22-MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOT FUNKSIYALARI VA ULARNING TURLARI REJA:
1. Moliyaviy hisobot va uning funksiyalari 2. Moliyaviy hisobot turlari.
1. Moliyaviy hisobot va uning funksiyalari
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (18-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki, eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliyaviy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Moliyaviy hisobotlar funksiyalari
Firmaning egalari va Firma egalari va
kreditorlariga firmaning kreditorlariga kompaniya
joriy moliyaviy ahvoli faoliyati samaradorligining Qulay shablon-modellar hamda o’tgan davrda asosiy reja ko’rsat- tuzish va ulardan
uning faoliyati qanchalik kichlarini aniqlash va moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanish samarali bo’lgani menejerlar faoliyatini
to’g’risida ma’lumot tartibga solish imkonini berish berish
18-rasm. Moliyaviy hisobotlar funksiyalari
Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joizki, firmaning moliyaviy hisobotlarida kamdan-kam hollarda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini to‘liq baholash uchun zarur ma’lumot mavjud. Ammo hisobotlar manfaatdor shaxslarni korxona faoliyatining qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan tahlil qilish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin. Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani boshqarishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash mumkin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun Hisob Palatasi, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki soha vazirliklari qoshidagi Nazorat-taftish boshqarmalari, auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan taqdim etiladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi shunday maqsad bilan OAV tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga e’tibor berishning o‘zi ham juda ko‘p narsani ko‘rsatishi mumkin.
Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi firma egalari va kreditorlariga korxona faoliyati samaradorligining asosiy reja ko‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi korxona samarador-ligining rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi mumkin. Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va joriy majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin.
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi, qulay shablon-modellar tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |