Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirilishi



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

5. Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirilishi 
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda turli xil shakl, usul va 
yo‘llar ishlab chiqilganki, ular yordamida fundamental 
izlanishlarni, innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish, xususan 
kichik innovatsion biznesga moliyaviy kumak berish amalga 
oshirilayapti. Asosiy e’tiborni AQSH, Yaponiya, FRD, Buyuk 
Britaniya, Fransiya va Kanada kabi mamlakatlarning tajribalari 
namoyon etadi. Ushbu mamlakatlarda innovatsion muammolarni 
xal qilish amaliyoti har bir mamlakatga xos bo‘lgan xususiyatlari 
qatorida, umumiy negizga ega – innovatsion siyosatni olib orishda 
davlatning 
faol 
ishtiroki. 
Bu 
innovatsiyalarni 
bevosida 
moliyalashtirishda ham, bilvosita moliyaviy ko‘makida ham 
namoyon bo‘ladi. 
Davlat ilmiy–texnik siyosatining muhim moliyaviy uskunasi 
– davlat byudjetidagi mablag‘larni ishlatish. Rivojlangan 
mamlakatlarda davlat 20dan 50% gacha milliy ilmiy, innovatsion 
xarajatlarga ega. Tadqiqot ishlari va innovatsion ishlanmalar uchun 
qilingan 
xarajatlar 
ulushi 
davlat 
xarajatlarining 
umumiy 
summasidan yuqori emas, biroq oxirgi 20 yillikda yetarli darajada 
barqaror. U AQSHda 6–7% ni, FRG, Fransiya, Buyuk Britaniya va 
Italiyada 4–5% ni, Yaponiyada 3–5%ni tashkil etadi.
Ilmiy-tadqiqot 
va 
eksperimental 
loyihalash 
ishlarini 
moliyalashtirish bo‘yicha bosh mamlakat AQSH bo‘lib qoladi. 
2002 yilda 200 mlrd.doll.(1995y. – 173 mlrd.doll.) fundamental 
izlanish va innovatsion ishlanmalarni rivojlanishi uchun sarflangan 
(investitsiya qilingan). Ushbu ko’rsatkich shu sohada Yaponiya 
xarajatlaridan 2,2 baravar, FRG xarajatlaridan – 5,6 baravar va 
Buyuk Britaniyadan – 8,7 baravar ziyod. AQSH, Yaponiya, FRG, 
Fransiya va Buyuk Britaniya dunyo rivojlanishining texnologik 
yadrosi mamlakatlaridan hisoblanib, o‘zlarining izlanishlariga 80% 
ga yaqin jahon mablag‘ini ilm–fanga va 50%dan ortiqini ilmiy 
personalga sarf qilishadi. 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish hajmining muhim 
ko‘rsatkichi 
yalpi 
ichki 
mahsulotda 
Ilmiy-tadqiqot 
va 
eksperimental loyihalash ishlariga qilingan xarajatlar ulushi 


378 
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich AQSHda 2,45%ni tashkil etadi. 
Yaponiyada u 3%ga teng, Fransiyada – 2,4, FRGda–2,3 va Buyuk 
Britaniyada – 2,2% (umumiy xarajatlarda ushbu mamlakatlarda 
NIKRga shartli ravishda 75 mlrd.doll., 26 mlrd.ortiq, 36 mlrd.dan 
ortiq va 21 mlrd.doll.). Shvetsiyada u 3 %ga yetadi, Finlyandiyada 
– 2,3, Niderlandiyada – 1,9, Kanadada – 1,55, Ispaniyada – 0,91, 
KNRda – 0,82 va Gretsiyada – 0,62 %. 
Rivojlangan mamlakatlarda Ilmiy-tadqiqot va eksperimental 
loyihalash ishlariga qilingan xarajatlar tuzulmasi turlicha. Bu 
davlat innovatsion siyosati ustunligi va xususiy sektorni 
innovatsion jarayonga jalb etilganlik darajasiga bog‘liq. Bunda, 
fundamental tadqiqotlarga G‘arbiy Evropa xarajatlari ulushi, 
AQSH va Yaponiyaga nisbatan ko’proq. Masalan, Ilmiy-tadqiqot 
va eksperimental loyihalash ishlariga xarajatlar tuzulmasida 
fundamental izlanishlarning ulushi AQSHda 16%ni tashkil etadi, 
Yaponiyada – 15, Fransiyada – 21dan ortiq, FRGda– 23%. 
Xususiy 
innovatsion 
ishlanmalar 
bo‘yicha esa (tajriba–
konstruktorlik ishlari) teskari vaziyat yuzaga keladi. Yaponiyada 
ularning ulushi 60% ga teng, AQSHda–63, Fransiyada –44%. 
Innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirshning manbalari 
xususiy va davlat sektorlari hisoblanadi. Xususiy sektor iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlarda Ilmiy-tadqiqot va eksperimental 
loyihalash ishlarini moliyalashtirishning bosh manbasi hisoblanadi. 
Uning ulushiga ilmiy izlanishlar va texnik ishlanmalarni 
moliyalashtirishning umumiy hajmidan 48–72% AQSH, Yaponiya, 
FRG va Fransiyaga tushadi. Xususiy sektorda umumiy hajmidan 
60dan 75% ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalar olib 
boriladi, jumladan 70% ortiq amaliy izlanishlar moliyalashtiriladi 
va bajariladi va 90% tajriba–konstruktorlik ishlari. Xususiy 
sektorda olib boriladigan fundamental tadqiqotlarning ulushi 4% 
atrofida tashkil etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarga davlat sektorlari, garchi muhim 
manba hisoblansada, innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish va 
o’tkazishda ikkinchi darajali urinni egallaydi. Ilmiy tadqiqotlarni 
umumiy moliyalashtirishda Uning ulushi ko’pgina rivojlangan 


379 
davlatlarda xususiy sektor ulushiga nisbatan 1,3 – 2,5 marta kam. 
Fransiyada u 42% darajasida, FRG – 37, AQSH – 36, Yaponiyada 
– 21 %. Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini 
bajarishda davlat sektorining ulushi ularni moliyalashtirishga 
nisbatan yanayam kamroq, va sanoat rivojlangan mamlakatlar 
bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy, innovatsion ishlanmalarning 
umumiy hajmidan 10–21% tashkil etadi. Innovatsion faoliyatlarni 
moliyalashtirishda oliy ta’lim muassasalarining ulushi kam va ular 
FRGda noldan Yaponiyada 6,5%atrofida farqlanadi. Ilmiy-tadqiqot 
va eksperimental loyihalash ishlarini o’tkazishda universitetlarning 
ulushi ularning moliyalashtirilishiga nisbatan ahamiyatliroq va 17–
20% tashkil etadi. Bunda fundamental tadqiqotlarning solishtirma 
og‘irligi olim ta’limlarda 55–80% ga etadi. 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
innovatsion 
faoliyatni 
moliyalashtirishda asosiy e’tibor kichik firmalarga qaratiladi. 
Masalan, AQSHda kichik firmalar Ilmiy-tadqiqot va eksperimental 
loyihalash ishlarini davlat moliyalashtirish to’g‘risida qonun 
mavjud. Ushbu qonunga muvofiq federal vazirlik va idoralar har 
yili kichik firmalarga o‘zining byudjeti hisobidan Ilmiy-tadqiqot va 
eksperimental loyihalash ishlari o’tkazishi uchun mablag‘ ajratib 
berishi kerak. “Texnologik yangiliklar to’g‘risida”gi qonun sanoat 
innovatsiyalarini kuchaytirishda, buning uchun ijrochi hukumat 
apparatida maxsus tashkilotlarni tashkil etishda, universitetlar, 
sanoatlar va federal laboratoriyalar o’rtasida ilmiy va texnik 
xodimlar bilan almashinishda hamkorlik ko’rsatishda qator 
choralarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 1982y. AQSHda kichik 
innovatsion firmalarni rivojlantirish to’g‘risida qonun qabul 
qilingan bo‘lib, u ularning tadqiqodiy loyixalarini turli federal 
idoralari, 
shu 
jumladan 
Milliy 
ilmiy 
fond 
byudjetidan 
ta’minlanishini kengaytirishga qaratilgan. Ushbu qonun kichik 
tadbirkorlarga shartnoma asosida federal tadqiqodiy loyixalariga 
qaytarib berish shartisiz maqsadli subsidiya olish imkonini beradi. 
AQSHda innovatsion tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash bilan 
kichiy biznes ishlari bo’yicha Ma’muriyatlar, Milliy ilmiy fond
NASA, universitetlar, tarmoqli vazirliklar shug‘ullanishadi. 


380 
Germaniyada esa ushbu ishni iqtisodiyot Vazirligi, ilmiy tadqiqot 
va texnologiyalar 
Vazirligi, 
sanoat tadqiqot uyushmalari 
Federatsiyasi, Patent markazlari olib borishadi; Fransiyada – 
iqtisodiyot Vazirligi, tadqiqotlar natijalarini joriy etish bo‘yicha 
Milliy agentliklar, Ilmiy–texnik fondlar; Yaponiyada – kichik 
biznesni 
moliyalashtirish 
Korporatsiyasi, 
Xalq 
moliya 
korporatsiyasi, xavfli tadbirkorlik Markazi; Italiyada – texnologiya 
yangiliklar Fondi. Markaziy va tijorat banklari, sug‘urta fondlari 
bilan birgalikda barcha ushbu tashkilotlar kichik innovatsion 
biznesni qo’llab quvvatlashda milliy dasturlarni samarali amalga 
oshirish uchun zarur asoslarni yaratishadi. 
Xorij tajribasi va qiyochiy baholarni qo’llash nuqtai nazarida 
xorij mamlakatlari, masalan AQSH va Rossiyaning innovatsion 
siyosat va innovatsion mexanizm asoslarini taqqoslash muhim. 
Qiyosiy tahlil shuni ko’rsatadiki, innovatsion siyosatning asoslari 
va innovatsion mexanizmning asosiy tarkibiy qismlari umumiy 
xajmda qiyoslanadigan mamlakatlar bo‘yicha farq qilmaydi. Bunda 
innovatsiyaning tashkiliy va boshqaruv jihatlari, hamda davlatni 
ta’sir ko’rsatishining bevosita choralari deyarli bir xil (tuzulmasi, 
shakli, funksiyasi va vazifasi bo‘yicha), mavjud farqliklar esa 
majburiy emas. 
Innovatsiya sohasida ta’sirning bilvosita usullari bo‘yicha 
yondashuvlar 
yaqinroq. 
Farqliklar 
faqat 
innovatsiyalarni 
moliyalashtirirsh usullari va tartiblari va innovatsion qonunchilikda 
kuzatiladi. Biroq bu elementlar bo‘yicha ham ma’lum o‘zgarishlar 
va qarashlarning yaqinligi kuzatiladi. Sanoat rivojlangan 
mamlakatlarning ilmiy – texnik, xususan innovatsion siyosatining 
yaqinligi va bir xilligi, hamda innovatsion mexanizmlarning ko’p 
tarkibiy qismlarining o’xshashligi, ilmiy – texnik taraqqiyot, ilm 
fan rivojlanishining qonunlari va innovatsion jarayonlarning 
tendensiyalari barcha iqtisodiy tizimlar uchun iqtisodiy rivojlanish 
modeliga qaramasdan yagona ekanligidan dalolat beradi.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish