327
2. Innovatsion ishlar bo‘yicha tematik rejalar
Innovatsiyalarni
rejalashtirish
jarayonida
ilmiy-texnik
ishlanmalarga bo‘lgan aniqlangan ehtiyojni yillar bo‘yicha
shunday taqsimlash kerakki, rejadagi davr oxiriga borib strategik
rivojlanishning
yakuniy
maqsadlari
erishilsin.
Tashkilot
innovatsion ishlarining batafsil istiqbolli tematik rejasi tuziladi.
Uning asosiy vazifalari: innovatsion ishlar nomenklaturasi va
hajmini butun rejalashtirilgan davrga asosli belgilash; ushbu
ishlarni (mehnat, moliyaviy, moddiy) resurslar bilan bog‘lash;
ishlar
bajarilishi
va
amalga
oshirilishi,
ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlik nazorati; ishlarning vaqt va mazmuniga ko‘ra zaruriy
tartibga solinishi. Innovatsiyalarning istiqbolli tematik rejasida
mavzularning aniq ro‘yxati, ularning boshlanishi va tugallanishi
muddatlari, istiqbolli davr yillari bo‘yicha barcha mavzular
xarajatlari hajmi, hamda bajarishga mo‘ljallangan ishlarning
kutilgan samaradorligi belgilanadi. Bunda mavzular bo‘yicha
xarajatlar smetasini to‘g‘ri hisoblab chiqish muhimdir, chunki
smeta qiymati rejasi mehnat, innovatsion ishlarni moliyalashtirish,
material va yarim tayyor mahsulotlarda ehtiyoj bo‘yicha rejalar
bilan bog‘lanadi (shu jumladan, ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha
reja bilan).
Korxona (kompaniya, firma) va tashkilotlarda innovatsion
ishlar istiqbolli rejalari bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi. Asosiy
bosqichlarga quyidagilar kiradi:
1) korxonaning ilmiy-texnik kengashida reja loyihasining
asosiy mavzu yo‘nalishlarining uning omillari va shakllanish
manbalarini, alohida davrlarda uning bajarilishi imkoniyatlari va
optimal resurs ta’minotini hisobga olgan holda dastlabki
muhokamasi;
2) korxona va kompaniyalarning ilmiy-texnik bo‘linmalarida
bajarilishga mo‘ljallangan ishlarning, ularni mavjud resurslardan
kelib chiqqan holda bajarish imkoniyatlarini tahlil qilish va
muhokama etish;
3) alohida ishlar va loyihalar mazmunining konkretizatsiyasi,
ularning asosiy bosqichlari va bajarilish muddatlarini belgilash;
328
4) tegishli bo‘linma tomonidan innovatsion ishlarning xulosa
rejasining tuzilishi va uni korxona yoki tashkilotning ilmiy-texnik
kengashida ko‘rib chiqish;
5) reja loyihasining oxirgi variantini buyurtmachilar,
investorlar va hamkorlar bilan muvofiqlashtirish.
Yangilik kiritish bo‘yicha ishlar tematikasini rejalashtirish va
shakllantirish umumiy jarayonida yillik mavzu rejasining
ahamiyati
kattadir.
Yillik
mavzu
rejalar
istiqbolli
reja
pozitsiyalarining konkretlashtirilishi va detallashtirilishini nazarda
tutadi. Innovatsion ishlar tematikasining shakllanish jarayoni
murakkab va uzluksizdir, bu holat bozorning yangi ehtiyojlarining
paydo bo‘lishi, noyob ilmiy-texnik g‘oyalarning vujudga kelishi va
yangilik yaratishning an’anaviy tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish
yoki aniqlashtirishni talab etadigan qiziqarli ilmiy xulosalarni olish
bilan tushuntiriladi.
Shu munosabat bilan yillik mavzu rejalarga haqiqiy bozor va
ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqadigan ba’zi yangi mavzu (loyiha)
lar kiritilishi mumkin. Ushbu loyiha (mavzu) lar yillik mavzu
rejalariga faqatgina istiqbolliligini va dolzarbligini yo‘qotgan
mavzularni almashtirish yo‘li bilan yoki innovatsion ishlanmalarga
ehtiyojni belgilashda nazarda tutilgan rezervlar hisobidan kiritilishi
mumkin. Bunda yillik mavzu reja tuzilmasining rejaga qo‘yilgan
talablar (mavzu-loyihalarning dolzarbliligi, istiqbolliligi va
samaradorligi) va cheklovlar (moliyaviy, mehnat resurslari, tajriba-
eksperimental baza mavjudligi va h.k.) ni hisobga olgan holdagi
optimizatsiyasi amalga oshiriladi. Mavzular bo‘yicha takliflar
oqimi ko‘p holatlarda korxona (firma) va innovatsion tashkilotlar
ilmiy-texnik bo‘linmalarining o‘tkazish qobiliyatidan oshganini
hisobga olganda, bu g‘oyat muhimdir.
Innovatsion ishlar yillik mavzu rejasi tuzilmasining
optimizatsiyasidagi birinchi qadam – ishlarni guruhlash va har bir
mavzu ratsionalizatsiyasidir. Yillik mavzu rejaga kiritilgan ishlarni
yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
yangi turdagi mahsulot (mahsulot yangilik) larni yaratish,
o‘zlashtirish va realizatsiya qilish;
329
butkul yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va
tadbiq etish, hamda mavjudlarini takomillashtirish;
ishlab
chiqariladigan
mahsulotlarni,
mexanizatsiya
vositalarini va ishlab chiqarish avtomatizatsiyasini modifikatsiya
(modernizatsiya) qilish;
yangi materiallar yaratish va ularning an’anaviy turlarining
fizik-kimyoviy va mexanik xossalarini yaxshilash;
prinsipial yangi
konstruktiv
yechimlardan, material
(masalan, polimer, metallokeramik va b.) yaratishning yangi
usullaridan foydalanish imkoniyatlarini topish.
Izlanish innovatsion ishlarni tanlashda muammo qo‘yishdagi
va uni yechish usullaridagi o‘ziga xoslik bilan ajralib turadigan va
tajribalarni
rejalashtirish,
zamonaviy
iqtisodiy-matematik
metodlar, axborot va kompyuter texnologiyalarga asoslangan
mavzular afzal ko‘riladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, yirik korxona
(birlashma) va kompaniyalarda ilmiy modelning
barqaror
darajasini yaratish maqsadida izlanish ishlarining solishtirma hajmi
10-12% dan kam bo‘lmasligi lozim.
Yillik mavzu reja tuzilmasining optimizatsiyasidagi keyingi
qadam – bu loyiha (mavzu) larning dolzarbliligi, yangiligi va
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini tasdiqlashdir, bu esa mavzularni
kompleksli texnik-iqtisodiy asoslash bilan amalga oshiriladi.
Innovatsion loyiha (mavzu) larning texnik-iqtisodiy asoslanishi
quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
ishlanma ob’ektlarining yangiligi va istiqbolliligi darajasini
baholash;
ko‘zda tutilgan ishlarni amalga oshirish jarayonida yakuniy
strategik maqsadlarga erishish imkoniyatlarini tahlil etish;
innovatsion ishlanmalar natijalarini bozorda realizatsiya
qilish imkoniyatlarini (marketing tadqiqotlar asosida) topish;
ayrim ilmiy-texnik ishlanmalarning patent layoqatliligini
aniqlashtirish va patent tozaligini tasdiqlash;
ishlab chiqiladigan yangiliklarni kelajakda sanoat ishlab
chiqarishi prinsipial texnologiyasi (mashina, stanok, uskuna,
material va hokazolar) tanlovini asoslab berish;
330
yangiliklarni keng (seriyali) ishlab chiqarish sharoitida
mexanizatsiya va avtomatizatsiya, texnologiklik, xavfsizlik va
ekologiklik darajasini baholash;
innovatsion ishlarni o‘tkazishga ketadigan xarajatlar
umumiy hajmi (moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda) va
ularni bajarish muddatlari;
kutilayotgan (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, informatsion)
samaradorlik.
Bunda texnik-iqtisodiy asoslashning har bir bo‘limi bo‘yicha
alohida masalalarning ko‘p variantli ishlab chiqilishi amalga
oshiriladi, bu esa rejaning optimal variantini ishlab chiqishga
ma’lum sharoitlarni ta’minlaydi.
Korxona
(kompaniya)
va
ilmiy-texnik
tashkilotlar
innovatsion ishlarining yillik mavzu rejasi o‘z ichiga quyidagilarni
oladi:
1) istiqbolli reja tomonidan belgilanadigan mavzular;
2) oldingi davr rejasidan ularni ishlab chiqish uchun texnik
tayyorgarlikni ko‘rsatgan holda rejalashtirilayotgan yil boshiga
o‘tadigan mavzular;
3)
hukumat va yuqori
tashkilotlar
qarorlari
bilan
belgilanadigan yangi buyurtmalar;
4) mavzu reja tuzilishidan oldin kiritilishi maqsadga muvofiq
ekanligi isbotlangan va ma’qullangan ishlarning bir qismi
korxonalar va tashabbusli mavzular buyurtmalari bo‘yicha.
Innovatsion ishlar yillik mavzu rejasining muhim tarkibiy
qismi – ularning natijalarini realizatsiya qilish rejasidir. Bunda
ishlanmalar natijalarini qisqa muddatda realizatsiya qilish
imkoniyatlarini, tarqalish tezligini va ularni qo‘llash ko‘lamlarini
hisobga olish lozim. Innovatsion ishlar yillik mavzu rejasiga
tushuntirish xati ilova qilinadi.
Innovatsion ishlarni rejalashtirishdagi yakuniy bosqich –
mavzuni rejalashtirishdir. Innovatsion ishlar mavzusi – bu
moliyalashtirishning, tannarx kalkulyasiyasining asosiy reja-hisob
birligi va asosiy ob’ekti. Har bir mavzu bo‘yicha ishlarning
bajarilishi asosan byurtmachi talablari va dastlabki ilmiy-axborot,
331
texnik-ishlab chiqarish ma’lumotlari asosida ishlab chiqiladigan
texnik topshiriqni tuzish va muvofiqlashtirishdan boshlanadi. U o‘z
ichiga: mavzu nomi, texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ekologik
talablar, mavjud ilmiy model; xarajatlar va bajarilish muddatlari;
kutiladigan natijalar va ularni qo‘llash sohasi; ijrochilar ro‘yxati va
hokazolarni o‘z ichiga oladi. Ishlar bosqich va davrlari va ularning
mazmuni ham texnik topshiriq bilan belgilanadi va ilmiy-tadqiqot
va tajribaviy-konstruktorlik ishlarning namunaviy bosqich va
davrlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi. Har bir mavzu
bo‘yicha ishlar tarkibiga ilmiy-texnik va informatsion hujjatlarni
rasmiylashtirish kiritilishi lozim, ularga patent, formulalar, stend
va poligon sinovlar materiallari, texnik darajadagi xaritalar,
ixtirolar uchun talabnomalar kiradi. Ishlar tarkibi va o‘zaro
bog‘liqliklarni to‘g‘ri aniqlash, ijrochilar faoliyatini koordinatsiya
qilish,
shuningdek,
alohida
turdagi
ishlarning
bajarilish
muddatlarini aniqroq belgilash va har bir mavzuni amaliy nazorat
qilish maqsadida tarmoqli jadval tuzish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |