9-jadval
“XYZ” korxonasining 2019-yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti (soddalashtirilgan shakli)
Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi (chiqimi)
|
|
Sof foyda
|
23,4
|
Amortizatsiya (+)
|
+30,0
|
Olinishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (debitorlik qarzlari)ning o‘zgarishi (-)
|
-10,0
|
Tovar-moddiy zaxiralar qiymatining o‘zgarishi (-)
|
-30,0
|
To‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (kreditorlik qarzlari)ning) o‘zgarishi (+)
|
+12,0
|
Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan pul mablag‘larining yakuniy harakati
|
25,4
|
Investitsion faoliyat natijasidagi sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi)
|
Asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar summasi o‘zgarishi (-)
|
-90,0
|
Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi)
|
To‘langan dividendlar (-)
|
-10,0
|
Qisqa muddatli qarz summalarining o‘zgarishi (+)
|
+94,6
|
Pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari summasining o‘zgarishi
|
20,0
|
Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hisobotda pul oqimlari uchta bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar:
operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat;
investitsion faoliyat;
moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul mablag‘lari kirimi va chiqimi
ko‘rsatadi.
Keling, endi shu uchta bo‘limning har birini batafsil o‘rganib chiqishga harakat qilaylik.
Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari, eng avvalo, firma o‘z mahsulotini sotishdan tushgan pul tushumini hamda materiallarga va mehnat haqini to‘lashga ketgan xarajatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ” korxonasining 2019-yilda operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Bir vaqtning o‘zida esa, sof foyda 23,4 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bu o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi?
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korxonaning sof foyda ko‘rsatkichi va uning asosiy faoliyati natijasida kelib tushgan pul mablag‘lari o‘rtasida nima uchun farq borligini ko‘rsatib beradigan to‘rtta modda (bo‘lim) bor. Ular quyidagilardan iborat:
amortizatsiya xarajat (ajratma)lari;
olinishi kerak bo‘lgan (debitorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning o‘zgarishi;
to‘lanishi kerak bo‘lgan (kreditorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning o‘zgarishi;
tovar-moddiy boyliklar qiymatining o‘zgarishi.
Endi “XYZ” korxonasi hisobotining ushbu qismlarini batafsilroq o‘rganib chiqamiz.
Birinchidan, 2019-yil bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari summasi 30,0 mln.
so‘mni tashkil etdi va 2019-yil bo‘yicha sof foyda hisoblab chiqilayotganda bu xarajatlar miqdori, garchi ular pul shaklida amalga oshirilmagan bo‘lsada, korxona daromadlari summasidan chiqarib tashlangan edi. Buning sababi shundaki, ekspluatatsiya jarayonida amortizatsiya ajratmalari hisoblanadigan asosiy vositalar (zavod binolari va asbob-uskunalar)ni sotib olishga ketgan pul mablag‘lari chiqimi ushbu aktivlar dastlab sotib olinganda hisobga olinadi. Ammo bunda amortizatsiya ajratmalari xarajat hisobla-nadi va firma ushbu bino va asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qiladigan keyingi yillarda shu xarajatlarni hisobga oladi. Demak, sof foyda ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichini aniqlash uchun, avvalo, birinchi navbatda birinchi songa amortizatsiya ajratmalarini qo‘shish kerak.
Keyin, biz tahlil qilayotgan hisobotda 10,0 mln. so‘m miqdorida olinishi kerak bo‘lgan debitorlik qarzlari summasining ortishi aks ettirilgan. Bu ko‘rsatkich yil davomida firma ko‘rgan foyda summasi va firma amalda xaridorlardan olgan pul miqdori o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan olingan ma’lumot-larga ko‘ra “XYZ” korxonasi 2019yilda jami 200,0 mln so‘m miqdorida tovar ishlab chiqarib, jo‘natgan va xizmat ko‘rsatgan hamda bu to‘lovlarni talab qilgan. Ammo amalda firma xaridorlardan faqat 190,0 mln so‘m. olgan. Demak, sof foyda ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun birinchi ko‘rsatkichdan 10,0 mln. so‘m (debitorlik qarzining ortishi)ni ayirib tashlash kerak.
Bundan tashqari, hisobotda tovar-moddiy zaxiralar qiymatining 30,0 mln. so‘m miqdorida ortgani qayd etilgan. Bu tovar-moddiy zaxiralarning yil oxiridagi qiymati shu davrning yil boshidagi qiymatidan 30,0 mln. so‘mga ko‘p, deganidir. Demak, xom ashyo sotib olish va (yoki) tovar-moddiy zaxiralarga kiritilgan tovar ishlab chiqarishga 30,0 mln. so‘m sarflangan va bu xarajatlar sof foyda hisoblanayotganda inobatga olinmagan. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi asosida operatsion faoliyatdan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun birinchi ko‘rsatkichdan 30,0 mln. so‘m (ya’ni, 2019-yilda tovar-moddiy boyliklar qiymati oshishi)ni ayirib tashlash kerak.
Hisobotning to‘rtinchi moddasi (bo‘limi)da to‘lanishi kerak bo‘lgan summa
(kreditorlik qarzi)ning 12,0 mln. so‘mga oshgani aks ettirilgan. Bu son “XYZ” korxonasining hisobot yilida sotilgan tovarlari tannarxi (110,0 mln. so‘m) va unga mahsulot (mol) yetkazib beruvchilar va xodimlarga to‘langan pul miqdori (hajmi) o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassam etadi. Sof foyda hisoblanayotganda 110,0 mln. so‘m to‘liqligicha chiqarib tashlanadi. O‘z navbatida, operatsion faoliyatdan kelgan pul oqimlari hisobla-nayotganda esa firma haqiqatda to‘lagan faqat 98,0 mln. so‘m chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun sof foyda summasiga 12,0 mln. so‘mni qo‘shish kerak.
Shunday qilib, amin bo‘ldikki, ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan pul tushumlari ko‘rsatkichi bilan korxonaning sof foydasi mos keladi, deb ta’kidlash uchun bizda hech bir asos yo‘q. Ularni bir-biriga moslashtirish uchun sof foydani, biz yuqorida muhokama etgan, hisobotning to‘rtta moddasi (qismi)ni hisobga olgan holda to‘g‘rilash kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash metodi” asosida turli hisob yuritish standartlari qo‘llaniladigan turli mamlakatlarda o‘z sof foydasi yuzasidan hisobot beradigan korxonalarning iqtisodiy ko‘rsat-kichlarini taqqoslash uchun juda muhim.
Investitsion faoliyat munosabati bilan pul oqimlari aks ettirilgan jadvalning ikkinchi bo‘limida ko‘ramizki, 2019-yil davomida “XYZ” korxonasi yangi zavod binolari va asbob-uskunalar sotib olishga 90,0 mln. so‘m sarflagan. Hisobotning uchinchi bo‘limida – moliyaviy faoliyat natijasida pul oqimlari harakatida – korxona o‘z aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida 10,0 mln. so‘m to‘lagan va 94,6 mln. so‘m miqdorida qarz olgan va o‘zining qisqa muddatli qarzini ko‘paytirgan.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, aytish mumkinki, “XYZ” korxonasining ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati uning ixtiyoridagi pul mablag‘lariga (pullar va bozor qimmatli qog‘ozlari) ta’sir ko‘rsatishi natijasida ularning hajmi 2019-yil oxiriga kelib, 20,0 mln. so‘mga oshgan. Bu summaga quyidagi tarzda erishilgan: ishlab chiqarish operatsiyalari natijasida “XYZ” korxonasi 25,4 mln. so‘m miqdorida daromad olgan va bundan tashqari, 94,6 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha qarzolgan. Jami bu 120,0 mln. so‘m miqdorida tushumni hosil qiladi. Bu summadan 90,0 mln. so‘m yangi asosiy vositalar sotib olishga, 10,0 mln. so‘m esa aksiyadorlarga dividend to‘lashga sarflangan.
Quyida keltirilgan 6-jadvalda biz yuqorida ko‘rib chiqqan moliyaviy hisobotning uchta asosiy turi o‘zlarining qanday jihatlari bilan bir-birlaridan ajralib turishi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |