Tayanch iboralari
Tashqi omillar, “bozor turtkisi”, zavod ilm-fan sektori,
ijtimoiy-psixologik motiv, ierarxik tuzilish, ijtimoiy ehtiyoj,
korxonalar, birlashmalar, aksioner jamiyatlari, moliya-sanoat
guruhlari.
Nazorat savollari
1. Korxonalarning innovatsion faoliyatiga ta’sir etadigan ichki
omillarni sanab o‘ting.
2. Tashqi omillar qanday guruhlarga bo‘linadi?
3. Innovatsion rivojlanishning “bozor turtkisi” nima?
4. Zavod ilm-fan sektorini tavsiflang.
5. Zavod ilm-fan sektorini umumilmiy tizimning tarkibiy qismi
sifatida tan olinishida qanday muammolar yuzaga keladi?
6. Zavod ilm-fan sektorining shakllanish shart-sharoitlariga
qisqacha tavsif bering.
7. Faqat natijalarga tayanib zavod ilm-fan sektorini boshqarish
mumkinmi?
391
18-Mavzu. Innovatsiyalarning samaradorligi
Reja
1. Innovatsion faoliyatdagi xatarlar
2. Innovatsiyalar samaradorligini baholash usullari
1. Innovatsion faoliyatdagi xatarlar
Innovatsion faoliyat xatarning turli turlari bilan kuzatiladi.
Umumiy ko‘rinishda innovatsion faoliyatdagi xatar yangiliklar
ishlab chiqish va amalga oshirishga mablag‘ sarflashda xosil
bo‘ladigan yo’qotishlar ehtimoli sifatida belgilanadi. Korxona va
tashkilotlar innovatsion faoliyatda yuz keladigan xatarlar turlariga
quyidagilar kiradi: loyihani xato tanlaganlikdagi xatar, marketing
xatarlar, raqobatlikning kuchayish xatari, loyihalarni yetarli moliya
resurslari bilan ta’minlanmaslik xatari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar
xatari, shartnomalarni bajarmaslik xatari va b. Bundan tashqari,
innovatsion faoliyatga kredit, investitsiya, tashqi iqtisodiy,
axborotlarning to’liqsizligi yoki noto’g‘riligi kabi xatarlar ham
ta’sir ko’rsatadi.
Xatarlarning bunday gradatsiyasi ularning umumiy tizimida
har bir xatarning o’rnini aniq belgilab berish ishkonini beradi va
ushlubu xatarlarni boshqarishda maxsus yo’llar va usullarini
samarali qo’llash uchun sharoit yaratadi. Layihalarni xato
tanlashning
sabablari
tashkilotlarning
moliviy
iqtisodiy
ustunliklarini
asossiz
belgilash,
innovatsiya
strategiyalari
(kelayotgan
yoki
himoya)
turlarini
aniq
tanlamaslik;
innovatsiyaning turli turlarini ad’ekvat tanlamaslik (texnologik
yoki oziq ovqat, deyarli yangi yoki asos solinganlari) hisoblanadi.
Asosan kichik innovatsion biznesning innovatsion faoliyati
uchun raqobatni o’sish xatari xavf uyg‘otadi. Bunday xatarning
paydo bo‘lish sabablari: raqobatchilar to’g‘risida to’liqsiz va
noto’g‘ri axborotlar, yangiliklarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish
muddatlarining uzayishi, bu esa raqobatchilardan ortga qolishga
olib keladi; sanoat josusligi natijasida maxfiy axborotlarni bilib
olinishi;
raqobatchilarning
insofsizligi,
ularning
reyderlik
392
yondashuvi; xorij eksporterlari va mamlakatning boshqa hududlari
tomonidan hududiy (mahaliy) bozorga ekspansiyasi. Innovatsion
korxonalar faoliyatida xo‘jalik shartnomalari (kelishuvlari)ni
bajarmaslik xatari ham muhim o’rinni egallaydi. Bu xatar
muzokaralar olib borilgan so‘ng sherikning kelishuv tuzishga rozi
bo‘lmaslikda, to‘lov kiritishga qodir bo‘lmagan sheriklar bilan
kelishuv tuzilganda, sheriklar tomonidan kelishilgan vaqtda
kelishuv majburiyatlarini bajarmaganda, atof muhit ifloslanishida
yuzaga kelgan xavflarda namoyon bo‘ladi.
Xatarlarni kamaytirishning asoslangan yo‘llari ularni yana
ham dalilli tasniflash asosida chiqarilishi mumkin. Xatarlarni
quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin:
Xatar darajasi bo‘yicha – ehtimolli, qaltis yoki o’ta qaltis
(falokatli);
Faoliyat turi bo‘yicha – tadqiqotli, tajribali yoki tajriba–
ishlab chiqarish faoliyati;
Xatar turi bo‘yicha – texnik, tashkilotiy, axborotiy,
iqtisodiy (tijorat), ekologik yoki siyosiy;
Xatar darajasi bo‘yicha – yuqori, o‘rta yoki past;
Iqtisodiy
mohiyat
bo‘yicha – operatsion, kredit,
inflyatsiyali, valyutali yoki innovatsion–investitsiyali;
Ob’ektlar bo‘yicha (paydo bo‘lish joyi bo‘yicha) –
mamlakatiy, hududiy yoki tarmoqli.
Asosiy o’rinni innovatsion–investitsiyali xatar egallaydi – bu
yakuniy natijani, raqobatbardosh maxsulotlarni, foyda va oxir
oqibat aniq innovatsion investitsiyalardan pul oqimini olmaslik
ehtimoli.
Investitsion
xatarning
o‘ziga xosligi shundaki,
investitsiyalar, agar ular prinsipial innovatsionlarni kiritish bilan
kuzatilsa, deyarli korxona faoliyatining xamma tomonlariga ta’sir
ko‘rsatadi va bu uning iqtisodiy usishi, kapital va foydalarning
o’sishiga ta’sir ko’rsatadi.
Xatarni tahlili qilish va baholash majmuaviy usullarni
qo’llashni talab etadi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
Statistik usullar, xususan xatarni omilli tahlillash usuli;
O’xshashlik usuli;
393
Korxonaning moliyaviy holatini majmuaviy tahlillash
ususli, uning moliyaviy barqarorlik tekshiruvi;
Xatarlarni modellashtirish usuli;
Texnik va tijorat xatarlari ehtimolini ifodalashga imkon
beradigan alohida koyeffitsientlar hisob kitobiga asoslanadigan
multiplikativ usuli;
Normativ usul;
Innovatsion korxona xatarini kompyuter modeli usuli;
Reyting usuli.
Ushbu usullar bo‘yicha u yoki bu darajada xatarning
miqdoriy darajasi baholanadi. Xatar darajasining aniq bahosi qator
usullarni qullashda oshadi, va u bo‘yicha hisob kitoblar natijasi
mutaxassislarning tajribaviy tahlilini talab etadi.
Innovatsion korxonalar faoliyatidagi ko’tarilgan xatarlardan
himoyalanish shakliga xatarni chetlab o’tish (ya’ni yirik xatar bilan
ochiq bog‘liq bo‘lgan qarorlardan ortga chekinish), xatarni ushlab
turish (xatarni investor ortidan qoldirish), xatarni boshqa
tashkilotga o’tkazish (masalan, sug‘urta korxonalariga), xatar
darajasini kamaytirish (minimallashtirish), yuqotishlar ehtimolini
kamaytirish va hajmini qisqartirish. Innovatsion faoliyatda xatarni
kamaytirish, uni minimallashtirish yo‘lini aniq taqdim etish
muhim. Boshqaruv va analitik amaliyotda xatarni kamaytirishning
turli yo‘llarini topishadi.
Ulardan eng samaralisi – bu boshqaruv qarorining, ayniqsa
innovatsion–investitsiyali qarori (loyihaning) tajribali va savodli
tashlash. Qo’shimcha axborotga ega bo‘lish nisbatan yangi yo‘l
hisoblanadi, yanayam to’liq axborot aniq aytish va xatarni
kamaytirish imkonini beradi. Xatarni kamaytirish yo‘llaridan
hisoblangan limitlash usuli – bu xarajatlarning oxirgi summasining
limitini o’rnatishdir. Xatarni kamaytirishning muhim yo‘li – bu
innovatsiyalar
porfelini
diversifikatsiyalash.
Innovatsiya
portfellarini
samarali
diversifikatsiyalash
ba’zida tarmoqli
xususiyatlar va aniq korxonaning (firmalar, uyushmalar, kichik
innovatsion korxonalar) o‘ziga xosligi bilan chiqarilgan individual
xatarlarni ahamiyatli qisqarishiga olib keladi. Diversifikatsiya
394
natijasida xatarlar jamlanmasi (individual va bozor) korxona
faoliyatidan qat’iy nazar faqat bozor xatarini o’sishi bilan
belgilanadi.
Xatarni minimallashtirish yo‘llaridan biri xatar qismini
(jumladan, moliyaviy) boshqa korxona va tashkilotlarga o’tkazish,
masalan venchur (xatarli), bunda ular omadsizlik holatida
yo’qotishlar qismini o‘ziga oladi. Xatarlarni kamaytirish yo‘llariga
bevosita korxonalarda, ayniqsa faoliyati turli xatarlarga ega bo‘lsa,
tabiiy va mablag‘li sug‘urta fondlarini tashkil etishni nazarda
tutadigan o‘zini sug‘urtalash kiradi. Xatarni minimallashtirishning
keng tarqalgan usullaridan biri – bu sug‘urtalash bo‘lib, u
sug‘urtali holatlar paydo bo‘lganda korxona (firma)larning mol
mulkli qiziqishlarini himoya qilishni, sug‘urta tulovlaridan
shakllanadaigan, ehtimolli zararlarni qoplash uchun mablag‘li
fondlarni yaratishni namoyon etadi. Ba’zida qayta sug‘urtalash
qo’llaniladi. Tarqalish xatarni kamaytirishning nisbatan yangi
yo‘lini oladi – bu qarshi ishlab chiqarish, ilmiy–texnik, tijorat,
valyuta talablari va majburiyatlarini yaratilishini bildiradigan
xedjitlash.
Xatar, murakkab va ko‘p jihatli bo‘lib, barcha ilmiy – texnik,
ishlab chiqarish va moliyaviy boshqaruv qarorlarni qabul qilish
asosida yotadi. Axir hatto yaxshi iqtisodiy o’sish sharoitida ham
har bir korxona uchun (mulk shakli va uning moliyaviy holatidan
qat’iy nazar) doimo nomaqbul voqealar, inqiroziy holatlar kelish
ehtimoli saqlanib turadi. Bunday imkoniyatlar doimo xatar bilan
kursatiladi.
Innovatsion faoliyat xatarini kamaytirish uchun birinchi
navbatda amalaga oshirishga taklif etiliniyotgan loyihalarni
(mavzularni) batafsil tanlab olish zarur. Innovatsion loyihalarni
(mavzularni) erta, loyiha oldi bosqichida tanlashning muhimligi
quyidagi holatlarda belgilanadi:
Innovatsiyaon ishlanmalarga katta hajmli va yuqori
tezlikdagi xarajatlar bilan
Innovatsion ishlanmalar yoki mavzularning alohida
yo‘nalishlariga ajratiladigan mablag‘larning chegaralanganligi;
395
Yanayam istiqbolli va dolzarb mavzularnitanlash asosida
maksimal samara (iqtisodiy, ijtimoiy va b.) olishga intilish;
Buyurtmachi va bevosita ilmiy–texnik ishlilari tomonidan
taklif etilayotgan katta hajmdagi mavzular;
Ilmiy – texnik va iqtisodiy xatarni kamaytirish zarurligida
izlanishni tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning istiqbolli
yo‘nalishlarida jahon darajasiga erishish;
Innovatsion ishlanmalar natijalari korxona faoliyati
strategiyasiga mos kelishi zarurligi bilan.
Innovatsion ishlanmalarning mavzularini tanlashning muhim
vazifalari quyidagilar hisoblanadi: yanayam istiqbolli, dolzarb va
samarali mavzularni to’g‘ri tanlash; fantastik va yaqin kelajakda
bajarib bo‘lmaydigan mavzularni inkor etish; taklif etilayotgan
innovatsiyalarning
ilmiy–texnik
va
iqtisodiy
darajasini
pasaytiradigan sabablar (omillar)ni aniqlash; innovatsiyalarni
moliyalashtirish imkoniyatidan kelib chiqib qaysi mavzular qabul
qilinishi va tasdiqlanishini aniqlash; tanlov bo‘yicha uslubiy
qo’llanmalarni aniqlash va oxirigacha ishlab chiqish maqsadida
mavjud (statistik) ma’lumotlarni yig‘ish.
Ilmiy –texnik tashkilotlar va uyushmalarning (korxona)
istiqbolli va mavzuviy rejalashtirishlar tajribasi har qanday
vaziyatda bir xil muvaffaqiyat bilan baholash mumkin bo‘lgan
mavzular tanlovining umumiy universal usulini qullash va ishlab
chiqish va ko’rsatkichlarning bir xil qilish mumkin emasligini
ko’rsatdi. Loyihalarning ko’p maqsadli ekanligini, ularni amalga
oshirish natijalarining turli xilligi (iqtisodiy, ijtimoiy va b.),
birlamchi ma’lumotlar va mavzularni shakllantirish manbalarining
to’g‘riligi, hamda tarmoqli va hududiy xususiyatlarini inobatga
oladigan
ko’rsatkichlarning
majmuaviy
loyihasi
va
tabaqalashtirilgan tizimi zarur. Shunday bo‘lsada mavzularni
tanlashning asosiy prinsiplari, ko’rsatkichlarining omillari va
guruhlari, tanlov amallari va uning bajarilishining tashkiliy
shakllari umumiy, tarmoqlararo bo‘lishi kerak va shart. Amaliy
faoliyatda mavzuni tanlashda ular o‘zlarini hisob kitobida
qo’shimcha o‘ziga xos ko’rsatkichlar va usullar bilan, hamda
396
tarmoqli (tarmoqosti) va hududiy xususiyatlarni, maqsadli
vazifalari (yangi maxsulot, istiqbolli texnologik jarayon, izlab
chiqarishning texnik tashkiliy darajasi, ekologik muhitni
yaxshilanishi), mavzuni shakllantirish manbalarini aks ettadigan
tanlovning aniq usullari bilan to‘ldirilishi mumkin.
Istiqbolli loyihalar (mavzular)ni tanlashda tarkib, ko’rsatkich
guruhlari va ularning ahamiyatliligini aniqlash qator prinsiplar
asosida amalga oshiriladi. Mavzular tanlovi asosiga kiritilishi
lozim bo‘lgan muhim prinsip, - bu innovatsion ishlanmalarni
amalga oshirishning yakuniy natijalariga yo‘naltirilganligi.
Mavzuni tanlash uchun ko’rsatkichlar tizimini aniqlashda
korxonalarning ishlab chiqarish-texnik va moliyaviy m iqtisodiy
imkoniyatlari bo‘yicha tarmoqlar ishlanmalarining xarakteri va
mohiyatining mosligi prinsipini inobatga olish zarur. Istiqbolli
mavzularni tanlashning muhim prinsiplariga yondashuvlarning
majmuaviyligi kiradi. Ko’rsatkichlarni tanlashda turli guruhlarga
(miqdoriy, tabiiy, mexnat, vaqtinchalik) kiruvchi aloxida
ko’rsatkichlarning
oqilona
o‘zaro munosabat prinsipi va
ko’rsatkichlarni natijaviy va samarali ko’rsatkichlarga bo‘linishi
prinsipi inobatga olinadi. Ko’’rsatkichlar tizimini nazoratiy prinsipi
shuni talab etadiki, asosiy maqsadga qarab o‘z mohiyati bo‘yicha
turlicha bo‘lgan ko’rsatkichlar doirasi yo kengayadi, yo qisqaradi.
Bunda alohida ko’rsatkichlarning nisbatan ahamiyatlirog‘ining
o’sish yoki kamayish imkoniyatlarini nazarda tutish lozim.
Ko’rsatkichlarga
quyidagi
talablar
quyiladi:
tanlab
olinadigan mavzularni yakuniy maqsadi bilan mantiqiy bog‘liqligi,
ular (xisob kitoblar)ning muqobil, sodda va hammabop ekanligi,
olinadigan natijalarni aniqligi va bir to’xtamliligi, hisob kitob va
xisobotlarning
mavjud
shakllariga
qarshi
chiqmaydigan,
moslashganligi. Ko‘rsatkichlar tizimini tuzishning va unga
qo’yilgan talablarning bayon etilgan prinsiplarini inobatga olib
istiqbolli va dolzarb loyihalar (mavzular)ni tanlash uchun
ko‘rsatkichlarning (omillar) quyidagi guruhlari ishlatilishi
mumkin:
Ilmiy – texnik;
397
Ishlab chiqarish – texnologik;
Moliyaviy - iqtisodiy;
Ijtimoiy – ekologik;
Tarmoqli (xududiy);
Huquqiy;
Vaqtinchalik;
Bozor (marketing).
Har bir ko’rsatkichlar guruhi xususiy ko‘rsatkichlar
yig‘indilari bilan ifodalanadi, ularning tarkibi, tuzulmasi, soni va
ahamiyatliligi alohida innovatsion tashkilot tarmoqlari va
profilining xususiyatlariga, mavzular tanlanilish maqsadlari, ular
shakllanishining bajarilish bosqichi va manbalariga bog‘liq bo‘ladi.
Xususiy ko‘rsatkichlar omillari va tarkiblarining bunday guruhlari
loyihalarni tanlash usullarida o‘z aksini topadi. Mavzularni tanlash
usuliga talablar majmuasi taqdim etiladi: yanayam istiqbolli va
samarali mavzularni qattiq tanlab olish, tanlangan mavzularning
natijalari ishlab chiqarish- xo‘jalik va ilmiy - ishlab siqarish
tizimlarining faoliyat maqsadlari bilan mos kelishi, baholar
to’g‘riligining yuqori darajadaligi - birinchi navbatda kutilayotgan
natijalar muvaffaqiyatida, mavzularni shakllantirishda (xo‘jalik
kelishuvli, tashabbusli va b.) manba va xarakterini inobatga olish;
tarmoqli va hududiy xususiyatlarni inobatga olish va x.k.
Ushbu talablar yig‘indisining xisob kitobi turli usullarni
majmuaviy qullash orqali amalaga oshiriladi. Mavzularni tanlashda
qo’llaniladigan usullar sifat va miqdorga bo‘linishi mumkin. Ilmiy
texnik ishlanmalarning ilk bosqichlarida tanlovda quyidagilar
qo’llaniladi: 1) ichki tuyg‘u, shaxsiy tajriba va malakaga
asoslangan
va
rejalashtirilgan
innovatsiyadagi
amaliyotga
qo’llanilgan sifatli usul. Uning maqbulligining yuqoriligi yaxshi
tashkil etilgan ekpert baholari va matematik apparatlarning
qo’llanilishi (matematik- statistik ishlab chiqish, ehtimollar
nazariyasi) bilan ta’minlanadi; 2) grafoanalitik usul; 3) ularni
baholashning ko’qirrali tizimini qo’llash orqali hisob kitob
ko’rsatkichlar majmuasini qullashga asoslangan miqdoriy usul.
398
Mavzular tanlashda grafoanalitik usulni qo’llashda eng
avvalo omillar aniq shakllantiriladi, qayd etiladi, xarakatlarining
natijalari esa mavzular tanlovida inobatga olinadi. Yondashuvlar
uslublarining bir xilligini inobatga olib tanlovning barcha usullari
uchun omillarning yagona majmuasi qo’llaniladi. Tanlanayotgan
mavzuga xar bir omilning ta’sirini ta’riflash uchun turli baholar
qo’llaniladi (a’lo, qoniqarli va b.). xar bir aniq vaziyatda faqat bitta
baho tanlanadi.
Ilmiy – texnik tusdagi ko’rsatkichlarni mavzuga ularni
bajarilish nuqtai nazaridan ta’sirini umumiy baholash uchun
ballarning o‘rtacha kattaligi ko’rsatiladi. Huddi shu tartibda boshqa
omillar (ko’rsatkichlar guruhlari) bo‘yicha ham mavzular
baholanadi: iqtisodiy, ijtimoiy - ekologik va h.k. olingan baholar
umumiy jadvalda birlashtiriladi va uning asosida taklif
qilinayotgan mavzularni tanlash bo‘yicha masala yakuniy qaror
qilinadi.
Olingan umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha turli mavzular
(loyihalar)ni taqqoslab u yoki bu innovatsion mavzuning afzalligi
bo‘yicha sifatiy va yaqinroq miqdoriy bahosini olish mumkin.
Qabul qilingan va bajarilish jarayonida turgan mavzular uchun
yangi grafik- jadvallarni davriy tuzulishi birlamchi alomatlari bilan
qiyoslanadi (ba’zida bitta grafikda yangi va birlamchi baholari
buriladi).
Oxir oqibatda faktli natijalar birlamchi baholar bilan
qiyoslanadi. Bundan taqqoslanishlar alohida ko‘rsatkichlarning
ijobiy va xohlamaydigan o‘zgarishlar sur’atini beradi. Ular
mavzularni baholaydigan mutaxassislarning tug‘ri fikrlari nuqtai
nazaridan ham, mavzularni tanlashga ulardan tajribaliroqlarini jalb
qilish tomondan ham foydali bo‘lishi mumkin.
Sifatiy va grafo – analitik usul, keng qo’llanilishga ega
bo‘lib, juda oddiy va mavzular bajarilishini nazorat qilishda
grafiklarni qo’llashga imkon beradi. Biroq ular maqbul baholash
uchun yetarli emas, shu sababdan ularga qo’shimcha sifatida
miqdoriy usul qo’llaniladi. Miqdoriy usulni qo’llaganda har bir
aniq mavzu uchun birinchi darajali, bosh ko‘rsatkichlar va ularning
399
ahamiyatliligi, qiyosiy bahosi belgilanadi. Har bir innovatsion
tashkilot yoki korxona o‘ziga yanayam foydali va qiymatli bo‘lgan
loyihalarning ko’rsatkichlar to’plamini qo’llashi mumkin.
Umumiy ko‘rsatkichi bo‘yicha mavzular olingan yig‘indi
baholarining kamayishi bo‘yicha taqsimlanadi va xar bir
mavzuning o‘rni belgilanadi. Shu o’rinda mavzularni baholarining
ishonchliligi darajasini oshirish uchun taqsimlanishi olingan
ballarining summasiga qarab toyifalarga (oliy, birinchi, ikkinchi)
tasniflanishini
bilan
to‘ldirilishi mumkin.
Shu
asosida
mavzularning birlamchi tanlovi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |