10 – MA’RUZA
ICHKI TIKUV-TRIKOTAJ KIYIMLARINI ISHLAB CHIQARISH.
REJA:
10.1.Ichki tikuv- trikotaj kiyimlar uchun ishlatiladigan polotnolar.
10.2. Ichki tikuv- trikotaj kiyimlarga qo’yiladigan talablar.
10.3.Ayollar ichki tikuv- trikotaj kiyimlariga ishlov berish.
Tayanch so’z iboralari: bir va ikki qavatli trikotaj, glad, lastik , interlok, naqshli, xalqalar balandligi, cho`zilishdagi mustaxkamlik, yirtilishga chidamliliklastik toqimasi, triko-sukno to`qimasi, zanjirli-triko toqima.
Ichki tikuv- trikotaj kiyimlar uchun ishlatiladigan polotnolar.
Ichki tikuv trikotaj buYumlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan polotnolar o`rilishi va naqshi, polotnolarning to`qilishida qo`llaniladigan iplarning strukturasi jihatidan, shuningdek fizik-mexanik hususiyatlari bilan ajiralib turadi.
Bugungi kunda Namangan shahar "vodiy yog`och savdo" hususiy korxonasi, Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida joylashgan "Dilrabo" trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida tabiiy paxta tolasidan o`rta va kam cho`ziluvchanlikka ega bo`lgan trikotaj polotnolaridan ichki, ustki va sportbop kiyimlar tikib, ichki va tashqi bozorlarni raqobatbardosh, sifatli tayyor mahsulotlar bilan to`ldirib borish bilan bir qatorda, chetga eksport qilinmoqda.
Trikotaj buYumlarini ishlab chiqarishda bir va ikki qavatli trikotaj polotnolaridan kYeng foydalanilmoqda. Bir qavatli ko`ndalangiga to`qilgan glad, lastik va interlok, naqshli polotnolardan - glad to`qimasi, press xalqali Yupqa lastik toqimasi, triko-sukno to`qimasi, zanjirli-triko toqimalaridan erkaklar, ayollar va bolalar ichki trikotaj buYumlarini ishlab chiqilmoqda.
Ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan trikotaj polotnolari standartlashtirilgan. Turli to`qimadagi polotnolar Davlat standartiga mos yoki, sifat ko`rsatkichlari yoritilgan "texnik xujjatlarga" asoslangan.
Polotnoning sifat ko`rsatkichida: xalqalar balandligi, 50 mm uzunlikda gorizontal va vertikal bo`yicha xalqa qatori, polotnoning 1 m2 massasi, xalqalar qadami va balandligiga yo`naltirilgan cho`zilishdagi mustaxkamlik va yirtilishga chidamlilik, usadka foizi miqdorlari yoritilgan. Bundan tashqari standartda, polotnoga ishlov berish turlari va uni qo`llashga doir ko`rsatmalar berilgan.
Ichki tikuv- trikotaj kiyimlarga qo’yiladigan talablar. Tayyor ichki kiyimlarni sifati Davlat standarti "Ichki buyumlar. Navni aniqlash"ga asoslanadi. Ichki buyumlar tayyorlash qoidalari Choklarga qo`yiladigan texnik talablarga asoslanib: texnologik jarayonlarni bajarishda choklarning qo`llanilishi, chok kengliklari ko`rsatmalari, toqilishi va iplarning tuzilishiga qarab, turli polotnolardan tayyorlanadigan kiyimlarda baxyalarning chastotasi bo`yicha ko`rsatmalar beriladi. Shuningdek Choklarga qo`yiladigan talablar: Choklarning mustahkam bo`lishligi, tozaligi, to`g`ri baxyaqatorlarning Yuritilishi, Choklarning tashlab ketilmasligi, prorubka nuqsonlari, Choklarning tugallanishiga qaytma Choklar (zakrepka)ning berilishi va oshiqcha iplarning qirqib, tozalab tashlanishi ko`rsatiladi. Trikotaj tikuv buYumlarini tayyorlashda taxsiya etiladigan iplar va ignalar raqami (2-jadval)da beriladi.
Trikotaj tikuv buyumlarini tayyorlashda taxsiya etiladigan iplar va ignalar
9.1-jadval
Polotno turi
|
Iplarning chiziqli zichligi, tekc
|
Tikuv ignalar raqami
|
Iplarning chiziqli zichligi, tekc
|
paxta
|
ipak
|
kapron
|
Paxta tolali va paxtalavsanli
|
25x2-15,4x2,
11,76x2
|
85, 90, 80
|
13,16x3,
10,2x3
|
-
|
-
|
Lastikli paxtatolali
|
16,66x2-15,4x2
|
80, 85
|
10,2x3
|
-
|
-
|
Ikkilastikli paxtatolali
|
11,75-10,0
|
70,75
|
10,2x3-
7,5x3
|
-
|
-
|
Ikkilastik sun`iy ipli
|
16,66-13,3
|
65, 70
|
10,2x3-
7,5x3
|
18,18
|
15,6
|
O`rta cho`ziluvchan sun`iy tolali
|
13,3-6,66
|
60-65
|
7,5x3
|
18,18
|
15,6
|
Kam cho`ziluvchan sun`iy tolali
|
13,3-8,33
|
60
|
7,5x3
|
18,18
|
15,6
|
Ichki kiyimlarning qaytarma kengligi
9.2-jadval
Kiyim turi
|
Kiyimning Yuqori va pastki qirqimi, yengning pastki qirqimi, tesmasiz pocha qirqimi
|
Kiyimning yuqori qirqimi va tesmali pocha qirqimini (yassi chokli mashinada ishlov berish)
|
Bo`yin va o`miz qirqimlari
|
Turli polotnolardan (nachesli polotnodan tashqari) 1 sm kenglikkacha bo`lgan rezina tesma qo`yish
|
1,5-2,0
|
1,5-2,0
|
1-1,5
|
Astarsiz nazesli polotnolardan 1 sm kenglikkacha bo`lgan rezina tesma qo`yish
|
2,0-2,5
|
2,0-2,5
|
1-1,5
|
Turli polotnolardan 1 sm kenglikdan Yuqori bo`lgan rezina tesma qo`yish
|
-
|
2,0-2,5
|
1-1,5
|
NAZORAT SAVOLLAR.
1. Ichki tikuv trikotaj buYumlarini ishlab chiqarishda qanday polotnolardan foydalaniladi?
2. Ichki tikuv trikotaj buYumlariga qanday talablar qo`yiladi?
3. Ayollar ich kiyimlariga nimalar kiradi?
4. Ayollar ich kiyimlariga texnologik ishlov berish jarayonini tushuntiring
5. Standart va texnik xujjatlarda nimalar yoritiladi?
6. Koketkasiz ayollar yYengsiz ich kiyimiga qanday texnologik ishlov beriladi?
7. Uch ipli tikuv mashinasi qanday ishlarni amalga oshiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |