar bir turdagi tola uchun titish
tozalash jixozlari turkumi,
aralashtirish mashinasi va ayrim xollarda aralashmani qayta titish jixozlari o’rnatiladi.
Titish va tozalash jarayonlarining maqsadi tolali maxsulotni zichligini kamaytirish va uni
mayda bo’laklarga ajratish, xas-cho’p va nuqsonlarni chiqarish, bo’lakchalarni bir tekisda
aralashtirishga qaratilgan.
Bu agregatlarga ACHV-1, ACHV-V, ACHV-180-2 kabilarni keltirish mumkin. ACHV-1
va ACHV-180-2 agregatlarida tolali material shlyapkali tarash mashinalari (CHM-450-2,
CHMM-14 M) da taraladi. ACHV-180-2 agregatida 2 ta tarash mashinasi bo’lib, undan pilta
yarim mahsuloti olinmay, taramlar qatlami hosil qilinadi. Tolali qatlam undan keyingi mashina
xolstni tikib-to’qish mashinasiga uzatiladi. Bir necha taramlar ustma-ust qilib taram qatlamini
hosil qiladi. Mana shu xolst noto’qima mato olishda asos vazifasini utaydi.
Mexanik texnologiyaga asoslangan tikib-to’qish usulida noto’qima matolar ishlab
chiqarish XX asrning o’rtalarida yo’lga qo’yilgan. Dastlab tolalar qatlamini iplar bilan tikib-
to’qish jixozlari yaratildi. Bu yo’nalishda
bir vaqtda Rossiya, Olmoniya, CHexiyada ishlar
olib borildi. Natijada 50-yillardan boshlab Rossiyada VP turdagi, Olmoniyada Malivatt,
CHexiyada Araxne rusumli tikib to’qish jixozlari ishlab chiqarish boshlandi. Tolali qatlam-
xolstlarni tikib-to’qish usulida noto’qima matolar VP, Malivatt,
Araxne turdagi jixozlarda
tayerlanadi. Malimo turdagi jixozlarda iplarni iplar bilan tikib-to’qish, Malipol turdagi
jixozlarda esa gazlama, trikotaj yeki noto’qima matoni iplar bilan tikib tukli mato tayyorlanadi.
Maliflis mashinasida tolali xolst o’zidagi tolalar bilan tikib to’qiladi. Volteks turdagi jixozlarda
esa karkasni (gazlama yoki shunga o’xshash matoni) tolali xolstdagi tolalar bilan tikib-to’qiladi.
Hozirgi kunda yangi, takomillash jixozlarda (Kunit, VP-10 va x.k) bir necha turdagi matolarni
ishlab chiqarish mumkin.
143
13.2-rasm. VP-180 tikib-to’qish mashinasi sxemasi
Tikib-to’qish usulida noto’qima mato ishlab chiqarishga mo’ljallangangan barcha
turdagi jixozlarda tanda iplardan trikotaj tayyorlash jarayoniga asoslangan yo’l bilan halqali
to’qima hosil qilinadi. Bunda har bir ignaga aloxida ip kiritiladi. To’qima yangi osil qilingan ip
halqasi o’zidan oldingi halqadan o’tkazish yo’li bilan barcha ignalar bir vaqtda bir yo’nalishda
harakatlanadi.
To’qima hosil qilishda ishtirok etadigan ishchi a’zolarni o’lchami va sifati texnologik
jarayonni moxiyati va tikib tukish mashinasining sinfiga bog’liq. To’qima hosil qilishda
tirqishli igna, ko’zchali igna, ustki va ostki platina ishtirok etadi. Tirqishli igna
bevosita igna va
uning bo’ylama tirqishiga kiritib qo’yilgan berkituvchiga bo’linadi.
Igna sanchish usulida ishlatiladigan agregat AIN-1800 qo’yidagi mashinalarni o’z ichiga
birlashtirgan: parallel joylashgan 2 ta tarash mashinasi CHT-21-SH, 2 ta taram hosil qiluvchi ,
igna sanchish mashinasi IM-1800M va material qirg’og’ini qirqib, rulon shakldida o’rab
beruvchi URN-1800.
Tikuvchilik buyumlarini tayyorlashda, shuningdek yyengil gazlamada iplar bilan tikib
to’qilgan matolar ishlatiladi. Bunday matolar paxmoq tukli, yumaloq bo’lib, ulardan cho’milish
kiyimlari, xalatlar, palto va sport kiyimlari tayyorlashda foydalaniladi. Tolalar qatlamini tikib-
to’qilgan matolar chuziluvchanligi yuqori bo’lganligi uchun ulardan kengroq bichimdagi
kiyimlarni tayyorlash tavsiya etiladi. Tikuvchilikda kiyim-kechak uchun qotirma sifatida
yelimlangan, igna sanchish usulida olingan matolar ishlatiladi.
Bu turdagi matolar
g’ijimlanmaydigan, sun’iy yuvish vositalariga chidamli bo’lishi bilan bir qatorda mustahkamligi
kamroq bo’ladi. Tolali qatlami tikib-to’qilgan matolar issiq tutuvchi qotirma sifatida ishlatiladi.
Qishqi kiyimlarni tayyorlashda jun aralashma matolar, asosan, vatin keng foydalaniladi. Poyafzal
ishlab chiqarishda noto’qima matolar, asosan, ichki detallar va qisman ustki detallar sifatida
ishlatiladi. Bunday matolar jun va kimyoviy tolalardan tikib va igna sanchish usulida
tayyorlanadi. Meditsinada yelimlash usulida tayyorlangan matolar bint va turli bo\lovchilar
sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: