«5» baho, agar talaba 10–12 ball to’plasa qo’yiladi
«4» baho, agar talaba 7-9 ball to’plasa qo’yiladi
«3» baho, agar talaba 4-6 ball to’plasa qo’yiladi
«2» baho, agar talaba 4 balldan kam to’plasa qo’yiladi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK
INSTITUTI
“SANOAT ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH” KAFEDRASI
MOLIYA VA SOLIQLAR
FANIDAN
GLOSSARIY
Bilim sohasi:
|
200000
|
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
230000
| |
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5230100
|
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
|
|
5230200
|
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
|
Andijon
“Moliya va soliqlar” faniga oid atama va iboralarning izohli lug’ati
A.
Aktuar hisob-kitoblar (sug’urtada) - tarif stavkalarini hisob-kitob qilishning iqtisodiy-matematik metodlari majmui. Sug’urta fondini vujudga keltirishda (yaratishda) har bir sug’urtalanuvchining (sug’urta qiluvchining) ishtirok etish salmog’ini aniqlab beradi, ya’ni tuzilgan sug’urta shartnomasiga muvofiq tarif stavkalarining o’lchamini aniqlaydi.
Aktsionerlik jamiyati – xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri. Uning kapitali aktsiyalarni joylashtirish orqali shakllanadi. Aktsionerlik jamiyatlari pul jamg’armalarining ishlab chiqarish investitsiyalariga aylanishiga imkon beradi. Aktsiyalarni chiqarish kapitalni mobilizatsiya (jalb) qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu korxonalar faoliyat ko’rsatishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.
Aktsiya – aktsionerlik jamiyatining kapitaliga ulushning kiritilganligi xususida ma’lumot va uning egasiga dividend ko’rinishidagi daromadni olish huquqini beruvchi qimmatli qog’oz.
Aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar kursi – aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarning fond birjasidagi bahosi. Kurs dividend, foiz miqdoriga to’g’ri va ssuda foizining darajasiga teskari proportsional bog’liqlikda bo’ladi.
Amortizatsiya fondi – mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonada yaratiladigan (vujudga keltiriladigan, shakllantiriladigan) pul mablag’lari fondi.
Aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori.
Aktsizlar – keng iste’mol tovarlari va xizmatlaridan olinadigan egri (bilvosita) soliqlarning turlaridan biri. Tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi yoki tarifning tarkibiga kiritiladi. Odatda yuqori rentabelli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning yuqori foydasini byudjetga olish uchun sotilayotgan mahsulotlarning sotish bahosiga davlat tomonidan o’rnatiladi. O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va import qilingan aktsiz to’lanadigan mahsulotlarga aktsiz solig’i solinadi. Aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki bunday mahsulotlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar byudjetga aktsiz solig’ini to’laydi. Aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati va aktsiz solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunday tovarlar jumlasiga ichimlik spirti, aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum vinosi, kon’yak, shampan vinosi, pivo, ikra, tamaki mahsulotlari yengil va yuk avtomobillari, zebi-ziynat buyumlari, neftь va neftь mahsulotlari hamda shu kabilar kiradi. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan aktsiz to’lanadigan tovarlar uchun ularning qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmagan holdagi (aktsiz solig’i summasini o’z ichiga olgan) qiymati yoki mahsulotning tabiiy hajmi soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |