Moliyaviy hisobotga tushuntirish. Biror bir korxona o‘z moliyaviy hisobotini chop etar ekan, unga albatta tushuntirish xatini ilova qiladi. Bu tushuntirish xatida u qo‘llagan usullar va o‘zining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z ifodasini topadi. Ba’zida esa, bu tushuntirish xatida korxonaning haqiqiy moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar hisobotdagiga nisbatan ko‘proq va kengroq bo‘ladi. Ularda, odatda, quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
1) korxonaning qanday hisob usullaridan foydalangani ko‘rsatiladi; 2) ba’zi aktivlar va majburiyatlarga batafsil tavsif beriladi;
firma aksiyadorlik kapitali tuzilmasi to‘g‘risida ma’lumot;
asosiy operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar; 5) balansdan tashqari hisobvaraqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |