Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi kasbiy qayta tayyorlash kursi 4-guruh tinglovchisi berdiyeva zilolaning



Download 64,09 Kb.
bet5/13
Sana06.06.2022
Hajmi64,09 Kb.
#641998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Diplom ishi uchun namuna - для слияния

demokratik-xalqparvarlik asosida boshqaruv. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalq ta’limi tizimiga doir qonun xujjatlari asosida ishlarni tash­kil etish;

  • yakkaboshchilik tamoyili — ma’lum maqsadga qaratilgan ish usuli boʻlib, maktabgacha ta’lim muassasalari yillik ish rejasini toʻlik bajarishga karatiladi;

  • hamkorlik tamoyili — barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi;

  • aniqlik tamoyili — pedagogik metodik va xoʻjalik ishlarini ma’lum maqsadga qaratilgan holda aniq puxta tashkil etish va bajarilishini tahlil qilish;

  • xoʻjalikni boshqarish tamoyili — ish yuritishni toʻgʻri tashkil qilish asosida smetadagi mablagʻlarni toʻgʻri taqsimlash, uning bandlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;

  • tanqid va oʻz-oʻzini tanqid — rahbar va har bir xodimning oʻz ishiga nisbatan talabchanlik bilan yondashish, mexnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy munosabat;

  • farqlash tamoyili — ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilgʻor ish tajribalarni koʻra olish;

  • yangilikni his qila olish tamoyili — oʻz ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim soxasidagi oʻzgarish va yangiliklardan xabardor boʻlish, zamonaviy axborot-kom- munikatsiya va ilgʻor pedagogika texnologiyalarni oʻzlashtirish va ish faoliyatida qoʻllay olish.

    Maktabgacha ta’limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish sohasining metodologik asosini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktabgacha ta’lim toʻgʻrisida»gi konsepsiya va nizomda koʻrsatib be­rilgan maqsad va vazifalar tashkil etadi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda oʻz faoliyatiga taalluqli masalalar yoʻzasidan, qonunchilikka va pedagogik tamoyillarga zid boʻlmagan har qanday Qarorlar qabul qilishga haqlidir.
    Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha boʻgʻin ta’lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya-xoʻjalik ishlarini toʻgʻri va oqilona yuritishni, ta’lim jarayonini tashkil etishda oʻquv yurtlarining mustaqil fa­oliyat koʻrsatishini ta’minlaydi.
    Ta’lim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkre­ditatsiya yakunlariga koʻra, ularga ta’lim sohasida faoli­yat yuritish huquqi beriladi.
    Muassis tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamgʻarmalar va homiylar vakillarini oʻz ichiga olgan vasiylik va koʻzatuv kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
    Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim ti­zimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlati- miz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur soxani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Jumladan, «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha ta’limga bagʻishlangani shundan dalolat beradi.
    Unga koʻra, maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi — bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan sogʻlom va etuk boʻlib voyaga etishini ta’minlash, ta’limning keyingi bosqichi — oʻrta maktabda oʻqishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uygʻotishdan iborat. Shuningdek, ushbu moddada, «maktab­gacha ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur negizlar asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsep- siyasiga tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini qayta koʻrib chiqish, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni milliy an’ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta’lim muas­sasalari, oila va ota-onalarning oʻzaro munosabatlarini uygʻunlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.


      1. Download 64,09 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish