Sana: 1-2 Dars: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddas Darsning maqsadi



Download 80,13 Kb.
bet4/4
Sana08.11.2019
Hajmi80,13 Kb.
#25345
1   2   3   4
Bog'liq
02. Biz buyuk yurt farzandlarimiz


Sana:

29-30 Dars: O’zbekiston xalqi

1) Ta’limiy maqsad – o’quvchilarga xalq, millat, O’zbekiston xalqi haqida ma’lumot berish.

3) Tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarni millatchilik, irqchilik illatlaridan yot, millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash.

2) Rivojlantiruvchi maqsad – dunyoqarashini rivojlantirish.

TK-4: jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish (kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘ladi).

TK-5: milliy qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar va.h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi; madaniy merosni avaylab asraydi.

FK-1: millatlararo munosabatlarda hamjihatlik va bag‘rikenglikni o‘zida namoyon eta oladi.

FK-2: xalqimizning ma’naviy-madaniy merosini asraydi va rivojlantirishga hissa qo‘shadi;

Jixozlar: rasmlar, davlat ramzlari, test savollari, qog’oz va flamasterlar.

Dars jarayoni:

1. Tashkiliy qism : (3 minut) sinfga kelib o’quvchilar bilan salomlashaman. O’quvchilarning darsga tayyorligini tekshiraman. Sinfning gigienik xolatini tekshiraman. O’quvchilarning qiziqqonliligini oshirish uchun “shaxsni aniqlash” o’yinini o’tkazaman. Bunda sinf jurnali oxirida yozib qo’yilgan “O’quvchilar xaqida ma’lumot”dan foydalanib, hohlagan bir o’quvchining tug’ilgan oyi va kunini aytaman. O’quvchilar bu sana kimga tegishli ekanligini topadi. Eng ko’p topgan o’quvchilar g’olib bo’ladi.

2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: (12 minut) Aqliy hujum:

1) Mustabid tuzum

2) Jadidlar

3) Qatag’on qurbonlari

Yangi mavzuni tushuntirish: (15 minut)“O’zbekiston xalqini millatiga qaramasdan, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil qiladi” O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Fuqaro va inson so’zlari ma’nosiga karab bir-biridan farqlanadi. Fuqaro deganida qaysidir bir davlatda yashayotgan, davlat va jamiyat turmushining barcha sohalarida to’liq qatnashish xuquqiga ega bo’lgan insonlar tushuniladi.

“Xalq” arabcha so’z bo’lib, yaratilgan degan ma’noni bildiradi. Ya’niy, xalq – yaratilgan odamlar jamoasi, odamlarni bildiradi. Xalq so’zi o’rnida ba’zan millat, elat, xaloyiq kabi so’zlar ham ishlatiladi.

Millat deb, til, din, makon, tarix, turmush tarzi va ma’naviy birligiga ega bo’lgan insonlar jamiyatiga aytiladi. O’zbekiston xalqining hammasidan oldin tili bir. Biz o’zaro gaplashganimizda bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Ikkinchidan, biz bir dinga – Islom diniga ishonamiz. Uchunchidan, biz avvaldan mana shu makonda – O’zbekiston yerida yashab- kelayapmiz. To’rtinchidan, bizning tariximiz ham yagona. Beshinchidan, turmush tarzimiz ham bitta. Oltinchidan, millatimizning ma’naviyati yagona va bitta.

Elimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi va ularning xammasi birgalikda O’zbekiston xalqini tashkil qiladi. Elimiz xalqi ko’lamida o’zbek millati ko’p sonli va milliy davlatchiligimizga nom bergan xalq hisoblanadi.

O’zbek xalqi deganda O’zbekistonda va dunyoning boshqa ellarida yashovchi o’zbek millatiga tegishli xalq, ya’ni o’zbeklar tushuniladi.

Mamlakatimizda “Demokratiya”, xalq xokimiyati amalga oshirilmoqda. Bu degani ahamiyatli masalalarni yechishda xalq fikri, roziligi hisobga olinadi. Bu xaqida davlatimiz Konstitutsiyasida belgilangan.. Unda shunday deyiladi: “Xalq davlat xokimiyatining yagona bo’lagi bo’lib topiladi”.



Yangi mavzuni mustaxkamlash: (10 minut)Aqliy hujum: 1) “O’zbekiston xalqi millatiga qaramasdan, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil qiladi” – deb qayerda yozilgan? – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2) “Xalq” qaysi tildan olingan va ma’nosi qanday? – Arab tilidan olingan bo’lib, yaratilgan degan ma’noni bildiradi. 3) Til, din, makon, tarix, turmush tarzi va ma’naviy birligiga ega bo’lgan insonlar jamoasi nima deb ataladi? – Millat. 4) Odamzod uchun katta ofatga aylangan, XX asrda Italiya va Germaniyada tashkil topgan ideyani toping? – Fashizm.

Test savollari: 1) Mamlakatimizda qancha millat vakillari yashaydi? A) 130 dan ortiq. B) 150 ga yaqin. D) 120

2) O’zbekistonda yashovchi barcha fuqarolarni nima deb ataymiz? A) O’zbek xalqi. B) O’zbekiston xalqi. D) millat.

3) O’zbek tiliga davlat tili makomi qachon berildi?

A) 1989-yil 1-dekabr. B) 1990-yil 14-dekabr. D) 1989-yil 21-oktyabr.

Uyga vazifa berish(2 minut) “Fuqarolarning huquqi va millati” mavzusida kichik insho yozib kelish

Sana

31-32 Dars: Oila muqaddasdir

Maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga ezgu fazilatlar haqida ma`lumot berish,ajdodlarimizning ibratli fikrlari bilan tanishtirish..

Tarbiyaviy: O`quvchilarni atrofdagilarga yaxshilik va faqat yaxshilik qilishga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ezgu fazilatlarni kamol toptirish.

Oilaning muqaddas ekanligini;

Oila ma’naviyat uchog‘i ekanligini;

Vatan- oiladan, ostonadan boshlanishini;

Keng hayotda oilaning o’rni haqidagi tushinchalarga ega bo’ladilar.

TK-1: jamoaviy (oilada, mahallada, maktabda) muloqotga kirisha olish, hamkorlikda ishlay oladi



TK-3: shaxs sifatida o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirib boradi;

TK-4: jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish (kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘ladi).

FK-1: Oila, Vatan, jamiyat oldidagi burch va mas’uliyatni anglaydi va unga amal qiladi;

Darsning jihozlanishi: Darslik, rangli qog‘oz, marker, skotch, qaychi, Xalq donoligi ifodalangan ba’diy asarlar, vatman.

Sinfni tashkillashtirish: 3 daqiqa

Dars jarayoni: sinf bir nechta guruhga bo’linib ( sinf o‘quvchilari soni hisobga olingan tarzda) joylashtiriladi.

I.O‘quvchilarga topshiriq mazmuni tushintirilib o’tiladi.

( 5 daq.)

Topshiriq savollar: - «Alla» haqida nima bilasizlar?

- Oila deganimiz nima?

- Oilani nima uchun muqaddas deymiz?

- Oila ma’naviyat o’chog‘i deganimiz nima?

- Nechanchi yili oila yili deb e’lon qilindi?

- Oila kodeksi haqida nima bilasiz?



Javob uchun 8 daqiqa beriladi ( «Aqliy hujum» metodidan foydalaniladi)

II. Har bir guruhga quyidagi topshiriq beriladi.

1. ota-ona u kim?

2. oila ma’naviyati bu nima?

3. bolalar bu kim?

4. Vatan va oila bu nima?

5. Allani kim aytadi va nima uchun?



Javob uchun 8 daqiqa vaqt beriladi ( «Guruhda ishlash metodidan foydalaniladi»)

Bunda har guruh o’zlari liderni tanlab u guruh nomidan savollar javobini beradi



III. Slayd yordamida o‘quvchilarga Vatan, Oila, Maxalla haqida tushunchalar beriladi (agar slayd qo’yib berish imkoni bo’lmasa oila, Vatan mavzusiga oid rasmlardan foydalansa ham bo’ladi)

Ta’ssurotlar haqida savol javob (7-daq.)

IV. Mavzuga oid fikr- mulohazalar to’planadi (5-daq.)

Ya’niy har bir guruh dars jarayonida to’plagan ma’lumotlar banki tashkil qilinadi. Batmanga barcha ma’lumotlar yozilib doskaga skotch yordamida qistiradi



V. Barcha ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittirilib baholash jarayoniga o’tiladi.(2-min)

Har bir to’g‘ri berilgan savol uchun bitta avvaldan tayyorlanib qo’yilgan yulduzcha yordamida baholanadi ( yulduzchalar rangli qog‘ozlardan tayyorlangan bo’lib har biri bitta bahoni ifodalashi kerak (masalan sariq rang 3- bahosini)



VI. Uy vazifasi bo’yicha topshiriqlar berish (4 daq) (bunda o‘qituvchi mavzu ga oid har bir o‘quvchi insho yozib kelishini topshiriq qilishi mumkin bu ularni baholashda yordam beradi)

VII. O‘qituvchining darsni yakunlash va mustahkamlash so’zi ( 3 daqiqa)

Sana
33-34 Dars O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat


T/r

Dars bosqichlari

vaqti

1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2.

Asosiy qism

12 daqiqa

3.

Zakovat o‘yini

12 daqiqa

4.

Mavzuni mustahkamlash

7 daqiqa

5.

Dars xulosasi

4 daqiqa

6.

O‘quvchilarni baholash

3 daqiqa

7.

Uyga vazifa berish

2 daqiqa


Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekanligi, O‘zbekistonning davlat tuzumi, huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lidan borayotganligi haqida tushuncha berish;

b) tarbiyaviy: O‘zbekiston atalmish yurtning kelajagi yoshlar ekanligini, yoshlarning kuch va salohiyati, iste’dod va bilimi bilan o‘z yurtini taraqqiy toptirishdagi hissasi haqidagi tushunchani mustahkamlash;

v) rivojlantiruvchi: Vatanni sharaflash, o‘z ajdodlari an’analarini munosib davomchilari bo‘lish, O‘zbekistonning kelajagini buyuk qilishdek vazifani amalga oshirishga katta hissa qo‘shish.


TK-2: axborot manbalaridan (televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana oladi;

TK-3: shaxs sifatida o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirib boradi;

TK-3: Vatanni sevish, insonlarga mehribon bo‘ladi; orasta kiyinadi va sog‘lom turmush tarziga (zararli odatlar, sport, tibbiy gigiena) amal qiladi;

FK-1: Oila, Vatan, jamiyat oldidagi burch va mas’uliyatni anglaydi va unga amal qiladi; - Vatan ravnaqi yo‘lida jismoniy va intellektual imkoniyatlarini safarbar eta oladi;

FK-2: Vatan oldidagi burch va mas’uliyatni xis qiladi;
Dars uslubi: hikoya qilish, zakovat (savollar tashlash).

Dars usuli: interfaol.
Kerakli jihozlar: Prezident I.A.Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asari, qo‘shimcha adabiyotlar, rasmli plakatlar, davlat ramzlari, xatjildda savollar va kadaskop.
Tayanch sozlar: Demokratiya, hurfikrlilik, komillik, milliy g’urur.

Dars rejasi:

1. Bugungi mustaqil O‘zbekiston;

2. Istiqlol bergan buyuk ne’matlar;

3. Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston;

4. Vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘usi;

5. Men Vatanimga nima berdim!?



Darsning borishi (hikoya tarzida):

O‘qituvchi: Bugungi kunda xalqni yakdil qila oladigan ishlar va g‘oyalar oz emas. Ularning ichida eng ulug‘i, eng olijanobi – O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash. Mamlakatimiz bugungi huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lidan bormoqda. Ћuquqiy-demokratik davlatda jamiyat hayotidagi barcha munosabatlar qonunga asoslanadi. Bugungi mustaqil O‘zbekiston dunyodagi katta mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizning er maydoni 447 ming 700 kv.km, 26 mln.dan ortiq insonlar istiqomat qiladi. Bugungi kunda barcha hokimiyat va boshqaruv idoralariga, davlat ramzlariga ega. Jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zodir.

O‘zbekiston 1991-yil 31-avgust kuni istiqlolga erishib, mustaqil davlatlar qatoridan joy oldi. Bugungi kunda qanday yutuqlarga erishayotgan bo‘lsak, barchasi istiqlol tufaylidir. Mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz, ko‘hna qadriyatlarimiz, toptalgan g‘ururimiz tiklandi, biz jahondagi barcha xalqlar qatori ozod va erkin bo‘ldik.

Istiqlolga erishgan O‘zbekistonning o‘tgan yillar mobaynida qo‘lga kiritgan yutuqlari behisob. Faqat yaxshilik va ezgulik yo‘lini tutgan eldagina buyuklik qudrati va salohiyati mavjud. Bunday yurtni hech narsaga almashmaymiz va hech kimga bermaymiz. Insonparvarlik tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan, umuminsoniy qadriyatlarga amal qilgan yurt engilmas kuchga aylanadi.

Vatanparvarlik – Vatanni sharaflashning yuksak ko‘rinishidir. Ota-bobolarimizning yurt himoyasi yo‘lidagi qahramonliklarini faxr bilan tilga olishimiz mumkin. Avvalambor, shuni ta’kidlamog‘imiz kerakki, qisqa muddat mobaynida yurtdoshlarimizning, xalqimizning saviyasida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Yoshlar – bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir, deb Islom Karimov yoshlargan ta’rif bergan. 2010-yilni “Barkamol avlod yili” deb nomlanishi yoshlarni o‘z xalqini, vatanini sevishga, zamonaviy bilimlarni egallashga, yaxshi kasb-hunarli, insonparvar, adolatli, jasur, mehnatsevar, g‘ayratli va ajdodlar merosiga sadoqatli bo‘lish munosabatlari kuchliroqdir. Ћozirgi kunda O‘zbekiston aholisining 64 % dan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonning kelajagining buyukligini har sohada ko‘rish mumkin.
Biz mavzuni o‘rganish jarayonida quyidagi savollarga ham javob topishimiz mumkin:
Давлат нима?маълум чегарага, аҳолисига, давлат бошқарувига ўз маданияти, сиёсати ва ҳарбий тузулмаларига эга бўлган ижтимоий ташкилот.

Ўзбекистон қандай давлат? – мустақил, ҳуқуқий демократик давлат.

Демократия нима? – давлатнинг бошқарув органлари халқ томонидан сайлаб қўйиладиган тизим. Демократия – халқ ҳокимяти демакдир. Демократик давлатда халқ ҳокимятни сайлаб қўяди, ҳокимият давлатни бошқаради.

Ҳурфикрлилик – ўз мустақил ва эркин фикрига эга бўлиш.

Комиллик – мукаммалликдир. Бу тушунча нисбий, лекин ўзида маънавиятни шакиллантирган инсонда комил инсон ҳислатлари мужассамлашади.

Миллий ғурур – ўз миллатимиздан, тарихимиздан, маънавиятимиздан, моддий ва маънавий меросимиздан фахрланиш.

SHunday qilib, O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat ekanligi, mustaqilligini mustahkamlash va taraqqiy etiirishda Prezidentimiz Islom Karimovning xizmatlari g‘oyatda ulkandir. Bizning oily maqsadimiz mustaqilligimiz edi, bunga erishdik. Mustaqillikning oily maqsadi – o‘zbek xalqining izzatini joyiga qo‘yish. O‘z kuchi va bilimiga ishongan yoshlar O‘zbekiston kelajagining buyuk bo‘lishini ta’minlaydi.



Darsni mustahkamlash (zakovat o‘yini):

Xatjildlarda savollar yozilgan bo‘lib, o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, raqamlangan xatjildni olishlari va ichidagi savolga ikki daqiqa ichida javob berishlari kerak.




1.Mustaqil yurtimiz yoshlarining kelajagini qanday tasavvur qilasiz?




2. Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?




3. YOshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda nimalarga ahamiyat berish kerak?




4. Mustaqil O‘zbekistonimizni sharaflovchi she’rlardan ayting.




5. O‘zbekiston Prezidenti haqida nimalarni bilazis?




6. Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrat manbai nimalarda ko‘rinadi?


Zakovat o‘yinidagi o‘quvchilarning javoblari:

1. Prezidentimiz ta’riflaganidek, mustaqil yurtimiz yoshlari bilimli, kuchli, dono, va albatta, baxtlidirlar.

2. Mustaqillik – o‘z yo‘lini o‘zi tanlash, o‘zining milliy urf-odatlari, qadriyatlarini saqlay olishi, erkinlik, ozodlik, hur fikrlilik, yuksak taraqqiyot, birovga qaram bo‘lmaslik, erkin bo‘lish.

3. YOshlarda milliy g‘urur, milliy ong, o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, halol mahnat, komillik, to‘g‘ri so‘zlik ruhida tarbiyalash.

4. O‘quvchilar tomonidan zamonamiz shoirlari qalamiga mansub yurtimizni madh etuvchi she’rlar aytiladi.

5. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islon Karimov. Prezident davlat boshlig‘i, qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni hisoblanadi.

Prezident etti yil muddatga saylanadi.

6. Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy meros va milliy boyliklarimiz tiklanibgina qolmasdan, balki uning yanada rivojlanishi uchun imkoniyatlar kengaydi. Xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, an’analarni qayta tiklash uchun zarur sharoit yaratishdir.



Darsga yakun yasash (o‘qituvchi kadaskop orqali tushuntiradi):

O‘qituvchi: Demak, O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro o‘z burchlarini to‘ѓri tushunib, hayotga to‘ѓri tatbiq etishlari kerak ekan. O‘zbekistonning kelajagini buyuk qilish esa siz yoshlarning qo‘lida. Bugungi mashѓulotimizda davlatning mustaqillikka erishishi natijasida ozod va erkin inson bo‘lib yashash mumkinligini bildik. Bugungi amaliy mashg‘ulotimizdan shu narsaga amin bo‘ldikki, O‘zbekistonning har bir asl farzandi o‘zini vatanning ajralmas bo‘lagi deb his etayapti va bundan faxrlanmoqda,


O‘quvchilarni baholash:

Mashg‘ulotga faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish quyidagicha:

“5” – tasanno

“4” – ofarin



“3” – balli Uyga vazifa: O‘zbekiston davlatining kelajagi”ni qanday tasavvur qilishingizni rasm orqali ifodalab kelish.



Download 80,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish