2. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni
tashkil etiishi
Oxirgi 20 yilda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, innovatsion
sohaning, ya’ni ilm fan, yangi texnologiyalar, ilmtalab
359
tarmoqlarning rivojlanish va o’sish darajasi barqaror iqtisodiy
o’sishning asosini ta’minlaydi. Ilmiy – texnik taraqqiyot ishlab
chiqarishning
hajmi
va
tuzulmasini
almashtiradi,
jahon
iqtisodiyotining holatiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatyapti. 1990–
yy.ilmiy – texnik o‘zgarishlarning o’sish sur’atlari, ilmtalab ishlab
chiqarish va xizmatlarning jadal rivojlanishi sanoat rivojlangan
mamlakatlarda iqtisodiy o’sishni tezlashishiga yangi turtki berdi.
Jahon xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni muhim iqtisodiy resurs
sifatida qo’llash asosida o’sishning yangi paradigmasi shakllanadi.
Bu milliy innovatsiya tizimi (MIT) konsepsiyasini ishlab
chiqqishni belgilab berdi, u innovatsion jarayonning alohida
tarkibiy qismlarini ishlash jarayoni institutsional omillarning
ma’lum to’plami orqali ta’minlanadigan murakkab tizimning
o‘zaro bog‘langan halqasi sifatida ko’rib chiqadi.
Milliy innovatsion tizim o‘zida innovatsion jarayonlarni
ta’minlaydigan va qattiq milliy negizga, an’anaga, siyosiy va
madaniy xususiyatlariga ega bo‘lgan huquqiy, moliyaviy, tashkiliy
va ijtimoiy tusdagi majmuaviy institutlarni namoyon etadi.
Innnovatsion tizim ushbu mamlakatgan maqbul bo‘lgan ko‘pgina
omillar ta’sirida shakllanadi, jumladan uning hajmlari, ta’biiy va
mehnat resurslarining mavjudligi, davlat institutlarining tarixiy
rivojlanish xususiyatlari va tadbirkorlik faoliyatning shakli
inobatga olinadi. Ushbu omillar innovatsion faollik evolyutsiyasi
yo‘nalishlari va tezligining uzoq muddatli determinanti
hisoblanadi. Bundan tashqari, xar bir MIT institutsional o‘zaro
aloqalarning etarli darajadagi barqarorligini talab etadigan ma’lum
tuzulma va qaysidir darajadagi tartibligi bilan ifodalanadi (bunda
har bir mamlakatda institutsional tarkibiy qismlarning milliy
qiyofasi paydo bo‘ladi). Milliy innovatsion tizimlarning modullari
yaratilgan bo‘lib, uning doirasida ularning milliy o‘ziga xosligi
shakllanadi. MITning bunday xususiyatlariga kam yoki ko‘p
qismda innovatsion vazifalarni bajarishda davlatning va shaxsiy
sektorning, yirik va kichik biznesning nisbiy ahamiyati,
fundamental va amaliy izlanishlar va ishlab chiqishlarning o‘zaro
360
munosabati, innovatsion faoliyatning rivojlanish dinamikasi va
tarmoqli tuzulmasining o’rni kiradi.
Milliy ilmiy tizimlar va ularning o‘ziga xosligining turli
tumanligiga qaramasdan asosiy sanoat rivojlangan mamlakatlar
uchun
innovatsiyalarini
boshqarishda
qator
tendensiyalar
kuzatiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Innovatsion
soxada
davlatning
nazorat
vazifalarini
kuchayishi;
Innovatsion
ishlab
chiqishlarning
maqsadli
yo‘nalishlarining
kuchayishi.
Hozirgi
vaqtda
davlatning
biotexnologiya, elektronika va telekommunikatsiya, atrof muhitni
muhofaza qilish kabi vazifalarni bajarishda innovatsiyalarni keng
qullashdagi harakatlari yaqqon namoyon bo‘layapti;
Yirik milliy, tarmoqlararo va global ilmiy–texnik
dasturlarni qo’llash;
Rivojlangan
innovatsiyalarning
uzoq
muddatli
dasturlanishiga asta sekin o’tish. Ko’p tashkilotlar uzoqmuddatli
istiqbolga (10 va undan ziyod yilga) mo‘ljallangan innovatsion
ishlab chiqarilgan dasturlarga ega bo‘lishni xohlashadi. Bu davlat
ilmiy–texnik dasturlari uchun ham xosdir;
Ko’pgina rivojlangan va yangi industrial mamlakatlarda
ilmiy izlanishlarning xorij moliyalashtirishning o’sib borayotgan
ulushida, hamda qulay sharoitli investitsion iqlimli hududlarda
innovatsion tashkilotlarni (bo‘linmalarni) yaratishda namoyon
bo‘ladigan innovatsion sohaning globallashuvi. Tadqiqotiy
tarmoqlar asosida globao innovatsion sohaning shakllanishi
izlanishlarning
nafaqat
mazmuni
va
nufuzini,
balki
korporatsiyaning tabiatini o‘zgartiradi, boshqarishning uslubi va
usullarini yangilaydi, yangi korporativ madaniyatning asosini
yaratadi.
Eng
yangi
tendensiya
innovatsion
faoliyatni
moliyalashtirishda davlatning to’g‘ridan to’g‘ri ishtirokining
kamayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, umumiy tendansiyalarga
ilm fanning, texnika va ishlab chiqarishning turli sohalarining
o’sishi va gorizontal aloqalar tizimining rivojlanishini kiritish
361
mumkin. “Tarmoq – tarmoq”, “tashkilot – tashkilot” va b. kabi
gorizontal aloqalar texnologiyalarni tarmoqlararo yetqazishni
ta’minlaydi. AQSH va boshqa mamlakatlar tajribasi shuni
ko’rsatadiki, gorizontal aloqalarni, ya’ni tashkilotlar tizimini
(maslahat firmalari, innovatsiyani singdirish bo‘yicha maxsus
tashkilotlar, iste’molchilarga xizmat kursatish) kengaytirish
doirasida ilm fan va ishlab chiqarish o’rtasida “uchinchi halqani”
yaratish tarmoqlararo ilmiy–texnik almashinishni ahamiyatli
darajada yengillashtirdi va innovatsiyalarni samarali singdirishga
asos soldi.
Ushbu tendensiyalar sanoat rivojlangan mamlakatlarda milliy
va
global
ilmiy–texnik,
innovatsion
strategiyalarning
uyg‘unlashganidan
dalolat
beradi.
Garchi
globalizatsiya
innovatsion
faoliyatning
ahamiyatli
qismini
ushbu
mamlakatlardan tashqariga chiqarsada, uning asoslari milliy bo‘lib
qolaveradi. Asosiy sabab yangiliklar jarayoni har bir davlatning
sharoitiga, ilmiy hamjamiyat va iste’molchilar bilan vujudga
kelgan
munosabatlar,
moliyaviy
imkoniyatlar
va
kadrlar
imkoniyatlariga bog‘liqligidan iborat. Bularning hammasi sanoat
rivojlangan davlatlarning har birida innovatsion jarayonlarni
amalga oshirish uchun qulay sharoitli iqlimni yaratishga
yo‘naltirilgan davlat innovatsion siyosatini ishlab chiqish va amal
qildirishga olib keladi.
Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirish innovatsion
faoliyatni boshqarishning maqbul shakli va usullarini qo’llashni
talab etadi. Zamonaviy sharoitlarda turli darajalarda innovatsion
boshqarishning
ko’pgina
shakllari
mavjud
(korporatsiya
bo‘linmalaridan tortib davlatgacha). Har qanday siyosat singari
innovatsion siyosat ham turli mamlakatlarda turlicha, garchi bir
maqsadga, ya’ni innovatsion faollikning tezlanishi va ilmiy texnik
imkoniyatlarning rivojlanishiga bo‘y sinishsada. Innovatsion
faollikni tezlashtirish maqsadida davlatning o‘zaro ta’sirining turli
usullarini qo’llanilib, ular bevosita va bilvositaga bo‘linishi
mumkin. Ularning o‘zaro munosabati mamlakatdagi iqtisodiy
362
vaziyatlar va shu sababdan qabul qilingan davlat tartibi
konsepsiyasi bilan belgilanadi.
Innovatsion jarayonning davlat tartibining
Do'stlaringiz bilan baham: |