Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


Chuqur islohotlar fazasi(1996-2006 yillar)



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

Chuqur islohotlar fazasi(1996-2006 yillar).
Besh yillik 
milliy byudjet rejasi va boshqa qator qarorlar fan va texnologiya 
sohasidi chuqur tizimli islohotlar fazasini boshlab berdi. Xitoyning 
asosiy strategiyasi “milliy iqtisodiyotni fan va ta’lim orqali 
yoshartirish” bo‘ldi. 1996 yilda hukumat “fan va texnologiyada 
bo‘ladigan ixtirolar va yangiliklar” to‘g‘risida qonun qabul qildi. 
Bu yangi siyosat uchta asosiy maqsadi: 

innovatsiyalarni yaratuvchi kuchni tadqiqot institutlaridan 
sanoat tarmoqlariga ko‘chirish; 

sanoat tarmoqlarining ilmiy ishlanmalarga investitsiyalarni 
sanoat tarmoqlarining innovatsion quvvatini kuchaytirish; 

ilmiy yangiliklarni tijoratlashtirishni yaxshilash; 
Shu davrda milliy innovatsion infratuzilmada to‘rtta muhim 
o‘zgarish yuz berdi. Jahon talablariga mos keluvchi Xitoy 
universitetlarin shakllantirish maqsadida “211 loyiha” dasturining 
davomi bo‘lgan “985 tashabbus” dasturi ishga tushirildi. Hukumat, 
shu bilan birga, Xitoy fanlar akademiyasida davlat institutlarida 
tadqiqot sifatini oshirish maqsadida “Bilim innovatsiya tashabbusi” 
dasturini ishlab chiqildi. Bundan tashqari davlat ilmiy tadqiqotlarni 
yanada qo‘llab quvvatlash maqsadida 973 dasturi va Yangzi 
daryosi olimlar dasturlarini ishlab chiqdi va shu orqali o‘qituvchi 
professorlarning ish haqini oshirish imkoniyati yaratildi. 
Uzoq muddatli rejalashtirish fazasi(2006-2014 yillar). 
2006 yilda Xitoy markaziy boshqaruv apparati 2006-2020 yillarga 
mo‘ljallangan “o‘rta va uzoq muddatli milliy rivojlanish rejasi” ni 
qabul qildi. 2006 yilgi Milliy Rejada fan va texnologiyalarni 
rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, mustaqil innovatsiyalarni 
yaratish, muhim texnologik sohalarini tez rivojlantirish, asosiy 
infratuzilmani barpo etish kabilar qayd etib o‘tilgan. Bu rejada 


375 
barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, innovatsiyalarni rivojlantirish 
strategiyalarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyat quvvatini 
oshirishlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shu davrda davlat endi olib 
borayotgan siyosati samaradorligini baholash va joriy etilishini 
boshqarishga katta e’tibor qaratdi. Oldin ishlab chiqilan qonunlar 
va qarorlarning joriy etilishida anchagina kamchiliklar bo‘lib, 
ularni yagona tushunarli tarzda tizimlashtirishni talab etardi. 2011 
yilda Xitoy hukumati qobiliyatli yoshlarni qo‘llab quvvatlash 
maqsadida “1000 ta iqtidorni ishga olish” dasturini ishga tushirdi. 
2016 yilda bu dastur orqali 2000ga yaqin o‘z sohalarida yetakchi 
bo‘lgan olimlar Xitoyga qaytib keldi. 2012 yilda Xitoy o‘z oldiga 
2020 yilgacha “eng innovatsion millat” bo‘lish maqsadini qo‘ydi. 
2012 yilning oxirida o‘tkazilgan Kommunistik partiyaning 18 - 
majlisida milliy iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalar omili 
strategik ahamiyatga ega deb belgilandi.
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan 
oxirgi o‘ttiz yil davomida olib borgan siyosati innovatsion 
faoliyatni misli ko‘rilmagan darajada rivojlantirdi. 2002 yildan 
2012 yilgacha Xitoyning YAIMi deyarli to‘rt barobar o‘sdi. Xitoy 
fan va texnologiyasi rivojlanishini ilmiy texnik ishlanmalarga 
yo‘naltirilgan investitsiyalar; innovatsiya natijalari-patentlar, 
mahsulotlar va ilmiy maqolalar; fan ta’limi hamda texnologik 
sohalarda iqtidorlarni yetishtirishda ko‘rishimiz mumkin. Fan va 
texnologiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2002 yilda YAIMning 
1foiz dan 2012 yilda 2foizga o‘sdi. Sanoat tarmoqlarida ilmiy 
texnik ishlanmalarga kiritilgan investitsiyalar 2002 yilda jami 
investitsiyalarning 70foiz tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu 
ko‘rsatkich 80foizga etdi. Xitoyda oxirgi yillarda patentlar 
bo‘yicha arizalar soni keskin ortdi. 2012 yildan beri Xitoy global 
innovatsiyalar indeksida mahalliy patentlar soni bo‘yicha dunyoda 
birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Xitoyda fan va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim sohasi va 
malakali kadrlarni yetishtirish bilan birga bordi. Ta’lim sohasida 
o‘tkazilgan islohotlar ta’lim sifatini sezilarli oshirishga va 
universitetlarda o‘qiydigan talabalar sonini keskin oshishiga zamin 


376 
yaratdi. Masalan, universitet va institut bitiruvchilari 2002 yilda 1 
mln 300 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu raqam olti 
millionni tashkil etdi. Universitetlarda iqtidorli talabalar sonining 
ko‘payishi Xitoyning innovatsion tizimining rivojlanishiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga bu islohotlar iqtidorli yoshlarni 
yetishtrishda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, “1000 ta iqtidor” 
dasturi xorijda bo‘lgan ko‘plab innovatsiyalarni yaratilishiga hissa 
qo‘shgan xitoylik iqtidorli olimlar va tadqiqotchilarni qaytarishga 
erishdi. 
Innovatsion jarayon bosqichlarini o‘rganishning turli usullari 
mavjud. Masalan, R.Norman innovatsion jarayonni ikki qismdan 
tashabbus va ijrodan iborat deb hisoblagan. J.Xeydj va 
M.Eykenlar esa innovatsion jarayonni to‘rtga bo‘lib o‘rganishni 
tavsiya etgan, bular: 

baholash; 

tashabbus; 

joriy etish; 

rutinizatsiya(uzluksiz ishlab chiqarish). 
Ba’zi olimlar innovatsion jarayonni tashkiliy kontekstda 
tahlil qilishadi. Masalan, J.Uilson uchta bosqichni ajratib 
ko‘rsatadi:[7.7] 

konseptualizatsiya; 

taklif kiritish; 

qabul qilish va joriy etish. 
Tomsonning fikricha innovatsion jarayonning boshlanishiga 
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 

mavjud maqsadlar o‘rtasida uzilish; 

haqiqiy vaziyat; 

rivojlanish uchun qulay imkoniyat izlash. 
Shu va boshqa qarashlar innovatsion jarayonni turli 
jihatlarini yoritib beradi. Innovatsiyalarning ko‘p qirraliligi bu 
tushunchaga yagona universal ta’rif berish imkonini bermaydi. 
Bundan tashqari vaqt o‘tishi innovatsiyalar tarkibi va xususiyatlar 
o‘zgarib boradi, bu esa ilmiy tadqiqotlarni yanada qiyinlashtiradi. 


377 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish