3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bо‘lgan moliyaviy resurslar fondlarining о‘lchamiga bog‘liq. Mamlakatning iqtisodiy (moliyaviy) qudrati qancha kuchli bо‘lsa, uning о‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta (hajmli) bо‘ladi.
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mо‘ljallanganligi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. SHuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. О‘zining sifat mazmuniga kо‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
-byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;
-tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari - tadbirkorlik xо‘jalik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladi;
-maqsadli moliyaviy oqimlar-notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi;
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat: -qonunchilik - Oliy Majlisning vakolatida; -nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) - Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qо‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi; -boshqaruvchanlik - korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G‘aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida; -nadzorchilik (nazorat-kuzatuv) - korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi tо‘g‘risidagi ishlarni kо‘radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi. Moliyaviy oqimlarni boshqarish bо‘yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qо‘shilib ketib, ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bо‘lmaydi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, kо‘zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarni samarali echish uchun kerak bо‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini pul mablag‘lari bilan tо‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining etarli bо‘lmagan hajmda va о‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bо‘lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yо‘qotmalarning bо‘lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin: