Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 Korxonalarning innovatsion faoliyatini



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

1. Korxonalarning innovatsion faoliyatini 
shakllantiradigan omillar 
Bozor sharoitida har bir korxona (firma) ishlab chiqarish va 
marketing faoliyatini mustaqil amalga oshiradi, o‘z ilmiy salohiyati 
darajasini va resurs imkoniyatlarini baholaydi, hamda innovatsion 
strategiyalar turlarini tanlaydi. Korxonalardagi innovatsion faoliyat 
turli maqsadlarni ko‘zlab, texnik, moliyaviy-iqtisodiy, siyosiy, 
resursli va bozor xususiyatli omillarga bog‘liq. Shu tariqa, 
innovatsion 
faoliyat 
bozor 
talablariga, 
ilg‘or texnologik 
yechimlarga bo‘lgan cheklangan kirish, resurs cheklovlari, soliq va 
moliya-kredit siyosatidagi o‘zgarishlarga javob reaksiyasi bo‘lishi 
mumkin. Korxonalarda innovatsion faoliyatni boshqarishda ushbu 
omillar asosiy rol o‘ynaydi.
Innovatsion faoliyat va uni belgilaydigan omillar o‘zaro 
bog‘liqligini hisobga olib, korxonalarda amalga oshiriladigan 
innovatsiyalar xarakterini va maqsadlari mazmunini ko‘rib 
chiqamiz. Ushbu maqsadlar strategik va taktik (aniq) ga bo‘linishi 
mumkin. Hozirgi sharoitda strategik maqsadlar – bu eson-omon 
qolish, 
daromad 
oshishi, 
raqobatbardoshlikning 
o‘sishi, 
ekspansiya, yangi bozorlarni zabt etishdir. Qayd etish lozimki, 
bozor 
iqtisodiyotida 
daromad 
maksimizatsiyasi 
va 
raqobatbardoshlikning o‘sishi maqsadlari ustuvor hisoblanadi. 
Hozirgi sharoitda innovatsion faol korxonalarning deyarli 30%i o‘z 
strategik maqsadi sifatida mahsulotning raqobatbardoshligi o‘sishi 
deb biladi, 25% innovatsion faol korxonalarda esa asosiy strategik 
maqsad – ekspansiya, yangi bozorlarni zabt etishdir. 
Korxonalar 
innovatsion 
faoliyatining 
taktik 
(aniq) 
maqsadlari turli-tumandir. Ulardan asosiylarini sanab o‘tamiz: 


383 
eskirgan 
mahsulotni 
almashtirish, 
mahsulot 
assortimentini 
kengaytirish, an’anaviy bozorlarni saqlab qolish va kengaytirish, 
moddiy va energetik xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini 
yaxshilash, atrof muhit ifloslanishini kamaytirish, ishlab chiqarish 
moslashuvchanligini oshirish. Bunda innovatsion faoliyat taktik 
maqsadlari kompleksli xarakterga ega. 
Mazkur strategik va taktik maqsadlarga erishish ko‘pincha 
yuqorida ko‘rsatilgan turli xarakterdagi omillarga bog‘liq. 
Innovatsiyalar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda 
omillarning aniq tasnifi va ularning mazmunini aniqlash muhimdir. 
Korxonalarning innovatsion faoliyatini shakllantiradigan omillar 
ichki (korxonalarga taalluqli) va tashqi (korxonalarga bog‘liq 
emas) omillarga bo‘linadi. O‘z navbatida, tashqi omillar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita omillarga ajratiladi. 
Ushbu 
omillar 
korxonalar 
innovatsion 
faoliyatiga 
kompleksda va turli kombinatsiyalarda ta’sir ko‘rsatishi mumkin, 
bu esa innovatsion boshqaruv qarorlar qabul qilishda hisobga 
olinadi. Korxonalar uchun innovatsion faoliyatga bo‘lgan ichki 
impulslar 
birinchi 
navbatda 
turadi. 
Bundaylar 
qatoriga 
uskunalarning ma’naviy va jismoniy eskirishi, qolib ketgan 
texnologiya, energoxarajatlarni kamaytirish zarurati, ishlab 
chiqarish quvvatini kengaytirishga intilish kabilar bo‘lishi mumkin. 
Zamonaviy korxonalar uchun innovatsion faoliyatni boshqarishda 
muhimi – jamoadagi innovatsion muhit va uning yangiliklarga 
moyilligi kabi omillarni hisobga olishdir. Korxonalarning 
innovatsion faoliyatiga ularning sohaga mansubligi alohida ta’sir 
ko‘rsatadi. U sezilarli darajada xususiy, mahalliy va xorijiy 
investorlar uchun innovatsiyalar jozibadorligini yaratadi. Boshqa 
sharoitlarda aynan sohaga mansublik omili investitsiyalar 
jozibadorligini oshiradi. Mulkdor va rahbariyat almashgan 
korxonalarda innovatsiyalar omillar - bu institutsional o‘zgarishlar, 
aniqrog‘i, nazorat shakli o‘zgarishidir.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish