Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

bevosita usullari
ikki shaklda amalga oshiriladi: ma’muriy–idoraviy va dasturiy–
maqsadli. 
ma’muriy–idoraviy 
shakli 
tug‘ri 
dotatsiya 
moliyalashtirish ko’rinishida namoyon bo‘lib, u innovatsiyalarga 
bevosita yordam kursatish maqsadida qabul qilinadigan maxsus 
qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni davlat 
tartiblashtirishning 
dasturiy–maqsadli 
shakli 
oxirgisini 
yangiliklarni, qo’llab quvvatlash davlat maqsadli dasturini amalga 
oshirish orqali shartnomali moliyalashtirishni, shu jumladan
kichik ilmtalab firmalarni, talab etadi. AQSHda dasturiy–maqsadli 
yondashuv 
hozirgi 
vaqtda 
davlat ilmiy–texnik 
siyosatini 
o’tkazishning muhim shakli va davlat moliyalashtirishning, eng 
avvalo xarbiy–kosik Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash 
ishlarini, asosiy usuli sifatida qo’llaniladi. Davlatni innovatsion 
biznesga ta’sirining bevosita choralari tizimida asosiy o’rinni 
Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari soxasida sanoat 
uyushmalar kooperatsiyalarini va sanoatlashgan universitetlar 
kooperatsiyalarini kuchaytiradigan tadbirlar egallaydi. 
Sanoat 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
davlat 
ta’sirining 
bilvosita usullariga
soliq qonunchiligining liberallashishi, xususan 
soliq chegirmalarining qo’llanilishi kiradi. Sanoat rivojlangan va 
yangi 
industrial 
mamlakatlarda 
innovatsion 
faoliyatni 
kuchaytiradigan soliq chegirmalarning quyidagi turlari qo’llaniladi: 

Innovatsion xarajatlarning o’sishiga soliqlarni kamaytirish; 

Innovatsion loyixalarni amalga oshirishda olingan foydaga 
bir necha yil mobaynida “soliq ta’tillari”; 

Ilmiy-tadqiqot 
va 
eksperimental 
loyihalash 
ishlari 
buyurtmasi va birgaligida bajarilganlikka yo‘naltirilgan foydaga 
soliq miqdorining kamayishi; 

Intelektual 
shaxsiylik 
tarkibiga 
kiruvchi 
patentlar, 
litsenziyalar, nou–xau va boshqa nomoddiy aktivlarni qo’llash 
natijasida olingan foydaga chegirmali soliq to’lovi; 


363 

Ilmiy tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalariga 
beriladigan uskunalar va jixozlarning qiymat summasiga soliq 
tulovinig kamayishi; 

Tadqiqodiy va investitsion soliq kreditlarini taqdim etish, 
ya’ni innovatsion maqsadlarda qilingan xarajatlar qismi foydasidan 
soliq to’lovini olib tashlash; 

Innovatsiyani moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
faoliyatning xayriya fondiga kirimlar foydasining soliq to’lovidan 
ushlab qolish. 
Innovatsion siyosat soxasida ta’sirlarning bilvosita usullariga 
qonunchilik dalolatnomalari ham kiradi. Ular turli xildir va 
innovatsion siyosatga ta’sirning ko’p sohalariga tegishli. Masalan, 
AQSHda 200 yilga yaqin amal qilib kelayotgan patent huquqi 
ixtirochilarni ularning ixtirolariga, ya’ni intellektual mulkiga 
huquqini belgilab beradi, bu esa muallifni innovatsion qarorlariga 
monopoliyasini talab etadi. Ushbu vaziyat ixtirochiga, yer egasi 
kabi, “innovatsion renta”, ya’ni uning ixtirosidan foydalanganlik 
uchun haq olishga imkon beradi. Bunday vaziyat oxir oqibatda 
mamlakatda ilmiy–innovatsion ishlarning faolligiga yaxshi ta’sir 
ko’rsatadi. 
Innovatsion faoliyat imkoniyatlarining shakli va usullari 
xilma xil bo‘lsada davlat organlari tomonlaridan barcha sanoat 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
innovatsion 
siyosatni 
davlat 
nazoratining o‘ziga xos tarkibiy qismi sifatida ko’rsatishga imkon 
beradigan qandaydir umumiylik mavjud. Masalan, davlat iqtisodiy 
siyosatning barcha yo‘nalishlari bilan innovatsion siyosat bo‘yicha 
kelishuvlik mavjud; bu tanlangan iqtisodiy kursga mos keladigan 
davlat ta’sirining yagona iqtisodiy uskunasini qo’llashda namoyon 
bo‘ladi. 
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda innovatsion mexanizm 
bo‘yicha boshqaruv va tashkiliy jihatlar muhim o’rinni egallaydi. 
Ularning ko’plarida ko’p pog‘onali boshqaruv amalga oshiriladi va 
innovatsion munosabatlarning turli xil tashkiliy shakllari 
qo’llaniladi. 


364 
AQSHda innovatsion jarayonlarni boshqarish tizimi uch 
bosqichdan iborat: yuqori davlat, o’rta davlat yoki idoraviy 
(sektorli) va past davlat yoki institutsional. Yuqori davlat 
bosqichida: 

Fan va texnika rivojlanish strategiyasi belgilanadi; 

Innovatsion ustuvorlikning tanlovi va shakllanishi bo‘yicha 
qarorlar qabul qilinadi; 

Innovatsion ishlanmalar dasturlarining bajarilishi bo‘yicha 
moliyalashtirish va nazorat amalga oshiriladi; 

Innovatsion jarayonlarni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilik 
choralari ko’riladi; 

Idoralar o‘rtasidagi majburiyatlar taqsimlanada. Yuqori 
davlat bosqichi AQSH Kongressi va prezidenti tomonidan taqdim 
etilgan bo‘lib, ular davlat ilmiy–texnik siyosatining umumiy 
strategik yo‘nalishlarini belgilashadi va muhokama qilishadi, uning 
maqsadlarini shakllantiradi, milliy ustunlikni o’rnatishadi va 
tasdiqlashadi. Ushbu ustuvorliklar doirasida davlat idoralari 
tadqiqotlarining aniq yo‘nalishlarini, laboratoriyalar qatorida 
ularning ijrochilarini, bo’ysunuvchi idoralar, universitetlar yoki 
xususiy firma laboratoriyalarini tanlashda keng erkinlikka ega 
bo‘lishadi. 
O‘rta davlat yoki idoraviy bosqichda tadqiqot tarmoqlari va 
turlari bo‘yicha innovatsion jarayonlarning qo’llanmalari, uzoq 
muddatli innovatsion dasturlarning shakllanishi, tanlov asosida 
ijrochilar tanlovi, hukumat nomidan shartnomalar tuzulishi, 
bajarilishning tezkor nazorati va ichki idoraviy kooperatsiyalar 
amalga oshiriladi. AQSHda innovatsion faoliyatni davlat 
nazoratining organlari bu bosqichda mudofaa, energetika, sog‘liqni 
saqlash va qishloq xo‘jalik vazirligi, hamda Milliy kosmik 
agentligi (NASA), atrof muhitni muxofaza qilish bo‘yicha 
Agentliklar, fundamental tadqiqotlarni nazorat qiladigan Milliy 
ilmiy fond (MIF) hisoblanadi. Milliy ilmiy fond o‘zining nufuziga 
muvofiq davlatning ilmiy nufuzini o’sishida asos qo’shishga va 
fundamental 
izlanishlarni 
olib 
borishda 
usullarni 
takomillashtirishga chaqirilgan asosiy federal idora sifatida 


365 
chiqadi. MIF uchun qolgan vazirlik va idoralardan farqli ravishda 
asosiy vazifasi fundamental ilm fanni rivojlanishi hisoblanadi. 
Bundan tashqari, MIF ilmiy tadqiqot sohasini asosan fundamental 
izlanishlarni kuchaytirish, hamda ilmiy izlanishlarning yirik amaliy 
dasturlari va kadrlarni tayyorlash dasturlarini moliyalashtirish 
orqali nazorat qiladi. 
Pastki davlat yoki institutsional bosqichda bevosita davlat 
yoki umumiylashtirilgan (xususiy–davlat) laboratoriyalarida ilmiy 
izlanishlar olib boriladi va dasturlarning joriy, tezkor bajarilishi 
amalga oshiriladi. 
Davlat 
laboratoriyalari 
maxsus 
idoralar 
tomonidan 
moliyalashtiriladi va asosan ushbu idoralarga ishlashadi. 
Ta’kidlash joyizki, moliyalashtirishning barcha idoralar uchun 
yagona bo‘lgan tartibi mavjud emas; davlat boshqaruvining hech 
bir mavjud organi o’rta bosqichda bir va umrbotlikka o’rnatilgan 
vakolat va vazifalariga ega emas. 
Davlat buyurtmalarini bajaradigan tashkilotlar orasida asosiy 
o’rinni aralash federal moliyalashtiriladigan ilmiy markazlar 
(laboratoriyalar) va innovazion ishlanmalar egallashadi. Ular 
davlat byudjet rusurslaridan foydalanishadi, biroq universitetlar (22 
foiz) va xususiy uyushmalar (8 foiz) tomonidan boshqariladi. 
Asosiy ilmiy tashkilotlarga quyidagilar kiradi: universitet va 
kollejlar, davlat ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalar
buyurtma bo‘yicha ishlaydigan xususiy ilmiy tadqiqot institutlari, 
ilmiy markazlar, sanoat laboratoriyalari (ilmiy tadqiqot institutlari), 
daromadsiz uyushmalar, ilmiy ishlab chiqarish majmualari 
(vaqtinchalik), asosan yangi innovatsion loyixalarni birgalikda 
amalga oshirish uchun tadqiqot konsorsiumlari. 
Buyuk Britaniyada innovatsion faoliyatning boshqarilish 
tuzulmasi va tashkiliy shakli AQSHda faoliyat ko’rsatayotganiga 
deyarli o’xshash. Bunda farq faqat tashkiliy shaklning tuzulmasi va 
ba’zi 
ularning 
vazifalarida. 
Innovatsion 
jarayonlarni 
boshqarishning tashkiliy tuzulmasi quyidagi tarkibiy qismlardan 
iborat: universitet va politexnika institutlari, davlat ITI va 
laboratoriyalar (tarmoqli), tadqiqot uyushmalari, buyurtma 


366 
bo‘yicha ishlaydigan ilmiy tadqiqot institutlari, uyushma va 
firmalar ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalari. Agar AQSH 
uchun yirik innovatsion loyixalarni xususiy tashkilotlarning 
umumiy kuchlari bilan bajarishda daromadsiz uyushmalar va 
tadqiqot konsorsiumlari xos bo‘lsa, Buyuk Britaniyada esa 
tarmoqlar va mahsulot turlari bo‘yicha tadqiqotlik uyushmalari 
rivojlangan, masalan kulolchilik bo‘yicha Britaniya tadqiqotlik 
uyushmasi va ixtirolarni (yangiliklarni) samarali qo’llaydigan va 
alohida innovatsion loyihalarni bajaradigan yakka ixtirochilarga 
yordam ko’rsatadigan tadqiqotlarni rivojlantirishning Milliy 
korporatsiyasi.
Yaponiyada ilmiy – texnik siyosatini davlat boshqaruvining 
tashkiliy tuzulmasiga quyidagi vazirlik va idoralar kiradi: tashqi 
savdo va sanoat Vazirligi, fan va texnika Boshqarmasi, milliy 
mudofaa Boshqarmasi, ta’lim Vazirligi, moliya Vazirligi, fan 
ishlari bo‘yicha Kengash. 
Tashqi savdo va sanoat Vazirligi (TSSV) Yaponiyada ilmiy – 
texnika siyosatini ishlab chiqish va milliy innovatsion tizimni 
boshqarishda asosiy o’inni egallaydi. Uning asosiy vazifasi davlat 
ilmiy muassasalari va xususiy sanoat firmalari o’rtasida ilmiy 
tadqiqotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, hamda yapon sanoatini 
rivojlantirishda bo’lajakdagi yana ham istiqbol yo‘nalishlarni 
belgilash hisoblanadi. U ko’pgina bo‘linmalarga ega. Ushbu 
organlar ishlarida tadqiqot institutlarining taniqli olimlari, sanoat 
tashkilotlari va iste’mol uyushmalarining vakillari ishtirok etishadi. 
Ushbu vazirlikning boshqa vazifalariga quyidagilar kiradi: sanoat 
innovatsiyalariga ularning boshlang‘ich rivojlanish bosqichida 
moliyaviy ko’mak berish; fan va texnika bo‘yicha yangi ixtirolar 
va 
mahalliy 
universitetlar 
va 
ilmiy 
tadqiqot 
institutlari 
tadqiqotlarining natijalari haqida sanoat sektorlariga axborotlarni 
yig‘ish, o’rganib chiqish va yetkazish. 
Innovatsiyalarning aniq yo‘nalishlarining bajarilishini fan va 
texnika 
Boshqarmasi 
nazorat 
qiladi. 
TSSV 
qaramog‘ida 
litsenziyalarni eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi sanoat 
texnologiyalar uyushmasi mavjud. Davlat innovatsion siyosati 


367 
Yaponiyani letsenziyalarni import qilishdan eksport qilishga 
aylantirishga yo‘naltirilgan. 
Usul 
va 
choralarning 
majmuaviy 
tahlili, 
xamda 
innovatsiyalarning 
tashkiliy 
va boshqaruv jihatlari shuni 
ko’rsatdiki, AQSH innovatsion mexanizmni tashkil etuvchi 
majmuaviy tarkibiy qismlardagi qator boshqa mamlakatlarda 
davlat darajasida asosiy e’tibor uchta tarkibiy qismga qaratiladi – 
boshqaruvga, 
moliyalashtirish 
usullariga 
va 
innovatsion 
qonunchilikka, tashkiliy tarkibiy qism esa ikkinchi darajali sifatida 
ko’riladi. 
Vazirliklar 
(idoralar) 
darajasida 
innovatsion 
mexanizmning 
asosiy 
tarkibiy 
qismlari 
tashkiliy 
va 
moliyalashtirish 
tartibi 
hisoblanadi, 
innovatsion 
fondlarni 
shakllantirish va qo’llash esa – ikkilamchi. Intstitutsional darajada 
esa innovatsion samaradorligini baholash usuli, axloqiy–psixologik 
usul, axborot–texnik jihozlash choralari kabi tarkibiy qismlar 
asosiy ahamiyatga ega, tashkiliy va boshqaruv elementlari esa kam 
ahamiyatga ega. 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish