E
Er uchun to’lovlarning shakllari – yer solig’i, ijara haqi va yerning normativ bahosidan iborat. Yerning egalari, yerning mulkdorlari va yerdan foydalanuvchilar yillik yer solig’iga tortiladi. Ijaraga berilgan yer uchun ijara haqi olinadi. Qonunda ko’zda tutilgan hollarda sotib olish va bankdan kredit olish uchun garov sifatida yerdan foydalanilganda yerning nomativ bahosi belgilanadi (o’rnatiladi).
Er solig’i – yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar to’laydigan soliq. Uning miqdori yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar xo’jalik faoliyatining natijalariga bog’liq bo’lmasdan, balki bir yil uchun yer birligiga nisbatan barqaror to’lovlar ko’rinishida o’rnatiladi. O’z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar bu soliqning to’lovchilaridir. Soliqning stavkasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yer solig’i yuridik shaxslar tomonidan har yili birinchi yanvargacha bo’lgan holatga qarab mustaqil hisoьblab chiqariladi va soliq bo’yicha hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga joriy yilning birinchi fevraligacha taqdim etiladi. Yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo’jaligi korxonalaridan tashqari) soliq yilning har choragida ikkinchi oyning 15-kunigacha to’lansa, qishloq xo’jaligi korxonalari bu soliqni bir yilda bir marta – hisobot yilining 15-dekabrigacha to’laydilar. Bu muddat jismoniy shaxslar uchun joriy yilning birinchi noyabrigacha belgilangan.
Er ostidan foydalanganlik uchun soliq - bu soliqni O’zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog’liq bo’lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar to’laydilar. Uning ob’ekti bo’lib foydali qazilmalar qazib olish hajmi, texnogen hosilalarning hajmi, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog’liq bo’lmagan yer osti inshootlari hajmi, rangli toshlar xom ashyosi, paleontologiya qoldiqlari va boshqa geologik kollektsiya materiallari namunalarini to’plash uchun berib qo’yilgan yer qa’ri uchastkasi maydoni hisoblanadi. Soliqning stavkasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Erning normativ bahosi - hisobli qoplash muddati davomida olinishi lozim bo’lgan potentsial daromaddan kelib chiqqan holda ma’lum sifatdagi va joydagi yer uchastkasining qiymatini ifodalaydigan ko’rsatkich. Yerni mulk sifatida berish uchun, unga nisbatan jamoa-hissali mulkni o’rnatish uchun, meros sifatida berish, taqdim etish, bank kreditini olish uchun yer uchastkasidan garov sifatida foydalanilganda yer munosabatlarini iqtisodiy tartibga solishni ta’minlash uchun joriy etilgan. Odatda yerning normativ bahosi yer maydoni birligiga to’g’ri keluvchi yer solig’ining 50 martalik hajmi miqdorida o’rnatiladi. Bu baho hisoblanayotgan paytda yer solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlar inobatga olinmaydi.
Er uchun ijara haqi - uning hajmi (o’lchami), shartlari va o’tkazish muddatlari shartnomaga muvofiq o’rnatiladi. Qishloq xo’jaligi maqsadlariga mo’ljallangan yerlar ijaraga olinganda uning miqdori ijaralangan uchastkalardan olinadigan yer solig’ining summasidan oshmasligi kerak. Yer uchun ijara haqi alohida yoki butun ijaraga olingan mulkning ijara haqi tarkibida ham olinishi mumkin. Lekin bu holda ham yer uchun ijara haqi, albatta, mahalliy byudjetning daromadiga o’tkazilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |