Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 “Fan-innovatsiya-investitsiya- ishlab chiqarish” zanjiri



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

 
4. “Fan-innovatsiya-investitsiya- ishlab chiqarish” zanjiri 
va bu jarayonning xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning 
respublikamizda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari 
Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni taraqqiy ettirish 
bir qator o‘ziga xos yondoshuvlarni talab etadi. Bunda, ayniqsa, 
“fan-innovatsiya- investitsiya-ishlab chiqarish” zanjiri mazmun-
mohiyatini tahlil qilish va bu borada xorijiy davlatlar tajribasidan 
foydalanish juda ahamiyatlidir. Shunday ekan, “fan-innovatsiya-
investitsiya- ishlab chiqarish” zanjirining mazmun-mohiyatini 
ko‘rib chiqamiz.
1. Fan – yuqori malakali mutaxassis tayyorlovchi va ulardan 
foydalanuvchi ilg‘or-pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab 
chiqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi hamda kadrlar tayyorlashda 
ilmiy tadqiqotga asoslangan tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Innovatsiya – (inglizcha 
innovation
yangilik kiritish) 
bozorda sotilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, 
amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan 


371 
texnologik jarayon ko‘rinishida amalga oshirilgan innovatsion 
faoliyatning yakuniy natijasidir.
3. Investitsiya – cheklangan resurslar sharoitida iqtisodiy- 
ijtimoiy samara olish maqsadida milliy iqtisodiyotninng u yoki bu 
sohasiga kapital kiritish hisoblanadi. 
4. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, 
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan quyiladigan 
talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash 
tizimini moliya va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash jarayonining 
qatnashchisidir.
Respublikamizda ilm-fan zamonaviy va uzluksiz ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish o‘ta zarur hisoblanadi. Bu borada 
O‘zbekiston 
Resupblikasi 
Prezidenti 
SH.Mirziyoev 
aniq 
vazifalarni belgilab bergan jumladan, 

“... ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish zarur... shu sababli ta’lim sohasidagi davlat 
siyosati uzluksiz ta’lim prinsipiga asoslanishi...binobarin, inson 
kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha 
imkoniyatlarni safarbar etishimiz zarur.”; 

“... yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, 
rivojlanish shuncha tez va samarali bo‘ladi...oliy ta’lim 
muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-
pedagogik kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish – eng muhim 
masalalardan biridir. Har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq 
ilmiy-tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba ishlab 
chiqarish va innovatsion markazlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
Biz 
mamlakatimizda 
investitsiyalarni 
faqatgina 
iqtisodiyot 
tarmoqlariga emas, balki ilmiy ishlanmalar “nou-xau”lar sohasiga 
ham keng jalb qilishimiz kerak.”[3.3] 

“... mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor 
yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Har bir davlat ilm-
fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning 
uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor 
yo‘nalishlarini rivojlantirish tarafdorimiz.” 


372 

“...ilm-fan yutuqlarini elektron platformasini, mahalliy va 
xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy 
ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet-el universitetlari va 
ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.”[3.5] 
Shunday ekan, respublikamizda keng ko‘lamli islohotlarni 
yanada 
rivojlantirish 
uchun 
innovatsion 
iqtisodiyotning 
taraqqiyotini xorijiy davlatlar tajribasida chuqur o‘rganish 
maqsadga muvofiqdir. Bu borada bugungi kunda xalqaro 
miqyosida tez va innovatsion asosda fan va texnologiya 
yutuqlariga asoslanib rivojlanayotgan Xitoy davlati tajribasi 
ayniqsa, ahamiyatlidir. 
Davlatning innovatsion siyosatning keng joriy etishi Xitoy 
iqtisodiy o‘sishining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 
1978 yildan beri Xitoyda fan va texnologiyalarni rivojlantirish 
bo‘yicha bir nechta islohotlarning o‘tkazilishi oliy ta’lim 
tizimining tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. O‘ttiz yil davomida 
amalga oshirilgan islohotlar o‘rtacha 9foiz iqtisodiy o‘sishga 
erishishga zamin yaratdi. 2010 yilda Xitoyning yalpi ichki 
mahsuloti Yaponiyanikidan o‘zib ketdi va Xitoy dunyoning 
ikkinchi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. 2014 yilga kelib 
Xitoyning yalpi ichki mahsuloti o‘n trillion dollardan oshib ketdi, 
jahonda faqatgina AQSH bu natijaga erishgan. Ammo 2008 yildagi 
moliyaviy inqiroz Xitoyning ishlab chiqarishga asoslangan 
iqtisodiyoti o‘sishini sekinlashtirdi, chunki u rivojlangan davlatlar 
texnologiyalarini o‘zlashtirar edi. Inqirozdan keyin Xitoy 
rivojlangan davlatlardan qaramligini kamaytirish maqsadida o‘z 
mahalliy innovatsiyalar infratuzilmasini rivojlantira boshladi. 
Ya’ni 
mahalliy 
tadqiqot 
institutlari 
va 
universitetlarning 
raqobatdoshligini 
kuchaytirish 
bo‘yicha islohotlar o‘tkaza 
boshladi. 2017 yilda Xitoy global innovatsiyalar indeksi bahosi 
bo‘yicha dunyoda 22o‘rinni egalladi. Global innovatsiyalar 
indeksining bilim va texnologiyalar natijalari ko‘rsatkichi bo‘yicha 
2017 yilda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirish siyosati 1970 
yillarda boshlanib to‘rt bosqichda rivojlandi:


373 

tajriba bosqichi; 

tizimli islohotlar; 

chuqur islohotlar; 

uzoq muddatli rejalashtirish; 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish