Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet219/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

B

Balans foyda – mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha xarajatlar va chiqimlar hamda majburiy to’lovlar chegirilganidan so’nggi korxona yalpi daromadining qismi. Balans foyda soliqqa tortilgunga qadar bo’lgan yalpi foydadir.
Byudjetnoma - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirli-gining boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqadigan hamda quyidagilarni o’z ichiga oluvchi loyihaviy hujjat: 1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish joriy yilgi yakunlarining prognoz (bashoratli) bahosi; 2) o’tgan yilgi Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot va joriy yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi bahosi; 3) kelgusi yilga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasini tuzishda asos bo’lgan kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar; 4) mamlkat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlari loyihasi; 5) mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlariga sharhlar; 6) davlat tashqi va ichki qarzlari hamda ular bo’yicha xarajatlar holati to’g’risidagi ma’lumotlar; 7) kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqoridagilarni o’z ichiga oluvchi byudjetnoma loyihasini har yilning birinchi oktyabriga qadar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim. SHuningdek, byudjetnoma O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning birinchi noyabridan kechiktirilmasdan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishi kerak.
Byudjet jarayoni – Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solish bo’yicha qonunchilik bilan reglamantatsiya qilingan hokimiyat organlarining faoliyati. Yagonalik, mustaqillik va balans metodi byudjet jarayonining printsiplaridir.
Byudjet dotatsiyasi - o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag’lar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet defitsiti - muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjetdan mablag’ ajratish – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag’lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet profitsiti – muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet xarajatlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjet rospisi (ro’yxat-yozuvi) – byudjet klassifikatsiyasining bo’linmalari bo’yicha daromadlar va xarajatlar taqsimlanishining asosiy operativ rejasi. Unda yil davomida soliqlar va boshqa to’lovlarning byudjetga kelib tushish va byudjet mablag’larining sarflanish muddatlari o’z aksini topadi.
Byudjetiy rejalashtirish – turli darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatning umummilliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi (ga) asosida (muvofiq ravishda) moliya tizimining bo’g’inlari o’rtasida yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad qiymatining markazlashtirilgan tarzda taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi.
Byudjetiy tartibga solish - hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga yo’naltiriladigan va hududiy byudjetlarni minimal zaruriy darajadagi daromadlar bilan ta’minlash maqsadida mablag’larni qayta taqsimlash.
Byudjet ssudasi – yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’.
Byudjet subventsiyasi – qonun hujjatlarida nazarta tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet so’rovi – byudjet tasnifi bo’yicha tushumlarni shakllantirish va byudjetdan mablag’ ajratish to’g’risidagi so’rov. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: 1) tegishli hududlar va davlat maqsadli fondlari byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun – Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlarga; 2) byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun - respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’larini oluvchilarga byudjet so’rovini yuboradi.
Byudjet klassifikatsiyasi (tasnifi) – Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning defitsitini moliyalashtirish manbalarini guruhlash. Unda tasnif ob’ektlariga guruhlashtiruvchi kodlar beriladi. Barcha darajadagi byudjet ko’rsatkichlarining qiyoslanishini ta’minlaydi. Byudjet tasnifi byudjet daromadlari tasnifini, byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini, Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o’z ichiga oladi. Byudjet daromadlari tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq daromadlarni turlar va manbalar bo’yicha guruhlarga bo’lishdan iboratdir. Byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo’yicha xarajatlarni guruhlarga bo’lishdan iborat bo’ladi. Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi esa byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ularni bevosita oluvchilar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turlari bo’yicha xarajatlarni guruhlarga bo’lishdan iboratdir. Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to’lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo’yicha xarajatlarni guruhlashni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalari tasnifi defitsitni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlarga bo’lishdan iborat bo’ladi. Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish