Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi kasbiy qayta tayyorlash kursi 4-guruh tinglovchisi berdiyeva zilolaning


II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA PEDEGOGIK JARAYONNI REJALASHTIRISHNING AMALIY JIHATLARI



Download 64,09 Kb.
bet8/13
Sana06.06.2022
Hajmi64,09 Kb.
#641998
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Diplom ishi uchun namuna - для слияния

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA PEDEGOGIK JARAYONNI REJALASHTIRISHNING AMALIY JIHATLARI.
2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida dastur asosida ta’lim tarbiya ishlarini rejalashtirish
Maktabgacha ta’lim boʻyicha tayyorlangan barcha uslubiy ishlanma va qoʻllanmalar, amaliy taklif-tavsiyalar, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etiladi. Ular vazirlik tomonidan koʻrib chiqilib, tasdiqlangandan soʻng maktabgacha ta’lim muas­sasalariga tarqatiladi.
Metodik kabinet oʻz oldidagi vazifalarni hal etish­da materialning mazmun-mohiyatiga, belgilangan talablarga javob berishi, oʻtkazilayotgan tadbirlarda, xususan, seminarlarda yangi uslubiy ishlanmalar, adabiyotlar muhokamasiga alohida e’tibor berishi lozim.
Uslubiy-pedagogik yigʻilishlar asosan ilk yosh guruhlari tarbiyachilari uchun oʻtkaziladi. Ularda, asosan, bolalarning jismoniy-fiziologik ruhiy va aqliy rivojlanishi masalalari muhokama qilinadi. Bunday yigʻilishlar 1 yoshdan 2 yoshgacha guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3 yoshgacha guruhlarda har chorakda 1 marta oʻtkaziladi. Yigʻilishlarda mudira, uslubchi va tarbiyachilardan tashqari, shifokor, katta hamshira ham ishtirok etadi.
Metodik birlashma faoliyati uslubchi tomonidan na­zorat etiladi.
Mamlakatimiz hududidagi barcha xalq ta’limi muas­sasalari faoliyatini uslubiy ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi tizimida maktabgacha ta’lim yoʻnalishi boʻyicha metodika uyushmalari faoliyat yuritadi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida oʻrin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganideq tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bogʻliq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tani- shish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor boʻlib turishni ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, tekshi­ruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalari soni va nomi koʻrsatiladi.
Tuman maktabgacha ta’lim me­todikasi kabinetining asosiy vazifasi — pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilgʻor pedagogik tajribalarni oʻrganish, umum­lashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat.
Bu oʻrinda tuman Xalq ta’limi boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilgʻor pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashgʻulotlari, ma’ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati­ni rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim xodimlarining ishlash malakalarini oshirish shakllaridan biri bu seminarlardir.
Seminarlarda maktabgacha ta’lim muassasalari fao­liyatiga doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari belgilab olinadi. Seminar mavzulari viloyat, shahar, tuman Xalq ta’limi boshqarmalari (boʻlim­lari) tomonidan belgilanadi.
Seminar uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazi­falari, mavzular tematikasi aniqlanadi va bibliogra­fiya tuziladi.
Ma’ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsimlab beriladi, har bir ma’ruzachi belgilangan mavzusi boʻyicha oʻz tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy ji­hatdan asoslab berishga harakat qilishi zarur.
Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tan­lash mumkin:

  • mudiraning uslubiy-tarbiyaviy ishlarga raxbarligi;

  • yin faoliyatiga raxbarligi.

Musiqa raxbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni qoʻshiq san’atiga qiziqtirish, yoshiga mos qoʻshiqlarni kuylashga oʻrgatish kabi mavzularda seminarlar tash­kil etilishi mumkin.
Seminarlarning asosiy maqsadi — alohida metodika boʻyicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya boʻyicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ular­ning hal qilish usul va uslublarini belgilashdir.
Seminar oʻquv mashgʻulotlar rejasi bir yilga moʻljallangan boʻlib, viloyat va respublika miqyosida 5-12 kunga bittadan ajralgan, shahar va tuman seminarlari esa har oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi.
Seminarlar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim muassasalarida ish sifatini yaxshilash maqsadida tegishli ilmiy tekshirish institutlari tomonidan ish­lab chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida seminar mashgʻulotlari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tasdiqlanadi hamda muassasaning yillik rejasiga kiritiladi. Shu asosda barcha uslubchi-tarbiyachilarning faol ishtirokida seminar mashgʻulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi.
Seminar mashgʻulotlari muassasa faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar muhokamasiga bagishlanishi, rejada bir xil mavzularning koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik zarur. Aks holda, bu seminar qatnashchilarining qiziqishi va faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tash­qari, mashgʻulot sof nazariy tus olmasligi, muhokama etilayotgan mavzu (masala) amaliyot bilan uzviy bogʻlik holda bayon etilishi kerak.
Seminar mavzulari taxminan quyidagicha boʻlishi mumkin:

  • yasli va bogʻcha yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni pediatr shifokor yoki psixolog olib boradi);

  • turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish usullari;

  • maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari;

  • tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining oʻziga xos jihatlari va hokazo.


Download 64,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish