Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya jarayonini rejalashtirishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Uzluksiz ta’lim — yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat koʻrsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
ta’limning ustuvorligi — mazkur sohani izchil va uzluksiz rivojlantirish, bilim, aql-zakovat va yuksak intellektning nufoʻzi ustuvor ahamiyatga ega ekani; ta’limning demokratlashuvi — ta’lim-tarbiya texnologiyalari, uslub va tamoyillarini belgilash va qoʻllashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimining joriy etilishi;
ta’limning insonparvarlashuvi — bola manfaatlari, Huquq va erkinliklarini
kafolatlash, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish va rivojlantirish, milliy va umum- bashariy qadriyatlar ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan oʻzaro munosabatlari uygʻunligini ta’minlash;
ta’limning ijtimoiylashuvi — ta’lim oluvchilar dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirish, ularda erkin, mustaqil va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini qaror toptirish;
ta’limning milliylashuvi — ta’limning tariximiz, milliy an’ana va urf-odatlar bilan oʻzviy bogʻliqligi, Oʻzbekistonda istiqomat qoʻyilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini saklab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning eng muhim omili sifatida e’tirof etish;
ta’lim-tarbiyaning oʻzviy borligi — bu jarayonning har tomonlama barkamol insonni shakllantirishga yoʻnaltirilgani;
iqtidorli yoshlarni aniqlash — yoshligidanoq har bir bolaning qobiliyati va qiziqishlarini e’tiborga olib, asta-sekin muayyan sohaga yoʻnaltirib borish, mukammal bilim olishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xoʻjaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi shu asosda iktisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chikadi. Unda maktabgacha ta’lim muassasasi yunalishi boʻyicha faoliyat natijalarini aks etti- ruvchi va bolalarning urtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bulib xizmat kiladigan nazorat rakamlari, kursat- kichlari, byudjet va tarmok moliya me’yorlari orkali muassasani saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablagʻlardan foydalanishda:
Mablagʻ bilan ta’minlashning byudjet va tarmoq me’yorlari;
ish haqi jamgʻarmasi daromadlarini taqsimlash me’yorlari;
ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish jamgʻarmasi me’yori;
valyuta ajratmalari jamgʻarmasi me’yorlari;
maktabgacha ta’lim muassasasi reja, moliya, mehnat intizomiga qat’iy rioya qilishga majburdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xoʻjaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar: qonunlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yoʻriqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi oʻz huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muxofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish, xalq deputatlari mahalliy kengashlari bilan kelishgan holda hal etishlari lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejasi hamda byudjet yoki tarmoq moliyaviy me’yorlari Xalq ta’limi, Sogʻliqni saqlash, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, boshqa respublika tashkilot va idoralari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy jihatdan asoslangan metodik tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini mablagʻ bilan ta’minlashda hisob birligi sifatidan oʻrtacha yillik hisobda bir bola olinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi oʻz huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muxofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish borasidagi rejalarini xalq deputatlari mahalliy kengashlari oʻzaro kelishgan holda hal etishlari lozim.
Rejalashtirishning asosiy bosqich va turlari
Rejalashtirishda istiqbolli va joriy turlar farqlanadi.
Istiqbolli rejalashtirish bu — Xalq ta’limi vaziriligi, viloyat boshqarmalari, tuman va shahar moliya- iqtisod boʻlimlari tomonidan oʻzoq muddatga (5—10 yilga) moʻljallab tuziladigan rejalar tushuniladi.
Joriy rejalashtirish — har yili amalga oshiriladigan moliyaviy-xoʻjalik ishlari rejasidir.
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini birgalikda koʻrib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mahorat maktabi va ilgʻor tajriba minbaridir.
Uslubchi jamoani boshqarishda, avvalo, oʻzi shaxsiy namuna koʻrsatishi lozim. Umuman olganda, ba’zan adabiyotda «lider» soʻzini «yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari koʻp uchraydi. Oʻylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos boʻlgan psixologik xususiyatlarni toʻliq ifodalay olmaydi. «Yetakchi» soʻzi odatda guruhga munosabat sifatida, uning a’zolariga ta’sir oʻtkazuvchi va maq- sadga yetaklovchi shaxsga nisbatan qoʻllanadi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin lider- ga xos boʻlgan fazilatlarni ifodalovchi yana talay jihatlar ham borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etish mumkin emas. Bunday talqinda liderga xos boʻlgan asosiy jihatlardan yana biri — shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo boʻlgan qiyinchilikni bartaraf etishda tashabbuskorlik, topqirlik va mohirlik liderga xos xususiyatlardir. Muammoni yechish bilan bogʻliq keskin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan oʻzining ilgʻorligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, oʻzbek tilida aynan shu ikki ibora — «peshqadam» va «yetakchi» soʻzlari yaxlit tarzda lider mohiyatini toʻliq ifodalashi mumkin.
Nazarimizda, «yetakchi» soʻzi shaxsning guruhni yetaklashga, boshchilik qilishga boʻlgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi. «Peshqadam» iborasi esa ma’lum fazilatlarga ega boʻlgan shaxs ortidan guruhning ergashishini, jamoa ishongan odam borayotgan yoʻlni ixtiyoriy ravishda tanlashini anglatadi. Aynan shu holat «lider» iborasiga nisbatan ham qoʻllanishi zarur. Liderning bu xususiyati uning hissiy jozibadorligida, oʻzgalarni oʻziga jalb etish fazilatida namoyon boʻladi.
Shunday qilib, «lider» soʻzini faqat «yetakchi» atamasi bilan bir xillashtirish liderlik holatining psixologik jihatlari tor doirada talqin etilishiga sabab boʻladi. Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda qoʻllanma matnida «lider» soʻzidan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» soʻzi zamiridagi ma’noni anglab olish oʻzbek kitobxoni uchun qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |