153
Internet saytlari
1. www. leathernet.com;
2. www. bizleathert.com;
3. www. shoeinfonet.com;
4. www. obuv.ru;
5. www. shoesonthener.com;
1-rejani bayoni: Charm buyumlari haqida tushuncha.
Charm buyumlar deb, foydalanish uchun, tabiiy, suniy va sintetik charmlardan
tayyorlangan poyabzal, va attorlik buyumlarini aytiladi.
Poyabzal va attorlik buyumlarining tuzilishi har xil bo’lishiga qaramay, ularni tayyorlash
jarayonida, umumiy o’xshashliklar mavjud.
Bu o’xshashliklar, foydalanadigan buyumlar uchun ishlatiladigan xom ashyolar
xususiyati bilan aniqlanadi. Ko’pchilik xom ashyolarni qirqish, cho’zish, shakllantirish, namlash,
quritish, qalinliklarini barobarlash,
bir-birlariga yopishtirish, tikish, va boshqa jarayonlarda bir
turda bo’lgan mashinalar va asbob uskunalar qo’llaniladi. Bu umumiy xususiyat, taxminan bir
chizma (bichish, qismlarni biriktirish, shakllantirish va x.k.) tarzda amalga oshiriladi.
Tayyorlash jarayoni deb, buyumlarni tayyorlash uchun kerakli bo’lgan hamma
muomalalar yig’indisini tushiniladi.
Muomalalar yig’indisi
natijasida material, qism va buyumlar holatini o’zgarishi
texnologiya jarayoni deyiladi.
Poyabzal tayyorlashning texnologiya jarayoni alohida muomalalar yig’indisidan vujudga
keladi. Muomala deb texnologiya jarayoninig alohida ishchi o’rinda bir yoki birqancha ishchi bilan
tugullangan qismini tushiniladi.
Hammaga ayonki, charm buyumlarini tayyorlash qadimiy zamonlarda boshlangan.
Shunday ma’lumotlar borki, poyabzal va charmdan tayyorlangan boshqa buyumlar,
odamlar tarafidan qadimiy tosh davrida bunyod etilgan.
Bronza va temir davrlariga kelib, poyabzalni tayyorlash asboblari va materiallari paydo
bo’lib uni tuzilishi takomillashtiriladi.
Asta-sekin poyabzalni tuzilishi bilan uni tayyorlash usullari, birgalikda murakkablasha
boshlaydi.
Qulchilik davrida, poyabzalga qarab kishilarni qaysi tabaqaga tegishli ekanliklarini bilish
mumkin bo’lgan.
Amaldorlar poyabzali, oddiy odamlar poyabzalidan jiddiy ravishda farq qilgan. Ular
chiroyli, shinam ishlanib, narxi juda qimmat bo’lgan. Oddiy xalq uchun tayyorlangan poyabzal,
sodda, qo’pol, ibtidoiy axvolda qolabergan.
Кo’nchilik va kosibchilik O’rta-Osiyo xalqlarining, ayniqsa o’zbeklarning qadimiy odat
va milliy kasblari hisoblangan.
Uzoq o’tmishda
kiyiladigan poyabzal, kiyim-kechak singori, boy, hukmdor va
kambag’allar o’rtasida bir-biridan katta farqlangan. Boylar, amaldorlar chiroyli qilib, turli
ko’rinishda tikilgan, tumshuq qismlari yuqoriga egilgan poyabzal kiyganlar. Kambag’allar esa,
oddiy qilib tikilgan choriq, qisman mahsi va kavush kiyganlar.
Otmish tarixdan shular ayonki, bobokalonimiz Amir Temur
podsholik qilgan davrda
uning lachkarlarini kiyinishiga katta etibor qaratilgan. Kiyimlar, ayniqsa oyoq kiyimi yyengil,
puxta va ixcham bo’lishi talab qilingan.
Buyuk Ipak yo’li, yani Xitoy-O’rta Osiya va Yaqin Sharq mamlakatlari o’rtasidagi
qadimgi savdo-sotiq, tijorat, diplomatiya va madaniy-ilmiy aloqalar yo’li orqali savdo-sotiq
qiladigan savdogarlar turli-tuman jixoz va buyumlarni olib borganlarida Movorounnaxr ustalari
tomonidan tayyorlangan turli gullik ipak to’qima matolar, ayallar va erkaklar uchun
tayyorlangan shoxona poyabzallar jahonning boshqa qismlaridan keltirilgan shunga o’xshash
mollarga qaraganda oldinda bo’lib, barchani lol qoldirar ekan. Mutaxassislarning yozishicha
154
Movorounnaxrda tayyorlangan ipak to’qima mato o’rami o’tgan
zamonlarda, hali metall pul
birligi qaror topmagan davrda, pul vazifasini ham bajargan.
Ko’nchilar tomonidan uy sharoitida qo’y, qora mol, ot, tuya terilaridan ishlab chiqarilgan
charmlardan, qorako’l va mo’yna terilaridan po’stinlar, turli-tuman telpaklar, harxil qilib
tayyorlangan poyabzallar yaratilgan.
Bu poyabzallar turli korinishdagi tuflilar, tufli-kavuchlar,
paytava va paypoq bilan
kiyiladigan mahsi-kavushlar, baland va past qo’njlik etiklar, ag’darma mahsi va etiklar, qattiq tag
charmli, poshnali tuflilar, etiklar, yumshoq poshnasiz ag’darma-baxtarma etiklar, cho’pon va
dehqonlar uchun hom teridan tayyorlangan choriq-etiklar, badavlat va amaldor kishilar uchun
tayyorlangan etik va tuflilar, lak charmdan tayyorlangan ayollar va erkaklar mahsi-kavushlari va
boshqalar hisoblangan.
Bulardan
tashqari, kosiblar, yumshoq qilib oshlangan mol terisidan chokoy deb atalgan
etikga o’xshash poyabzalni ham tayyorlaganlar. Chokoy uchun ishlatiladigan terilar sarig’ yoki
to’q sarig’ rangida bo’lib, baxtarma tarafi ustida bo’lgan.
Chokoy uch qismda bichilgan. Bir qismi tag charmni tashkil etib, yoniga, tumshuq
tarafiga qayrilib o’tgan, ikkinchi qismi boshliq, uchinchisi dastak hisoblangan. Yonlariga teri
halqalar tikilib, poyabzalni bog’ich bilan oyoqga bog’lab qo’yilgan.
Uy
sharoitida dastaksiz, baland poshnali tufli yani, kavush kiyilgan. Odatda bu
kavushlar erkak va ayallar uchun birxil ko’rinishda bo’lgan.
Bundan tashqari, kаvushlarni past dastaklik qilib ham tayyorlangan.
Badavlat kishilar qish mаvsimida va yo’lga charmdan tayyorlangan baland qo’njili etik
kiyganlar.
Amaldor va badovlat kishilarning ayollari baland poshnali sarig’, to’q sarig’ va qizil
rangdagi charmdan tayyorlangan uzun, bezatilgan qo’njli etikni yil bo’yi, issiq-sovuqga qaramay
kiyganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: