Sana: 1-2 Dars: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddas Darsning maqsadi



Download 80,13 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2019
Hajmi80,13 Kb.
#25345
1   2   3   4
Bog'liq
02. Biz buyuk yurt farzandlarimiz


Rivojlantiruvchi: Tahliliy tafakkur qilish, xulosa chiharish va takliflar kiritish mahoratini rivojlantirish, ko’mak beruvchi qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash mahorati va ko’nikmalarini shakllantirish.
Tayanch kompentensiya elementlari:

Milliy va umummadaniy kompentensiyaVatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli boladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

Ma’naviy-ahloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi

milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaydi va hurmat qiladi.


Jihozlar: o`quv darsligi,O`zbekiston xaritasi.

Qo‘shimcha adabiyotlar: I.A.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo„q», A.Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq», A.Ibrohimov va boshqalar «Vatan tuyg’usi», Azim Suyun «Biz kim o’zbeklar» asarlari, qog’oz, markerlar, skotch.

Dars uslubi : yangi bilim beruvshi.

Dars metodi: Aqliy hujum,guruhlarda ishlash.

Darsning borishi. Dars tashkil qilinadi.

Yangi dars bayoni: O’zbekiston xalqi o’z milliy g’oyasi negizlariga tayangan xolda rivojlanish yo’lini tanladi. Uning o’ziga xos sabablari mavjud. Ular asosan quyidagilardan iborat:

Birinchidan, mustaqillik tufayli xalqimiz o’ziga xos va mos rivojlanish yo’lini tanlash xuquqiga ega bo’ldi.

Ikkinchidan, «mustabid totalitar tuzum» davrida kommunistik mafkura targ’ibotchilari o’zbek xalqining turmush tarzi, dunyoqarashi, tarixi, urf-odatlari, an'analari va milliy xususiyatlarini xisobga olmasdan bizga begona va yot bo’lgan qadriyatlarni, maqsadlarni singdirishga urinib kelgan. Buning asoratlaridan xalos bo’lishga qaratilgan ma'naviy extiyoj paydo bo’ldi.

Uchinchidan, ma'lumki, xar qanday davlat yoki jamiyat maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanishi uchun ma'naviy asoslarini belgilab oladi. Tarixiy maqsad xalqning milliy-ma'naviy g’oyalarida o’z ifodasini topadi. Shu ma'noda o’zining mustaqil yo’lini tanlab olgan O’zbekistonda milliy g’oyani o’rganishga zarurat bo’lgan deb qaralish lozim.

To’rtinchidan, jamiyat qurilishi tarixida xar xil g’oyalar xukmronligi bo’lgan. g’oyaviy maqsadlar tufayli jamiyat xayotida turli xil voqealar ro’y bergani tabiyy, ular turli xil oqibatlarni keltirib chiqargan. Demak, g’oya bilan g’oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish va anglash uchun ham milliy istiqlol g’oyasini o’rganish zarur.

Beshinchidan, g’oyalar jamiyatdagi turli insonlar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, xalqlar, millatlar maqsadi, orzu intilishlari, xayotni idrok etish, ko’nikma va malakalari, xulq-atvor ko’rinishlari, qadriyatlari manfaati bilan uzviy bog’liq bo’ladi. U yoki bu g’oya qaysi manfaatni qanday tamoyillarga asoslangan xolda ifoda etishga va qanday g’oya ekanligiga baho beriladi.

Oltinchidan, g’oyalar ta'sir ko’lami bilan ham bir-biridan farqlanadi. Ayrim g’oya tarafdorlari mutloq xaqiqatni e'tirof etishga da'vo qilishi mumkin. Ular o’z maqsadlarini boshqa xalqlarning milliy xususiyatlarini xisobga olmasdan, qanday yo’l bilan bo’lmasin «singdirishga» urinadi. Demak, bu borada har birimizdan ogoxlik talab etiladi.

Ettinchidan, milliy istiqlol g’oyasini o’rganishning zarurligi bugungi dunyoda mafkuraviy kurashning davom etayotganligi bilan xam bog’liq. Insonlar ongi va qalbini egallash unga ta'sir ko’rsatib, o’z maksad va muddaolarini bir tomonlama amalga oshirishga urinishlar to’xtamayotganligidan ham kelib chiqmoqda. Milliy istiqlol g’oyasini fan sifatida o’rganishning sabablarini mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov quyidagicha ta'kidlaydi: «Oldimizga qo’ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga etish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’lish, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, begona va yot g’oyalarning hurujidan ximoyalanish bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan xar tomonlama barkamol insonlarni voyaga etkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda».

O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

  2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.

Dars yakunlarini chiqarish:

O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

Uyga vazifa:

O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
Sana

11-12 Dars: Millatlarora hamjihatlik

Maqsad:

Ta’limiy: Mavzu haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga muhabbat, boshqa millatlarga nisbatan o’zaro hurmat ruhida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi:O'quvchilarning og`zaki nutqini rivojlantirish,

TK-1: Kommunikativ kompetensiya:

-jamoaviy (oilada, mahallada, maktabda) muloqotga kirisha olish, hamkorlikda ishlay oladi;



FK-1: Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi:

-millatlararo munosabatlarda hamjihatlik va bag‘rikenglikni o‘zida namoyon eta oladi.



FK-2: Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi:

-yon-atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldor bo‘la oladi; jamiyatda bo‘layotgan jarayonlarga dahldorlikni his etadi.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

2

5

20

8

5

5

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Kirish suhbati . O’zbekistonda qanday millat vakillari yashaydi?

III. Yangi mavzu bayoni.

1.Yurtimiz hududida turli millat va elat vakillari qadim-qadimdan bir oila farzandlaridek ahillikda istiqomat qilib kelishgan. Bu xalqimizning bag'rikengligidan dalolat beradi.



Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonga evakuatsiya qilin-gan turli millatga mansub minglab insonlarga o’zbek xalqi o’z uyidan joy berdi, bir burda nonini ular bilan birga baham ko’rdi. O’ta og'ir sharoit bo’lishiga qaramay ko’plab oilalar rus, ukrain, belorus va boshqa millatga mansub o’nlab ota-onasiz qolgan bolalarni o’z bag'riga oldi.

Yurtimizda yashovchi millatlarning rivojlanishi, madaniyati, tili, dini va urf-odatlarini taraqqiy ettirishi uchun barcha shart-sharoit-lar yaratilgan. Bugungi kunda O’zbekistonda 150 ga yaqin milliy madaniy markazlar faoliyat ko’rsatmoqda. Turli millat vakillari qo’lni-qo’lga berib mehnat qilsa, tinch-totuv yashasa, yurt yanada obod, turmush esa farovon bo’ladi.

2.Darslikdagi izohli lug`at bilan ishlash

IV.Test yechish



V. Darsni mustahkamlash;

O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.

1. O’zbekistonda qancha millat vakillari yashaydi?

2 Boshqa millat vakillaridan do’stlaringiz bormi?

3. Ular haqida so’zlab bering.

4.O`zingiz taniydigan kishilsrdan kimlarni ochiqko`ngil deb ayta olasiz ?

5.Uning qaysi fazilatidan ibrat olishga harakat qilasiz?

6.Ikkinchi jahon urishi davrida o`zbek xalqi qanday fazilatlarni namoyon qildi?

7.Insonlarga keng qalbli bo`linsh haqidagi hadism\ni o`qing.Keng qalbli deganda nimani tushunasiz?

VI..Mavzuni umumlashtirib ,faol o`quvchilarni baholash.

VII.. Uyga vazifa.O`qib,savollarga javob yozib kelish.
Sana

13-14 Dars: Biz tinchlik tarafdorimiz.

Maqsad:

Ta’limiy: O`zbekistonning tinchlighi yo`lida qilinayotgan ishlar haqida ma`lumot berish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarni tinchlikning qadriga yetish ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:O'quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rganganlaridan xulosa chi`qara olishga o`rgatish.

TK-1: Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to‘g‘ri qo‘ya olish va unga javob bera oladi;



TK-2: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

axborot manbalaridan (televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana oladi



FK-2:Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi:

-yon-atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldor bo‘la oladi;

-hushyorlik va ogohlikni kundalik amaliy harakatiga aylantira oladi;

-ma’naviy tahdidlarni anglaydi va ularga munosabat bildira oladi;



O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

2

5

20

8

5

5

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Savol javob asosida.

III. Yangi mavzu bayoni.

Rasmlar asosida suhbatlashib,yurtimiz tinchligi haqidagi matn ustida ishlanadi.Buyuk vatanparvar Najmiddin Kubro haqidagi matn mazmuni bilan tanishamiz

Xalqimizda «Bir kun janjal bo’lgan oiladan qirq kun baraka ketadi», degan gap bor. Vatanni katta oilaga o’xshatish mumkin. Unda yashovchi insonlar esa ana shu oilaning a'zolaridir. Agar oila a'zolari hamjihat bo’lib, tinch-totuv yashasalar, bunday oila qut-barakali bo’ladi, unga hammaning havasi keladi. Demak, mamlakat taraqqiyoti uchun ham insonlar ahil-inoq yashashlari lozim.

Yurtimizdagi tinchlik tufayli bilim egallab, kundalik yumushlarimizni bajarib, oilamiz bag'rida xotirjam hayot kechirmoqdamiz. Afsuski, ana shunday osuda turmushimizni ko’rolmaydigan, unga raxna solish niyatida bo’lgan yovuz kimsalar ham yo’q emas. Ular turli yo’llar bilan tinchligimizni buzishga urinadilar.



Quvnoq topshiriq .Aqlni charxlovchi quvnoq topshiriqlar ko`rgazma asosida bajariladi

Umumlashtiruvchi xulosalar.

IV. Darsni mustahkamlash;

O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.

1.Urush va tinchlik mavzusidagi qanday filimlarni ko’rgansiz?

2.”Buyuk vatanparvar” hikoyasidan olgan taassurotlaringizni so’zlab bering ?

3.Tinchlik mavzusidagi she’rlardan yod olganmisiz ?

4.Tinch –farovon hayotimizni ko`rolmaydigan kimsalarga qarshi kurashiah uchun biz –bolalar qanday yo`l tutishimiz lozim?

5.Ota –onangiz bilan vatanparvarlik mavzusida suhbatlashganmisiz?

V. Uyga vazifa: O`qib,savollarga javob yozib kelish va mavzuga mos rasm chizish.

Sana

15-16 Dars: O’zbekiston Respublikasi fuqarosi

Maqsad:

Ta’limiy: O`quvchilarning Konstitutsiyamizning ba`zi moddalari bilan tanishtirish..

Tarbiyaviy: Ularda boshqa millat vakillarini xurmat qilish ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:O'quvchilarda intelektual faollikni, og`zaki nutqini rivojlantirish.

TK-1: Kommunikativ kompetensiya:

-o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to‘g‘ri qo‘ya olish va unga javob bera oladi;

-jamoaviy (oilada, mahallada, maktabda) muloqotga kirisha olish, hamkorlikda ishlay oladi;

TK-3: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

-shaxs sifatida o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirib boradi;

-hatti-harakatini nazorat qila oladi, o‘z hayotining havfsizligi, ogohlik hissini oshiradi;

FK-2: Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi:

-yon-atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldor bo‘la oladi; -Vatan oldidagi burch va mas’uliyatni xis qiladi;

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

2

5

20

8

5

5

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish.O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob uyushtirib,o`quvchilarni baholash

III. Yangi mavzu bayoni.

1.Rasm va topshiruqlar ustida ishlash.

Davlatimiz Konstitutsiyasida O’zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etishi belgilab qo’yilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda tug'ilib o’sgan inson rus, tojik, qozoq, qirg'iz, tatar, koreys yoki boshqa millat vakili bo’lishidan qafi nazar O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi,Shuningdek, Konstitutsiyada O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiiuvchi barcha millat va elatlaming tili, urf-odatlari va a’analari hurmat qilinishini ta'minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi ham qayd etilgan. O’zbekiston Respublikasi o’z fuqarolarining haq-huquqlarini muhofaza qiladi.Konstitutsiyamizning 18- moddasida «o’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qafi nazar qonun oldida tengdirlar», deb belgilangani 1992-yil 2- mart kuni O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo’ldi

2.Murakkab so`zlarning izohli lug`ati bilan ishlash.

3.Til bilgan –El biladi matni ustida ishlash.

IV.Umumlashtirish va xulosalash

V. Darsni mustahkamlash;

O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.

1.Qaysi millat vakillari O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi mumkin ?

2. O’zbekiston qachon BMTga a’zo bo’ldi ?

3.Sardorning nima uchun opasi Nigoraga havasi keldi ?

4.Do’stlaringiz ko’p bo’lishi uchun nimalarga ahamiyat berish kerak ?

5.Agar chet elda do’stingiz bo’lganda unga nimalar haqida yozib yuborgan ?
VI. Uyga vazifa .O`qib,savollarga javob yozib kelish va mavzuga mos rasm chizish.

Sana

17-18 Dars: Tarixiy obidalar va yodgorliklar.

Maqsad:

Ta’limiy: Mustaqillik yillarida tiklangan tarixiy obidalar , yodgorliklar.

haqida ma’lumot berish.



Tarbiyaviy: O`quvchilarda ajdodlar merosini qadrlash,ularga hurmat tuyg`ularini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:O'quvchilarda intelektualfaollikni, og`zaki nutqini rivojlantirish,

TK-4: Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

-Vatan oldidagi burch va mas’uliyatni xis qiladi;



TK-5: Milliy va umummadaniy kompetensiya:

-milliy qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar va.h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi; madaniy merosni avaylab asraydi.



FK-1: Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi:

-milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaydi, qadrlaydi va ularga amal qiladi;



FK-2: Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi:

-xalqimizning ma’naviy-madaniy merosini asraydi va rivojlantirishga hissa qo‘shadi;



O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,tarqatma materiallar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

2

5

20

8

5

5


I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish tarqatmalar yordamida.

III. Yangi mavzu ustida ishlash. 1.Rasmlar asosida suhbat

2.Poytaxtga sayohat hikoyasini o`qish.

3.Lug`at va “Buni yodda tuting!” ustida ishlash.

Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz tarixini o’rganishga alohida e’tibor qaratildi. Chunki Prezidentimiz aytganlaridek, «o’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q». Istiqlol tufayli ko’plab tarixiy obidalar, yodgorliklar tiklandi, buyuk ajdodlarimiz dafn etilgan joylar obodonlashtirildi. Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband insonlarni ezgulikka, halol mehnat qilishga va go’zal axloqli bo’lishga undagan. 1993- yilda yurtimizda alloma tavalludining 675 yilligi keng nishonlandi. Hozir bu zotning milliy uslubda qayta tiklangan maqbarasi ziyoratchilar bilan gavjum.

1998- yil Samarqandda Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi tantana qilindi. Xartang qishlog'ida Imom Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Shu yili jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan ajdodimiz Ahmad Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi ham keng nishonlandi. Farg’ona shahrida Ahmad Farg’oniy nomidagi istirohat bog'i ochilib, Quva shahrida uning haykali o’rnatildi.

IV. Darsni mustahkamlash;

O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.

1. Tarixiy obidalar va yodgorliklarni ziyorat qilganmisiz?

2. Shunday joylarda bo’lganingizda qanday tuyg'ularni his qilgansiz ?

3.Vatanimiz poytaxti haqida qanday ma’lumotlarga egasiz ?

4.Ziyoradga boorish haqida kattalar bilan suhbatlashing ?

5.”Poytahtga sayohat” hikoyasini o’qing.

V.Baholash.

VI. Uyga vazifa.O`qib,savollarga javob yozib kelish va mavzuga mos rasm chizish.

Sana

19-20: Yurt tinchligi uchun barchamiz ma’sulmiz .

Maqsad:

Ta’limiy: O`quvchilarga ma`sullik nima ekanligi haqida tushuntirish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarni tinchlikni qadriga yetish ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:O'quvchilarning og`zaki nutqini rivojlantirish,

TK-1: Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to‘g‘ri qo‘ya olish va unga javob bera oladi;



TK-2: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

axborot manbalaridan (televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana oladi



FK-2:Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi:

-yon-atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldor bo‘la oladi;

-hushyorlik va ogohlikni kundalik amaliy harakatiga aylantira oladi;

-ma’naviy tahdidlarni anglaydi va ularga munosabat bildira oladi;


O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

Davomiyligi

2

6

20

5

5

5

2

I. Darsni tashkil qilish.

1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.



II. Uy vazifani tekshirish: Savol-javob asosida

III. Yangi mavzu bayoni.

Tinchlik — bebaho ne'mat. Tinchlik bor joyda rivojlanish, o’sish bo’ladi. Bizning farovon hayotimiz, baxtli bolaligimiz, zamonaviy maktablarda ilm olishimiz, o’zimiz qiziqqan sport turlari bilan shug'ullanishimiz tinchlik tufaylidir. O’zbek xalqi tinchliksevar xalq. Chunki xalqimiz tinchlikning nechog'li qadrli ekanini yaxshi biladi.

Ota-bobolarimiz «Yurting tinch — sen tinch», deb bejiz aytishmagan. Urush dahshatini, azob-uqubatlarini bobo va omolarimizdan eshitganmiz, kinofilmlarda ko’rganmiz. Ikkinchi jahon urushi davrida navqiron yigitlar va ishga yaroqli erkaklar urushga ketgan. Dalalarda, zavod-fabrikalardagi og'ir mehnat qariyalar, ayollar va bolalar zimmasiga tushgan. Urushda millionlab insonlar qurbon bo’lgan.Bugungi kunda dunyoning ayrim mamlakatlarida bo’layotgan ko’ngilsiz voqealar har birimizni hushyorlikka undashi zarur. Notinch mamlakatlarda yashayotgan tengdoshlarimizning qorni nonga to’ymaydi, ust-boshi yupun, yashash uchun hatto boshpanasi ham yo’q. Ularning hayoti doimiy xavf ostida. Bolalar maktablarda bilim olish o’rniga qorin to’ydirish, jonini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Shunday voqealar osoyishta hayotimizning qadriga yetishimiz kerakligini eslatib turadi.

“O`z kindik qoni to`kilgan,ota – bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsadi – muddaolari aniq,g`urur va iftixori yuksak bo`ladi”

Darslikda berilgan “Oqil bobo nasihatlari”ustida ishlash.


Download 80,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish