N
Nafaqa – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganda, homiladorlik va tug’ishda, bola tug’ilganda, bola parvarishi bo’yicha va shunga o’xshash boshqa holatlarda mamlakat fuqarolariga beriladigan doimiy ravishdagi yoki bir martalik pul to’lanmasi.
Nodavlat moliyaviy nazorati – xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy ahvoli va likvidliligi, moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi, foydaliligi va to’lovga layoqatliligi ustidan auditorlik firmalari, korxona va tashkilotlarning rahbariyati va moliyaviy xizmatlari, aktsionerlari, tijorat banklari, sug’urta firmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
O
Obligatsiya – foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz. Davlat organlari tomonidan byudjet defitsitini qoplash uchun va aktsionerlik jamiyatlari tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi. Aktsiyadan farqli o’laroq obligatsiyada uni qaytarish (uzish) muddati ko’rsatiladi.
Oborot solig’i - ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida xalq iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymatidan olinadigan soliq turi. Asosan, uch xil metod bo’yicha aniqlanadi: 1) chakana baho (savdo va ta’minot ustamalari chegirilgan) va korxona ulgurji bahosi o’rtasidagi farq; 2) chakana baholardagi (savdo ustamalari chegirilgan) tovar oborotga nisbatan foizda; 3) mahsulot birligiga nisbatan absolyut pul summalarida. Barcha mahsulotlardan olinmasdan, balki texnologik zanjirning oxiridagi mahsulotdan olinadi (masalan, cho’yan rudasidan emas, balki muzlatgich, avtomobilьdan olinadi). Hozirgi paytda Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Rossiya, O’zbekiston kabi mamlakatlarda bu soliqdan qo’shilgan qiymat solig’iga o’tilgan bo’lsa, AQSHda uning o’rniga sotuvdan olinadigan soliq joriy etilgan.
Ortiqcha to’lovlar – to’lovning byudjetga tushgan ortiqcha summasi. Odatda soliq to’lovchining boshqa to’lovlar bo’yicha mavjud bo’lgan boqimandalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu to’g’rida unga ma’lum qilinadi yoki soliq organining qarori nusxasi va bankning tegishli ko’chirmasi asosida soliq to’lovchiga qaytariladi. Boshqa to’lovlar bo’yicha boqimandalari bo’lmagan holda korxonaning ortiqcha to’lovlari summasi uning yozma arizasiga ko’ra to’lov muddati yetib kelmagan to’lovlarni to’lashga yo’naltirilishi yoki uning o’ziga qaytarilishi mumkin. Ortiqcha to’lovlarning qaytarilishi soliq organlari tomonidan byudjet hisobidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |