Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet227/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

L

Lizing – moliya-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo’lib, korxonalar tomonidan mashina, asbob-uskuna va shunga o’xshashlarni uzoq muddatli ijaraga olinishini anglatadi. Lizingda uning ob’ektlari odatda (lekin majburiy tartibda emas) ijaraga beruvchi korxonaning balansidan ijaraga oluvchi korxonaning balansiga pirovardida o’tkaziladi. Bu tartibdagi bitimlar ijarachi korxona uchun foydali hisoblanib, ular moliyaviy zarar ko’rmaydilar va, odatda, soliq va amortizatsiya imtiyozlariga ega bo’ladilar.


Litsenziya – u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo’jalik ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olish kirish, olib chiqish yoki o’tkazib ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv organlarining rasmiy ruxsati (roziligi). Savdo qilish huquqi yoki lotereya va mahalliy auktsionlarni o’tkazish uchun litsenziya uch nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa ijarachiga (o’tkazuvchiga, shug’ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq inspektsiyasiga yo’llanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar ma’muriyatining ish jildida saqlanadi. Litsenziya olish uchun murojaat etayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega ekanliklari to’g’risida guvohnomaga ega bo’lishlari shart.
London klubi - o’z hukumatlarining kafolatlarisiz SSSRga ssuda taqdim etgan 600 yirik g’arb bank-kreditorlarning birlashmasi. 1996 yilda Rossiya va London klubi o’rtasida kelishuvga erishilgan bo’lib, unga muvofiq 32 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi Rossiyaning tashqi qarzi (shundan, 25 mlrd. AQSH dollari – asosiy qarz, 7 mlrd. AQSH dollari esa – asosiy qarz bo’yicha to’lanmagan foizlar) muddatidan oldin restrukturizatsiya qilingan va unga ko’ra, bu qarz navbatdagi 25 yilga qayta rasmiylashtirilgan va 5 yillik imtiyozli davr taqdim etilgan edi.


M

Mahalliy byudjet – Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.


Mahalliy soliqlar va yig’imlar – mahalliy byudjetlarga olinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to’lovlari. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig’i, yer solig’i, reklama solig’i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq, savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im, avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im, obodonchilik ishlari uchun yig’im va boshqalar.
Mahsulot tannarxi tarkibiga kiritiladigan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari – maxsus Nizom asosida belgilanib, uning tarkibiga mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar, tabiiy xom ashyo, yer, o’rmon, suv resurslaridan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish xarajatlari, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va mahsulot sifatini oshirish bilan bog’liq bo’lgan nokapital xarakterdagi xarajatlar, tajriba-eksperimental va ixtiro xarajatlari, ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari kabilar kiradi.
Mahsulotning boj qiymati – mahsulot chegaradan o’tayotgan paytda uning egasi tomonidan e’lon qilinadigan qiymat. Uning to’g’riligini aniqlash ustidan nazorat mahsulotlarni rasmiylashtiruvchi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulotlarning boj qiymatini aniqlashda turli metodlardan foydalaniladi: a) kiritilayotgan mahsulotlarning bitim bahosi bo’yicha (eng ko’p qo’llaniladigan metod); b) turdosh (bir turdagi, bir xildagi) mahsulotlar bitim bahosiga ko’ra; v) qiymatni hisoblash metodi bo’yicha; g) qiymatlarni qo’shish yo’li bilan; d) rezerv metodi bo’yicha.
Maxsus bojxona bojlari – bojxona bojlarining ko’rinishlaridan biri bo’lib, agar mamlakatga olib kirilayotgan mahsulotlar shunga o’xshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatning o’zidagilarga zarar yetkazadigan bo’lsa, himoya vositasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqa mamlakatlarning diskriminatsion harakatlariga nisbatan javob tariqasida ham qo’llanilishi mumkin.
Maqsadli soliq imtiyozlari – xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli ravishda o’zaro manfaatdorlik (o’zaro foydalilik) asosida mintaqaviy byudjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin.
Maqsadli ajratmalar – nobyudjet fondlarning daromadlar qismini shakllantiradi. Bu ajratmalarning manbai ishlab chiqarilgan (yaratilgan) yalpi ichki mahsulot bo’lib, uning hisobidan birlamchi daromadlarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy maqsadlar uchun nobyudjet fondlarga, mehnat haqi fondiga bog’langan va mahsulot tannarxining tarkibiga kiritiladigan to’lovlarning tegishli qismi tarkib topadi: pensiya fondiga, majburiy tibbiyot sug’urtasi fondiga va h.k.
Maqsadli byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar - qarang: Byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar.
Maqsadli xorijiy kredit - loyihalarning maqsadlariga muvofiq ravishda tovarlar, ishlar va xizmatlarning haqini to’lash yo’li bilan mablag’larni xorijiy valyutada qaytarilish va tiklash asosida taqdim etilishini ko’zda tutgan holda hukumatning tashqi qarz olish Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarini moliyalashtirish shakli. Ular xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalarining kreditlariga bog’langan kreditlarni va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning nomoliyaviy kreditlarini o’ziga qamrab oladi.
Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar javobgarligining shakllaridan biri.
Moliya – davlatning funktsiyalari va vazifalarini bajarish hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Moliya yili - birinchi yanvardan o’ttiz birinchi dekabrь kuni oxirigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oluvchi davr.
Moliya tizimi – davlat va korxonalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va metodlari tizimi.
Moliyaning funktsiyalari – moliya mohiyatining amalda namoyon bo’lishi. Uning taqsimlash va nazorat funktsilari mavjud.
Moliyaviy resurslar – davlat va korxonalar pul mablag’lari maqsadli fondlarining majmui. Ular o’sishining asosiy sharti milliy daromadning ko’payishidir. Mamlakatning moliyaviy resurslari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladigan yig’ma moliyaviy balansda o’z ifodasini topadi. U o’z ichiga davlat byudjet tizimi, hukumatning nobyudjet fondlari va turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning (amortizatsiya va ularning ixtiyoriga qoladigan foyda summasi) resurslarini qamrab oladi.
Moliyaviy apparat – moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi organlar. O’zbekistonda ularning tarkibiga O’zbekiston Respublikasining Oliy majlisi va uning ikki (Senat va Qonunchilik) palatalari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi quyi organlari, turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarda moliyani operativ boshqarish funktsiyasini amalga oshiruvchi moliyaviy bo’limlar va boshqarmalar va h.k.lar kiradi.
Moliyaviy bozor – qisqa, o’rta va uzoq muddatli kreditlar hamda fond qimmatlari, ya’ni, aktsiyalar obligatsiyalar va qimmatli qog’ozlarning boshqa ko’rinishlari bozori. Birlamchi moliyaviy bozorda yangi qimmatli qog’ozlar chiqariladi, ikkilamchi moliyaviy bozorda esa, oldin chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning qayta sotilishi sodir etiladi.
Moliyaviy nazorat - moliyaviy boshqaruv tizimining elementlaridan biri, barcha iqtisodiy sub’ektlarning (davlat, hududiy-ma’muriy bo’linmalar, korxona va tashkilotlar) moliyaviy faoliyati moliyaviy-xo’jalik qonunchiligiga rioya etilishi, amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqli, moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligi ustidan amalga oshiriladigan qiymatiy nazoratning alohida sohasi.
Moliyaviy mexanizm – moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan o’rnatilgan shakllari, turlari va metodlari tizimi. Davlat tomonidan tartibga solishning darajasiga bog’liq ravishda ikkiga bo’linadi: direktiv moliyaviy mexanizm va tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm. Direktiv moliyaviy mexanizm davlat bevosita ishtirok etadigan munosabatlar (soliqlar, davlat krediti, byudjet jarayoni va boshqalar) bilan bog’langan. Tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm esa, davlatning manfaatlariga to’g’rida-to’g’ri ta’sir etmaydigan moliyaviy munosabatlardan (masalan, korxona ichki-xo’jalik faoliyatini tashkil etish) foydalanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab (aniqlab) beradi.
Moddiy xarajatlar – xom-ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yoqilg’i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat. Moddiy resurslarning qiymati ularni sotib olish bahosi (qo’shilgan qiymat solig’isiz), ta’minot va tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan ustamalar, komission mukofotlar boj to’lovlari, tovarlar birjasining xizmat qiymatlari, tashish, saqlash va yetkazib berish haqlarining yig’indisidan tashkil topadi.
Mehnat haqi xarajatlari – asosiy ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi mukofotlari, rag’batlantiruvchi va tiklovchi (qoplovchi) to’lanmalar, natural haq sifatida beriladigan mahsulotlarning qiymati, tuzilgan shartnomalar bo’yicha xodimlarga beriladigan mehnat haqi va boshqa to’lanmalarni o’z ichiga oladi.
Meros – qonun yoki vasiyatga muvofiq merosxo’rlik asosida qabul qilinadigan mulk.
Merosxo’rlar – qonunga muvofiq ikki toifaga bo’linadi: 1) birincha darajali (navbatdagi) merosxo’rlar – vafot etgan shaxsning bolalari, xotini (eri), ota-onasi, vafot etgandan so’ng tug’ilgan farzand; 2) ikkinchi darajali (navbatdagi) merosxo’rlar – vafot etgan shaxsning aka-ukalari, opa-singillari, ota yoki ona tomonidan bobosi va momosi. Ikkinchi darajali (navbatdagi) merosxo’rlar qonun bo’yicha birinchi darajali (navbatdagi) merosxo’rlar bo’lmaganda, ular tomonidan meros qabul qilinmaganda yoki vasiyatchi tomonidan ular meros qabul qilish huquqidan mahrum etilganda merosni qabul qilishga chaqiriladilar.
Muomala xarajatlari – mahsulotlar muomalasi jarayoniga xizmat qiluvchi xarajatlardan iborat. Ular ikki ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1) oldi-sotdi jarayoni bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar (sof muomala xarajatlari); 2) ishlab chiqarish jarayonining muomala sohasida ham davom etishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar (mahsulotlarni saqlash, ortib jo’natish, qadoqlash va boshqalar). Muomala xarajatlari absolyut summalarda va mahsulot aylanmasiga nisbatan foizda ijtimoiy zaruriy xarajatlar chegarasida (doirasida) rejalashtiriladi.
Mulkiy soliqqa tortish – soliq to’lovchining mulkidan, ko’p hollarda uning kapitalidan olinadigan soliqlar tizimi. Odatda, progressiv xarakterga ega – mulkning o’lchami (hajmi, miqdori) oshishiga qarab soliqning stavkasi ham ortadi.
Mulk solig’i (mulkiy soliq) – o’z tarkibiga ko’chmas mulk (er, binolar) solig’ini va shaxsiy mulk(asbob-uskunalar, zahiralar) solig’ini oladi. Mahalliy hokimiyat organlari foydasiga hisoblanib, ko’pgina mamlakatlarda ular daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda bu soliq yuridik shaxslarning mol-mulkiga va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarga bo’lingan.



Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish