Uchinchi tamoyil — kompaniya mulkining shaffoflik tarkibi menejment bilan bog‘liq, 5% dan ortiq aksiyalarga ega bo‘lgan aksiyadorlarning affillangan tarkibi (korporatsiyaning faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan jismoniy yoki yuridik shaxs) hisoblanadi. Bunda mulk tarkibini yakuniy mulk egasigacha ochib berish lozim.
To‘rtinchi tamoyil — oddiy aksiyalar «bitta aksiya — bitta ovoz» qoidasi bo‘yicha ovoz beradi. Ushbu tamoyilga O‘zbekiston Respublikasida rioya qilinadi. Aksiyadorlar qabul qilishi lozim bo‘lgan muhim qarorlar doim ham aynan aksiyadorlarni olgan aksiyalari darajasida qabul qilinmaydi.
Beshinchi tamoyil — direktorlar Kengashini kompaniya aksiyadorlari saylaydi. Kengash ularning oldida hisobot beradi, shuningdek, mustaqil direktorlar kengashi kompaniya menejerlari hisoblanmagan shaxslarni qamrab oladi.
Oltinchi tamoyil— korporatsiyada rag‘batlantirish tizimi (ish haqi, mukofotlar, opsionlar va hokazo) aksiyadorlar manfaatlariga javob berishi lozim. Bu kompaniya xodimlari yoki uning aksiyadorlari ekanligini yoki kompaniyada aksiyalarni bonus sifatida olishini anglatadi. Agar menejer unga kompaniyaning ahvoliga bog‘liq bo‘ladigan qarorlar qabul qilsa, uning ish haqi korxonaning kapitallashuv darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi lozim.
Ettinchi tamoyil — korporatsiyalar qaysi mamlakatda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, o‘sha mamlakatning qonunlariga amal qilishlari shart.
Sakkizinchi tamoyil —hukumatlar va korporatsiyalar doimiy muloqotda bo‘ladi.
Korporativ boshqaruv tamoyillari bir tomondan qonun hisoblansa, boshqa tomonidan doimiy tuzatish kiritish jarayonini birgalikda amalga oshirishi lozim.
Korporativ boshqaruv xalqaro tamoyillari quyidagicha ifodalanadi. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) korporativ amaliyoti hamda oqilona ishbilarmonlik me’yorlari. Bu hujjat 1997-yil Evropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan «Kupere and Laybrand» kompaniyasi bilan birgalikda kompaniyalarga nufuzli kreditorlar va investorlar tomonidan investitsiya qarorlari qabul qilishda qaysi jihatlar ko‘proq hisobga olinishini yaxshi tushunish maqsadida tayyorlangan. ETTB korporativ amaliyoti va oqilona ishbilarmonlik me’yorlariga muvofiq kompaniyalarga manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi: