Umumiy tarzda, davlat daromadlarining olinishini quyidagilarga ta’sir etishi mumkin deb, ajratib kо‘rsatsa bо‘ladi:
- baholarni shakllantirishga (bu, asosan, egri (bilvosita) soliqlar);
- ishlab chiqarish xarajatlariga (mol-mulkning qiymatidan, iste’mol fondidan olinadigan soliqlar, ijtimoiy xarakterdagi maqsadli fondlarga ajratmalar);
- jamg‘armalar hajmiga (investitsion imtiyozlar);
- bandlilik va shaxsiy iste’molga (mehnat haqi fondidan olinadigan soliqlar, aholi bandlik fondiga ajratmalar va xokazolar).
Yuqoridagilardan tashqari, davlat daromadlari kо‘rinishlari va ularni undirish mexanizmlarining xilma-xilligi davlatga ma’lum bir tovarlar va xizmatlarga bо‘lgan talabni maqsadli yо‘nalishda tartibga solish, eng samarali texnologiyalar, import mahsulotlari va xokazolarni tanlashga imkoniyat beradi. Ma’lumki, zamonaviy davlatlarning kо‘pchiligida markazlashtirilgan pul oqimlarining katta qismi soliqlar yordamida shakllantiriladi.
Ular umumiy darajasining global pasaytirilishi sof daromadlar, talab, bandlikning oshishiga olib kelsa, tadbirkorlik tashabbusini faollashtirsa, ularning oshirilishi esa bozor kon’yunkturasini “muzlatish”ning ishonchli vositasidir.
Soliqlarning har bir aniq turi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga keltirishning tabaqalashtirilgan yо‘nalishiga ega. Masalan, ijtimoiy-madaniy soha xо‘jalik hisobidagi muassasalarining soliqlardan ozod qilinishi yoki ularga kо‘pgina soliq imtiyozlarining taqdim etilishi jamiyatning madaniy - ma’rifiy salohiyatini oshirishga, uning axloqiy sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatishi mumkin.
Aholi daromadlari va mol-mulkini soliqqa tortishda ijtimoiy yо‘naltirilganlikning kuchaytirilishi ( soliq bazasi va soliq stavkalarining kо‘p bolali oilalar, nogironlar va faxriylar uchun kamaytirilishi), о‘zining mohiyati jihatidan shu maqsadlar uchun davlat xarajatlarining kо‘paytirilishini anglatib, jamiyat tuzumining ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Korporatsiyalar taqsimlanmagan foydasi va aksiya egalariga tо‘lanadigan dividentlarni soliqqa tortishda tabaqalashtirilgan holda yondoshish, ularning foydasidagi nisbatni о‘zgatiradi. Ularning birinchi qismiga tegishli bо‘lgan stavkalarning kamaytirilishi va bir vaqtning о‘zida ikkinchi qismining yuqoriroq stakalarda soliqqa tortilishi о‘z-о‘zini moliyalashtirishning imkoniyatlarini oshiradi, uzoq muddatli istiqbolda esa hatto, kompaniya haqiqiy egalari tarkibining о‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Agar korporatsiya taqsimlanmagan foydasiga nisbatan soliqlar oshirilsa va dividentlarga nisbatan ular kamaytirilsa, teskari vaziyatning vujudga kelishi kuzatiladi. Mehnatga mо‘ljallangan xarajatlarning yuqori darajada soliqqa tortilishi ishlab chiqarish kapital sig‘imining oshirilishini foydali qilib qо‘ysa, korxona mol-mulkiga nisbatan soliqlarning о‘sishi esa xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kapital texnikaviy tuzilishining pasaytirilishi tomon etaklaydi.
Davlat boji bitimlarning sodir bо‘lishidan manfaatdor bо‘lgan u yoki bu shaxslar uchun yuridik xizmatlarning mumkinligini tartibga solishga imkon beradi. Bojxona bojlari esa milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Ular oshgan paytda tovarlar qimmatlashadi va tashqi savdo aylanmasi qisqaradi. Va aksincha, ularning pasaytirilishi va bekor qilinishi tashqi savdoning kengayishiga, baholar о‘sishining sekinlashuviga, ichki va dunyo bozorlarida raqobatning kuchayishiga olib keladi.
Davlat foydasiga mablag‘larni olish (undirish) va soliq tо‘lovchilar xulq-atvorining motivatsiyasi о‘rtasidagi sabab va oqibat aloqalarini (bog‘liqlikni) tahlil qila turib, shartli-doimiy (qat’iylashtirilgan) va shartli-о‘zgaruvchan soliqlar tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tmaslikning sira iloji yо‘q. Birinchi guruhga kiruvchi soliqlarning (korxonaning mol-mulkidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslardan olinadigan qat’iy soliq va boshqalar) iqtisodiy tavsifi tannarxning shartli-doimiy xarajatlari bilan bir xildir, ya’ni ularning miqdori ishlab chiqarish va sotuvning darajasiga bog‘liq emas.
Yuridik shaxslar zimmasiga yuklangan jami soliq yukidagi ularning salmog‘i faoliyat hajmining о‘sishiga proporsional ravishda pasayadi. Bu, bir tomondan, zararga ishlayotgan ishlab chiqarishlarning vayron bо‘lishini tezlatsa, ikkinchi tomondan, hayotuvchan sektorga qо‘shimcha erkinlik va afzallik ato etadi, shbilarmonlik faolligi va kapitallarning kam samarali qо‘llanilayotgan sohalardan yuqori samarali qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan sohalarga oqib о‘tishini rag‘batlantiruvchi omilga aylanadi.
Bundan tashqari, qat’iy soliqlarning undirilishi aniq ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy faoliyatining natijalariga bog‘liq bо‘lmaganligi uchun Davlat byudjeti daromadlari ma’lum bir qismining tо‘ldirilishini kafolatlaydi.
Shakllangan kapital tizimiiga nisbatan pul mablag‘larini shartli-о‘zgaruvchan tartibda umumdavlat fondiga olinishi konservativ bо‘lsa-da, biroq bu narsa soliq tо‘lovchilarning ish faolligi bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘langandir. Takror ishlab chiqarish sub’ektlarining faoliyati qancha samarali bо‘lsa, ulardan olinishi (undirilishi) lozim bо‘lgan shartli-о‘zgaruvchan soliqlarning (masalan, foydadan olinadigan soliqning miqdori) о‘lchami shuncha yuqori bо‘ladi.
Agar bu soliqlarni undirish mexanizmi tadbirkorlik tashabbusining deyarli bil xil yoki proporsional darajadagi yuklamasini ta’minlashga imkon bersa (boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, davlat oldida soliq tо‘lovchilar majburiyatlarining nisbiy tengligiga erishilsa), u holda bu narsa, shak-shubhasiz, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni va bosimni yumshatadi. Shunday qilib, yuqorida bayon qilinganlardan kо‘rinib turibdiki, davlat daromadlari va davlat xarajatlari moliya mazmunini namoyon etuvchilar sifatida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada sodir bо‘layotgan jarayonlarga juda kuchli ta’sir о‘tkazib, ularning dinamikasi va yо‘nalishini keskin о‘zgartirib yuborishi mumkin.
Shu erning о‘zida byudjet yordamida tartibga solish (makro - va mikrokо‘rsatkichlarga faqat markaziy byudjet daromadlari va xarajatlarining kompleks siyosatini о‘zgartirish orqali) moliyaviy tartibga solishning barcha sohasini qamrab olaolmaydi. Chunki taqsimlash va qayta taqsimlashda moliya tizimi har bir fondining ta’siri tartibga soluvchi bо‘lishi kerak. Xususan, hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda maqsadli va maxsus fondlar birgalikda markaziy byudjetlar hajmining 1/3 qismidan ½ qismigachasini tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, bu erda yana ikkita muhim yо‘nalishlar ham mavjud. Bular byudjet defitsitining tarkibiy tuzilmasini shakllantirish va byudjetlararo munosabatlarni tartibga solishdir.
Demak, takror ishlab chiqarish parametrlarini о‘zgartirish (korrektirovka qilish) maqsadida moliyaviy munosabatlarning barcha aspektlaridan (yо‘nalishlaridan) foydalanish bо‘yicha davlat tomonidan tashkil qilinadigan faoliyatga ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish deyiladi. U kishilik jamiyatining tabiiy taraqqiyoti natijasida dunyoga kelgan hamda iqtisodiyot va ijtimoiy soha sog‘lom faoliyat kо‘rsatishining ajralmas qismi (sharti) hisoblanadi.
Moliyaviy tartibga solishning sub’ekti davlat tuzilmalari bо‘lsa, uning ob’ekti ijtimoiy tizim ishtirokchilarining daromadlari va xarajatlaridir. Makro va mikrodarajada jamiyat ehtiyojlarining maksimal qondirilishini ta’minlaydigan jamg‘armalarni taqsimlashning prorporsiyalarini о‘rnatish moliyaviy tartibga solish jarayonida echiladigan asosiy vazifa hisoblanadi.
Bu narsa shaxsiy, jamoa va ijtimoiy manfaatlar, qadriyatlar va boyliklarning oqilona inobatga olinishini kо‘zda tutadi va samarali ishlayotgan bozor mexanizmi bilan davlatning ta’siri tizimini qо‘shish muammolarining moliyaviy aspektini (yо‘nalishini) aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |