Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet29/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Bozor hо‘jaligining moliyaviy regulyatorlariga (tartibga soluvchilariga) quyidagilar kiradi:
-byudjetga soliqli va nosoliqli tо‘lovlar;
-moliyaviy imtiyozlar va sanksiyalar;
-byudjet tashkilotlarining ekspluatatsion xarajatlari;
-umumiy va maqsadli subsidiyalar, shu jumladan, davlat buyurtmalarini tо‘lashga mо‘ljallanganlari;
-maqsadli fondlarning daromadlari va xarajatlari;
-davlat korxona va tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari.
Moliyaviy ta’sir kо‘rsatishga tartibga solishning quyidagi kо‘rinishlari (shakllari) xos:
-tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita);
-egri (bilvosita);
-aralash.
Moliyaviy ta’sir kо‘rsatishning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita) tartibga solish shakli quyidagilar orqali namoyon bо‘ladi:
-tо‘g‘ri (bevosita) umumdavlat soliqlarini undirish yordamida;
-taraqqiyot byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish jarayonida;
-byudjet va markazlashtirilgan maqsadli fondlarga soliqlar va tо‘lovlar stavkalarini oshirilgan yoki kamaytirilgan tarzda qо‘llash yо‘li bilan;
-davlat xarajatlarining normativlari о‘lchamini о‘zgartirish orqali;
-moliyaviy intizomni buzganligi uchun jarimalar, penyalarni undirish natijasida.
Bularning barchasi, о‘z navbatida, takror ishlab chiqarish sub’ektlari daromadlarining darajasini va bozor kon’yunkturasini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita) о‘zgartiradi.
Tartibga solishning egri (bilvosita) shakllari о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-davlat tomonidan egri (bilvosita) soliqqa tortish;
-davlat joriy xarajatlarini amalga oshirish.
Moliyaviy ta’sir kо‘rsatishning aralash shakllari orasidan quyidagilarni alohida ajratib kо‘rsatish mumkin:
-mahalliy soliqlar;
-byudjetga nosoliqli tо‘lovlar tizimi;
-faoliyatning alohida turlari va tadbirlarni imtiyozli soliqqa tortish va imtiyozli moliyalashtirish;
-davlat korxonalari va tashkilotlari fondlari hamda markazlashtirilmagan maqsadli fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish normativlari.
Davlat daromadlari va davlat xarajatlarining aniq turlari, ularni jalb (mobilizatsiya) qilish va taqdim etish metodlari masalaning tashkiliy tomonlari bilan birgalikda moliyaviy tartibga solishning usullarini о‘zida mujassam etadi. Mablag‘larni undirish (olish) va moliyalashtirishni taqdim etishning aniq prinsiplari bunday ta’sirning xarakterini aniqlab beradi. Va nihoyat, moliyaviy qonunchilik va hokimiyatning vakolatli organlari moliyaviy tartibga solishni amalga oshirish uchun tashkiliy imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qiymatni taqsimlash jarayoniga kirib borib, davlat moliyasi markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirishga ham faol ta’sir kо‘rsatadi. Bu narsa, о‘z navbatida, mablag‘larning individual doiraviy aylanishini ta’minlashga sharoit yaratib beradi.
Oxir oqibatda moliyaviy tartibga solish, davlatning ta’sirini ta’minlashning boshqa shakllari (foizning darajasi, bojxona bojlarining darajasi, davlat korxonalari mahsulotining bahosi, valyuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy tuzilmasi, ma’muriy-qonunchilik faoliyati va boshqalarga ta’sir kо‘rsatish) bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar dinamikasida ijobiy о‘zgarishlar bо‘lishini ta’minlashi mumkin.
Biroq, amaliyotda bu narsaning sodir bо‘lishi ancha murakkab bо‘lib, u chuqur va har tomonlamali nazariy ishlanmalar va murakkab matematik hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Bu sohada bunday kompleks tadqitqotlarning mavjud emasligi, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Bu erda “baxtli bilet”ning tasodifan tanlanishi (topilishi) mutlaqo mumkin emas. SHuningdek, “metod” sifatida moliyaviy tartibga solishning cheklangan ekanligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
YAIMning hajmi va о‘sish sur’atlari; davlat undirmalarining iqtisodiy jihatdan yо‘l quyilishi mumkin bо‘lgan maksimal darajasi; boshqa “aralash” regulyatorlarning ta’siri; ijobiy samaraning majburiy sharti sifatida siyosiy barqarorlik va puxta о‘ylangan umumiy iqtisodiy strategiyaning (joriy va uzoq muddatli) mavjudligi kabilarni,bu о‘rinda, ana shunday ob’ektiv cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish