Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish



Download 5,22 Mb.
bet27/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish
Zamonaviy iqtisodiy dunyo-bu aralash iqtisodiyot dunyosi. Ana shu qoida о‘ziga xos aksioma hisoblanib, u “mumtoz” liberalizmning eng ashaddiy tarafdorlari tomonidan ham inkor etilmasligi kerak. Dunyoning hech bir rivojlangan mamlakatida jamiyat ustidan bozorning “absolyut monarxiya”si mavjud emas va shubhasiz, hech qachon bо‘lmaydi ham. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati ob’ektiv bо‘lib, ularni bekor qilish mumkin emas.
Huddi shuningdek, bozor institutlari “nomenklatura”sining kengayishi, ular о‘rtasidagi aloqalar-ning murakkablashuvi, yangi tizimlarning (evolyusiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bо‘lmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur:
- hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini ta’minlash (butun jamiyatning xavfsizligini ta’minlash, mulkka egalik qilish huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejimni (tartibni) о‘rnatish va qо‘llab - quvvatlab turish, samarali raqobatni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish davlatga kerak);
- barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy о‘sishning sur’atlarini, inflyatsiya va bandlik darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) о‘zgarishlarni rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qо‘llab-quvvatlashi lozim);
- resurslarning ijtimoiy yо‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyatga kerak bо‘ladigan, lekin u bilan xususiy sektor shug‘ullanmaydigan ishlab chiqarishni tashkil qilishi, ish haqi, pensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan (fiksatsiya qilingan) daromadlarning indeksatsiya-sini amalga oshirishi zarur).
Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka - mamlakat milliy boyligining katta qismiga - ega. Bu mulk, asosan, moddiy-buyumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish korxonalari, muzeylar, qо‘riqxonalar, davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zahiralari va xokazo) mavjud bо‘lib, о‘zining mо‘ljallanganligiga kо‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda davlatning ishtirokiga oid joriy ehtiyojlarni “tо‘lash”ga ishlatilmasligi kerak.
Ma’lumki, hozirgi va kelajak avlod uchun milliy boylik, odatda, “eyilmaydi” va aksincha, u kо‘paytiriladi. Shuning uchun ham davlatning (agar, albatta, davlat hududlar, aholi, an’analar va xokazolar kompleksi sifatida emas, balki boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bо‘ladi.
Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan qо‘shilib ketishi, о‘z о‘lchami bо‘yicha turlicha bо‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, rezerv, valyuta, sug‘urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir.
Ularning barchasi yagona real manba-mamlakat ichida va xorijda shu yilning о‘zida yaratilgan qо‘shilgan qiymat-hisobidan “oziqlanadi”. Bu fondlarni qayta taqsimlashning tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi) , ya’ni davlat uning qancha qismini о‘ziga oladi va undan qanday foydalanadi, milliy xо‘jalik takror ishlab chiqarishining proporsiyalari, ijtimoiy sohani ta’minlash, zaruriy rezervlarni yaratish, milliy xavsizlikni ta’minlash imkoniyatlari va xokazolarni belgilab beradi.
Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi YAIMning о‘rtacha 30foiz dan 50 foizgachasini tashkil etadi. SHunday qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning potensial imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir kо‘rsatish zamonaviy davlat moliyasi miqdoriy xarakteristikasining о‘ziga borib taqaladi.
Biroq, rivojlanayotgan dunyo, shuningdek о‘tish iqtisodiyotiga ega bо‘lgan mamlakatlar moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday masshtabi xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tegishli raqamlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 11-17 foiz atrofida tebranadi va aynan shu raqamlarning о‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralashuvning etarli darajada faol emasligidan dalolat beradi.
Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tendensiyalari tо‘g‘risida gapirilganda, qayd etish kerakki, bu erda davlatning tartibga solish roli uzluksiz yuqoriga о‘sib boruvchi tо‘g‘ri chiziq sifatida qaralmaydi. Chunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy sub’ektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib о‘tishi”ning о‘ziga xos bо‘lgan iqtisodiy chegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. SHunga muvofiq ravishda, G‘arbning nazariy bilimlari tegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirishning barcha yо‘nalishlari tomon faol va muvaffaqiyatli tarzda yо‘naltirmoqda.
Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlar uchun esa kelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallel ravishda davlatning moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tegishli iqtisodiy “chegara”ga (kritik nuqtaga) etgunga qadar hali ancha bor.
Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) tо‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini-davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim.
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy mо‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq kо‘rsatadi. SHunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi moliya tizimi faoliyatining natijalarini о‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida о‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yо‘qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bо‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bо‘lsa, u holda davlat pul mablag‘lari oqimlarining boshqa ne’matlarga о‘ziga xos tarzda transformatsiyalashuvi sodir bо‘ladi va shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformatsion xarajatlarga kiritish mumkin. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin:
-davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun tо‘lovlar, ishlab chiqarishni dotatsiyalashtirish; davlat qarziga xizmat kо‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu erda kо‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);
-davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining о‘sgan qismiga quyilmalar, davlat zaxiralarini yaratish, uzoq muddatli byudjet kreditlari).
Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformatsion xarajatlar nodavlat sektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita о‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning о‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pensiyalarni (yosh bо‘yicha, nogironlik, boquvchisini yо‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yо‘qotganda, ishsizlik bо‘yicha) tо‘lashga yо‘naltirilsa, u holda davlat tomonidan mablag‘larni berishning о‘ziga xos-transfert-tarzda berilishi sodir bо‘lib, bunda mablag‘lar soliq tо‘lovchilardan shu tо‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va uchrashuvchan xizmatlarning taqdim etilishi, bu erda, sodir bо‘lmaydi.
Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar iste’moli berilishi kuzatiladi. Bunday xarajatlar transfert xarajatlar deyiladi. Bu xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari о‘rtasida taqsimlanishini о‘zgartiradi (korrektirovka qiladi). Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat iste’moli va transfertlar) va kapital xarajatlarga (davlat investitsiyalari) bо‘linadiki, bunday bо‘linish takror ishlab chiqarish parametrlari dinamikasiga moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir.
Shuningdek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy quyilmalar va investitsiyalar) xizmat qilishi mezoni bо‘yicha ham klassifikatsiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi.
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan о‘zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning о‘zi tizimlashtirilgan kо‘rinishda yо‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi.
Masalan, davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlarni yaratadi.
Ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini qо‘llab-quvvatlab, ular jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir kо‘rsatadi va bu narsa quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
- ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar iste’moli qismiga nisbatan barqaror tо‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi;
- ijtimoiy - madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda kо‘p segmentlarida talab va taklif о‘rtasidagi muvozanatga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi;
- maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot ob’ektlarining kengaytirilishi,uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga bо‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog‘liq bо‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bо‘lgan predmetlar uchun talabni oshiradi.
Bundan tashqari, davlatning ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari bu о‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qо‘llab-quvvatlashning strategik chorasi ekanligi ham yaqqol kо‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xо‘jaligi korxonalarini subsidiyalashtirish va kreditlashtirishda, infratuzilma ob’ektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun quro-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini qaytarish va ular bо‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor kon’yunkturasini keskin о‘zgaradi.
Yuqorida sanab о‘tilgan xarajatlar hajmining о‘zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) investitsiyalarning о‘lchamiga, jami talabning hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining unumli yо‘naltirilishida ijobiy tarkibiy qism (element) bо‘lib hisoblanishi mumkin
Teskari holatlarda esa, ya’ni harbiy, boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar. salmog‘ining yuqoriligida, shuningdek, davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari hajmining kattaligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning о‘sishiga olib keladiki, ular oxir oqibatda, qutilib bо‘lmaydigan buzuvchan (vayronagarchilik) kuchlar(i)ni vujudga keltiradi (jahon amaliyotida bunday misollar juda kо‘p, masalan, о‘tgan asrning 70-80-yillarida butun kapitalistik dunyoni qamrab olgan inflyatsiya, 1998 yilning avgustida Rossiyada sodir bо‘lgan moliyaviy tanazzul va boshqalar).
Umumdavlat pul fondi mablag‘larining sarf etilishi, shubhasiz, davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini moddiy jihatdan ta’minlaydigan resurslarning mobilizatsiya qilinishini (tо‘planishini) taqoza etadi. Qо‘shilgan qiymatni moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki bosqichida davlat daromadlari - YAIM va milliy daromadning bir qismini qaytarilmaslik sharti bilan davlatning ixtiyoriga olish bо‘yicha iqtisodiy munosabatlar - xizmat qiladi.
Davlat daromadlarining hajmi va tarkibi bilan manipulyatsiya qilish vositasida umumishlab chiqarish kо‘rsatkichlarining tartibga solish imkoniyati quyidagi ob’ektiv shart-sharoitlar bilan izohlanadi (tushunti-riladi). Jismoniy va yuridik shaxslar ega bо‘lgan va о‘zlarining joriy xarajatlari hamda investitsiyalarini tо‘lash uchun foydalaniladigan resurslar bir qismining davlatlashtirilishi (davlat ixtiyoriga о‘tkazilishi) yuqoridagi ijtimoiy tizim sub’ektlarining daromadlilik darajasini kamaytiradi (pasaytiradi) va jami iste’molning tarkibiy tuzilmasini о‘zgartiradi.
Yuqoridagi tartibda davlatlashtirish ijtimoiy tabaqalanishning darajasini о‘zgartirishga (korrektirovka qilishga) va ishlab chiqarish samaradorligining etarli darajada asoslanmagan past yoki yuqori chegaralarini cheklab turishga imkon beradi.
Bu narsaga, birinchidan, aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, shuningdek zararga ishlayotgan yoki past rentabelli korxonalarga ma’lum bir imtiyozlarni taqdim etish orqali erishiladi. Ikkinchidan, ustama daromadlarning bir qismini qarama-qarshi yо‘nalishda yо‘naltirish (begonalashtirish) vositada (masalan, mehnatni rag‘batlantirish yoki meros sifatida о‘tadigan mol-mulk, yoki mahsulotlar bahosi sog‘lom faoliyat uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlardan yuqori bо‘lgan daromadlarning shakllanishiga olib kelsa) qо‘lga kiritish mumkin.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish