Nazorat uchun savollar 1.Moliyaviy boshqaruv deb nimaga aytiladi?
2.Qanday vazifalarni (muammolarni) bajarish (echish) moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan?
3.Moliyaviy boshqaruvning ob’ekti sifatida nimalar maydonga chiqadi?
4.Nimalar moliyaviy boshqaruvning sub’ektlari hisoblanadi?
5.Moliyaviy boshqaruvning maqsadi nimalardan iborat?
6.Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik prinsiplari nimalardan iborat?
7.Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari tarkibiga nimalar kiradi?
8.Moliyaviy boshqaruv tizimi о‘z ichiga nimalarni oladi?
9.Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi qanday boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin?
10.Moliyaviy boshqaruv organi sifatida mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) qanday huquqlarga ega?
11.Moliyaviy boshqaruvga oid Oliy Majlis qanday vakolatlarga ega?
12.Vazirlar Mahkamasining moliyaviy boshqaruvga tegishli qanday vakolatlari mavjud?
6-Mavzu:Moliyaviy rejalashtirish va prognozlashtirish Reja 1.Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirish ekanligi. 2.Uning istiqbolga yо‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bо‘yicha faoliyat deb talqin qilinishi. Moliyaviy rejalashtirishning ta’rifi. 3. Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy reja. Moliyaviy rejalashtirishning harakat etish doirasi. Uning asosiy vazifalari. 4. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida qо‘llaniladigan asosiy metodlar. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari. 5.Moliyaviy rejalashtirish turlari: strategik moliyaviy rejalashtirish; joriy moliyaviy rejalashtirish, ularning funksiyalari va о‘ziga xos xususiyatlari.
1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yо‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bо‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi.
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bо‘lgan va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bо‘yicha ongli faoliyatni bildiradi.
Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bо‘lgan moliyaviy resurslar va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida (qо‘lida) qolgan daromadlar о‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xо‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’ektlari bо‘yicha daromadlarning soliq tо‘languncha va soliq tо‘langandan keyingi о‘lchamlari (miqdorlari) о‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni kо‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab qо‘yishi mumkin.
Umumiy va oddiy kо‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, huddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy kо‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va о‘zaro bog‘lash tizimi sifatida qarash kerak.
Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy kо‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. SHuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’ekt faoliyat kо‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi: -taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;
-jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bо‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti;
-firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;
-investitsion menejment;
-kapitallar menejmenti;
-faoliyatning boshqa kо‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).