Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

 
Tayanch iboralari 
Davlat innovatsion siyosati, Innovatsion mexanizm, 
qo‘shma innovatsion loyiha, Innovatsiyalarning tashkiliy 
mexanizmi, qonunlar, qarorlar, nizomlar, innovatsion ishlanmalar, 
potensial iste’molchi. 
Nazorat savollari 
1. Davlat innovatsion siyosati qanday bosqichlarni o‘z ichiga 
oladi? 
2. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini sanab o‘ting. 
3. Innovatsion faoliyatda davlat tomonidan xalqaro aloqalar 
tartibga solinadimi? 
4. Davlat tomonidan innovatsion jarayonni tartibga 
solishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullarini tavsiflang. 
5. Davlat tomonidan innovatsion jarayonlarga ta’sir etishning 
bilvosita usullari nimalar bilan tavsiflanadi? 
6. Innovatsion jarayonni boshqarish tizimini tavsiflang. 
7. Innovatsion jarayonni huquqiy tartibga solish nimani 
bildiradi? 
 
 
 


324 
14-Mavzu. Innovatsiyalarni rejalashtirish 
Reja 
1. Innovatsiyalarni rejalashtirish mohiyati va prinsiplari 
2. Innovatsion ishlar bo‘yicha tematik rejalar 
3. Innovatsion loyihalar portfelini shakllantirish 
Innovatsion loyihalarni boshqarish 
 
1. Innovatsiyalarni rejalashtirish mohiyati va prinsiplari 
Innovatsiyalarni 
rejalashtirish 
– yakuniy natijalarga 
(daromadni oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish, yangi 
bozorlarga chiqish), resurslarni taqsimlash va innovatsiyalarni 
rivojlantirish va tarqatishga qadar innovatsion muammolarni hal 
qilish muddatini aniqlashga qaratilgan maqsadlarni tanlash 
jarayonidir. 
Innovatsiyalarni 
rejalashtirishda 
ilmiy-texnik 
yo‘nalishlar, ilmiy-texnik muammolar, mavzu va kichik mavzular 
ajratiladi. 
Ilmiy-texnik 
yo‘nalish 
fundamental 
tadqiqotlarning 
yangiliklarni o‘zlashtirish va tarqatishgacha bo‘lgan barcha 
bosqich va davrlarni o‘z ichiga oladi. U fan va ishlab chiqarishning 
tegishli sohalari kuchi bilan ishlab chiqiladi. Ilmiy-texnik 
muammo – ilmiy-texnik tashkilotlar va bir sohadagi ishlab 
chiqarish korxonalari (firmalar, kompaniyalar) tomonidan hal 
qilinadigan 
vazifalarni 
o‘z ichiga oladigan ilmiy-texnik 
yo‘nalishning bir qismidir. Mavzu ilmiy-texnik muammoning bir 
qismi bo‘lib, bitta tashkilot miqyosida ishlab chiqiladi (bir yoki bir 
necha yillar davomida). Kichik mavzu – tashkilotning bir yoki bir 
necha bo‘linmalari miqyosida ishlab chiqiladigan ilmiy-texnik 
mavzu qismidir (ko‘pgina holatlarda bir yillik reja davomida). 
Innovatsiyalarni rejalashtirish bir qator tamoyillar asosida 
amalga oshiriladi. Yangilik kiritishni rejalashtirishning istiqbolli 
xarakterini ta’minlash muhim tamoyillardan. Ushbu tamoyilga 
rejalashtirish tizimi bashoratlarga asoslanib, istiqbolli, o‘rta 
muddatli va yillik rejalarni o‘z ichiga olgan sharoitda rioya etiladi. 
Ushbu tamoyilga rioya etish yirik ilmiy-texnik muammolar va 
innovatsion loyihalar ishlab chiqishda, yakuniy natijalar ko‘pincha 


325 
sohalar ichra va sohalararo aloqalar murakkab va o‘zaro bog‘liq 
bo‘lganda ayniqsa muhimdir. 
Yangilik kiritishni rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili 
rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlarning axborotlarning doimiy 
yangilanishi (buyurtmachilar talablari, bozor sharoitlari va h.k. lar 
o‘zgarishi) asosida innovatsion jarayonning har bir keyingi 
bosqichida doimiy aniqlashtirishdan iborat. Rejalashtirishning 
komplekslik 
tamoyili 
innovatsion 
va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rejalashtirish birligini ta’minlash, innovatsion ishlanmalarni amaliy 
qo‘llashning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va axborot oqibatlarini 
aniqlash, shuningdek, barcha turdagi xarajatlar va samara hisob-
kitobini va o‘zaro bog‘liqligini taqozo etadi. Komplekslik 
tamoyiliga 
rioya 
etish 
innovatsion 
rivojlanishning 
rejalashtirilayotgan parametrlarini tanlashda ham zarur. 
Innovatsiyalarni rejalashtirishning umumiy jarayoni quyidagi 
bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
1) 
Korxona, 
kompaniya 
yoki 
sohaosti 
rivojlanishi 
templarining tanlangan strategiyadan kelib chiqqan holda 
baholash; 
2) Yangilik kiritishda istiqbolli ehtiyojni, texnologik 
jarayonlar va uskunalar modernizatsiyasini takomillashtirish 
zaruriyatini aniqlash; 
3) ilmiy-texnik ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash; 
4) 
ilmiy-texnik 
(innovatsion) 
ishlanmalar 
hajmini 
tashkilotning mavjud resurslari va ilmiy salohiyati bilan 
solishtirish; 
5) mavzu (loyiha)larni tanlash, ularni muhimligiga ko‘ra 
ajratish va bajarilish tartibini kuch va mablag‘larning birinchi 
navbatda innovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida 
jamlanishi zaruriyatini va bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
belgilash; 
6) yangilik kiritishning keng istiqbolli rejasini mavzu 
(dastur)larni mehnat, moliyaviy va moddiy resurslar bilan 
ta’minlanganlikni asoslash bilan birga tuzish; 
7) yillik mavzu rejani tuzish; 


326 
8) mavzuni rejalashtirish. 
Ishlarning ushbu kompleksida eng muhimi - innovatsion 
(ilmiy-texnik) ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojni belgilashdir. 
Innovatsion ishlanmalarga istiqbolli ehtiyojni to‘g‘ri belgilashdan 
ko‘p jihatdan buyurtmalar portfelining asosliligi, yangilik 
kiritishning (uzoq muddatli va yillik) rejalari samaradorligi, 
korxonalar 
rivojlanishining 
ko‘zda tutiladigan templarini 
ta’minlash imkoniyati, yakuniy strategik maqsadlarga erishish 
bog‘liq. Chunki ilmiy-texnik ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyoj, uning 
shakllanishi tamoyillari va tarkibiy elementlari bog‘liq bo‘lgan 
asosiy omillarni aniqlash muhimdir. 
Ishlab chiqarish ehtiyoji va ilmiy-texnik (innovatsion) 
ishlanmalarga 
bo‘lgan umumiy ehtiyoj mavjud. Ishlab 
chiqarishning innovatsion ishlanmalarga ehtiyoji deganda tashkilot 
faoliyatining ko‘zda tutilgan yakuniy natijalarga erishish uchun 
rejadagi muddatda lozim bo‘lgan ilmiy-tadqiqot, tajribaviy-
konstruktorlik, loyihaviy-texnologik ishlar majmui tushuniladi. 
Ishlab chiqarishning innovatsion ishlanmalarga ehtiyoji asosan 
bozor sharoitlari bilan belgilanadi. Innovatsion ishlanmalarga 
bo‘lgan umumiy ehtiyoj bozor sharoitlari, iste’molchilar 
buyurtmalari va tajriba, hamda boshqa omillar ta’sirida 
shakllanadi. Keyingilariga quyidagi omillar kiradi: 

fan va texnika rivojlanishining ichki mantiqi, ilmiy jarayon 
xususiyatlari; 

ilmiy-texnik xodimlarning shaxsiy sabablari (odamlarning 
o‘z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga, ijtimoiy tan 
olinishlari uchun o‘z imkoniyatlari va salohiyatini ko‘rsatishga 
bo‘lgan intilishlari) va h.k. 
Innovatsion 
ishlanmalarga 
bo‘lgan aniq ehtiyojlarni 
rejalashtirish va hisob-kitob qilish uchun umumiy ehtiyojning 
miqdori shakllanishiga ta’sir etadigan omillarni batafsil tasniflash 
lozim. Bunda iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnik, ijtimoiy, ekologik, 
vaqt omillari, shuningdek, xalqaro ilimy-texnik hamkorlik omillari 
hisobga olinadi. 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish