Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar



Download 4,93 Mb.
bet26/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar:

    • chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatli hamda raqobatbardosh narxi;

    • tovar va xizmatlar haqida tegishli tarzda xabardor qilish;

    • munosabatlarda uzoq muddatli istiqbol.

    1. Xodimlar bilan o‘zaro munosabatlar:

    • mehnat qonunchiligiga, jumladan, mehnatni himoya qilish va gigiena me’yorlariga rioya qilish;

    • ishga qabul qilish, haq to‘lash, xizmat bo‘yicha harakatlanish va kamsitilmaslik bo‘yicha aniq tamoyillar mavjudligi;

    • xodimlarning kasaba uyushmalari faoliyatida qatnashish huquqini himoya qilish.

    1. Ta’minotchilar bilan o‘zaro munosabatlar:

    • aniq va oshkora xarid tamoyillari;

    • hisob raqamlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lash;

    • poraxo‘rlikni ta’qib qilish;

    • manfaatli bitimlardan voz kechish.

    1. Jamoatchilik bilan o‘zaro munosabatlar:

    • mahalliy aholining fikri va manfaatlarini hisobga olish;

    • atrof-muhitni asrash bo‘yicha talablarga rioya qilish.

    1. Davlat organlari va mahalliy hukumatlar bilan o‘zaro munosabatlar:

    • soliqlar to‘lash;

    • barcha majburiy me’yorlarga amal qilish;

    • barcha zarur ruxsatnoma va litsenziyalar olish;

    • manfaatdorlikning yo‘qligi.

    1. Kompaniyaning aksiyadorlar bilan o‘zaro munosabatlari eng muhim ahamiyatga ega. SHu boisdan oqilona ishbilarmonlik me’yorlarida quyidagi tavsiyalar mavjud:

  1. kompaniyani boshqarish tarkibiga nisbatan:

  • kompaniya nizomida aksiyadorlar va boshqaruv organlarining vazifalari hamda majburiyatlarining aniq belgilab qo‘yilishi;

  • vakolatlarning ijroiya organi, direktorlar kengashi va umumiy yig‘ilish o‘rtasida aniq taqsimlanishi;

  1. aksiyadorlar huquqlariga nisbatan:

  • aksiyalar yirik paketlarining real egalari va ovoz berish qoidalarini e’lon qilgan holda aksiyadorlar tarkibiga nisbatan oshkoralik;

  • aksiyalarning «maydalanib» yuborilishi yoki boshqa yo‘qotishlardan himoya qilish uchun mayda aksiyadorlar huquqlarini hurmat qilish;

  1. axborotni ochib berishga nisbatan:

  • aksiyadorlar bilan muntazam va ochiq aloqa. Auditor tomonidan tasdiqlangan hisobotlar, kompaniya faoliyati haqida ma’lumotlar hamda rahbariyat tomonidan qabul qilingan asosiy qarorlar bo‘yicha yillik hisobotga kiritilgan ishlab chiqarish - moliya faoliyati sharxi ko‘rinishidagi izohlar taqdim etish;

  1. direktorlar Kengashiga nisbatan:

  • direktorlar Kengashida samarali ishlash uchun vaqt va bilim, shuningdek, zarur ma’lumotlarning mavjudligi. Mustaqil qo‘mitalar tashkil qilish (taftish qo‘mitasi, mukofot qo‘mitasi, ishga tayinlash qo‘mitasi);

  • direktorlarning bitim tuzishdan manfaatdorligi haqidagi axborotni ochib berish (manfaatlar nizosi);

  1. xarajatlar va qarama-qarshiliklar tizimiga nisbatan:

  • kompaniyaning strategik maqsadlari va siyosati haqida kompaniyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hodisalar haqida axborot taqdim etish, boshqaruv organlarini barcha muhim jihatlari haqida tegishli tarzda xabardor qilish;

  • mos ravishda ichki nazorat, axborot almashinish va jamoa bo‘lib qaror qabul qilish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash jarayoni mavjud­ligi;

  • kompaniya faoliyatini rahbariyat tomonidan samarali nazorat qilish, jumladan, pul mablag‘lari harakatini nazorat qilish;

  • direktorlar kengashiga hisobot beradigan malakali ichki taftishchilar va nazoratchilar mavjudligi;

  • mustaqil tashqi auditorlar mavjudligi.

Evroaksiyadorlar korporativ boshqaruvi asosiy tamoyillari 1990-yil Evropa aksiyadorlar (qisqacha nomi — Evroaksiyadorlar) assotsiatsiyalari Konfederatsiyasi tashkil qilingan bo‘lib, uning tarkibiga sakkizta miiliy aksiyadorlar assotsiatsiyasi (Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Daniya, Ispaniya, Fransiya va SHvetsiya) kirgan. Tashkilotning asosiy vazifasi - Evropa ittifoqi alohida aksiyadorlarining manfaatlarini ifodalash, mayda aksiyadorlarni himoya qilish, kapitallar bozori ochiqligini ta’minlash, Evropa kompaniyalarida aksiyadorlik kapitali qiymatini oshirish, korporativ boshqaruv masalalarini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Evropa ittifoqi hamkorligi tashkiloti (EIHT)ning beshta tamoyili asosida Evroaksiyadorlar o‘z dasturlarini, Korporativ boshqaruv asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan bo‘lib, unda kompaniya maqsadlari, ovoz berish huquqlari, qo‘shib olishdan himoya qilish, axborot huquqi va direktorlar Kengashining roliga nisbatan qator tavsiyalar aks ettirilgan. Ular quyidagilardan iboratdir:

  • kompaniya avvalo uzoq muddatli istiqbolda aksiyadorlik kapitali qiymatini maksimallashga intilishi lozim. Kompaniyalar o‘z moliyaviy maqsadlari va strategiyasini yozma shaklda aniq ko‘rsatishi hamda buni yillik hisobotga kiritishi lozim;

  • kompaniya tabiati, hajmi, strukturasi va riskiga jiddiy ta’sir etuvchi asosiy qarorlar hamda kompaniya aksiyadori uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qarorlar aksiyadorlar tomonidan tasdiqlanishi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qabul qilinishi lozim;

  • qo‘shib olishga qarshi himoya vositalari yoki aksiyadorlar ta’sirini cheklaydigan boshqa vositalardan qochish zarur;

  • qo‘shib olish va birlashtirish jarayonlarining tartibga solinishi, bu qoidalarga amal qilinishi nazorat ostida bo‘lishi lozim;

  • agar aksiyadorning mulk ulushi belgilangan miqdorga etadigan bo‘lsa, bunday aksiyador qolgan aksiyalarni oqilona shartlarda, ya’ni kompaniya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun to‘lov sifatida to‘lanadigan narxda sotib olishi kerak;

  • kompaniyalar aksiyalar qiymatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan axborotni, shuningdek, 5% mulk chegirmasidan o‘tgan (kamaygan yoki ko‘paygan) aksiyadorlar haqida axborotni darhol malum qilishlari lozim. Bu talabga rioya qilinmagan hollarda jiddiy jarima choralari qo‘llanadi;

  • auditorlar mustaqil bo‘lishi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida saylanishi lozim;

  • aksiyadorlar yig‘ilish kun tartibiga masalalar kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim;

  • axborot tarqatish oddiy kanallaridan tashqari, kompaniya aksiyadorlarga aksiyalar qiymatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan axborotni etkazish uchun elektron vositalardan foydalanishi lozim;

  • aksiyadorlar kengashning kamida bitta a’zosini saylash huquqiga, shuningdek, Kengash a’zosini bo‘shatish masalasini ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim. Saylangunga qadar aksiyadorlar Kengash tarkibiga saylash uchun nomzodlar taklif qilish imkoniyatiga ega;

  • Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida bir pog‘onali tizimda ham, ikki pog‘onali tizimda ham noijrochi direktorlarning Kengash tarkibidagi a’zoligi 12 yilgacha bo‘lgan muddat bilan cheklanishi lozim;

  • Kengash tarkibida Kengash sobiq ijrochi a’zolari qatoridan bo‘lgan bittadan ortiq noijrochi a’zo bo‘lishi mumkin emas.

Kaliforniya pensiya fondining korporativ boshqaruv bo‘yicha global tamoyillari (CalPRES). Aksiyadorlik harakatining rivojlanishida institutsional investorlar, masalan, AQSHda eng yirik va faol nafaqa fondlaridan biri bo‘lgan CalPRES (California Public Employees’ Retirement System) muhim rol o‘ynaydi. Bu fond 80-yillarning boshlarida tashkil etilgan bo‘lib, amerika moliya bozorida harakat qilishdan tashqari xorijiy kompaniyalarga investitsiyalar kiritadi.
1996-yil CalPRES e’lon qilgan Korporativ boshqaruv global tamoyillari (matnda keyinchalik — CalPRES tamoyillari) quyidagilardan iborat:


  1. Download 4,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish