Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 Innovatsiyalar samaradorligini baholash usullari



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

2. Innovatsiyalar samaradorligini baholash usullari 
Innovatsion loyihalar (mavzular) tanlovidan so’ng ularning 
samaradorligi amalga oshiriladi. Innovatsiyalarning samaradorlik 
bahosi innovatsion jarayonning har bosqichi va davrida - eskiz 
loyihalashdan boshlab yangiliklarni o‘zlashtirishni yakunlash va 
amalga oshirishgacha tortib olib borilishi kerak. Hisob kitob 
ko‘rsatkichlarining baholash usuli va tizimi innovatsion 
jarayonning barcha boshqichi va davri uchun bir xil, yagona 
bo‘lishi mumkin, biroq hisob uchun birlamchi ma’lumotlar 
axborotlarning to‘liqlik darajasi, haqiqatlik va noaniqligi, 
manbalarning turli xilligi bo‘yicha farqlanadi. Bu innovatsiya 
samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqligi va ob’ektivligi bo‘yicha 
farqlanishiga olib keladi. Bu, ilmiy - texnik, iqtisodiy, axborot va 
analitik turdagi o‘zgarishlarni kiritgan holda innovatsion jarayonni 
nazorat qilish imkonini beradi. 
Baholashning hozirgi vaqtda qo’llaniladigan usuli natija va 
harajatlarning nisbatiga asoslangan, ya’ni olingan samara va 
xarajatlarni qiyoshlashda. Natija (samara) va xarajatlarning nisbati 
qiymatli 
va 
natural 
o’lchovlarda ifodalanishi mumkin. 
Ta’kidlaymiz, innovatsion jarayondagi samaradorlik – bu doimo 
nisbatan, nisbiy kattalik. 
Yangiliklar (innovatsiyalar) kiritilishi (amalga oshirilishi) 
bilan samaraning quyidagi turlari olinishi mumkin: iqtisodiy, ilmiy 
– texnik, ijtimoiy va ekologik. Samaraning har bir turi 


400 
ko‘rsatkichlarning majmuasi bilan ifodalanadi. Masalan, iqtisodiy 
samara foyda, savdo hajmining o’sishi, resurslarni ishlatishning 
yaxshilanishi bilan ifodalanadi; ijtimoiy samara – ishchi o’rinlar 
sonining ko’payishi, ishchilar xavfsizligi darajasining ortishi, 
mehnat sharoitlarining yaxshilanishi bilan; ekologik samara – 
atmosfera va suvga zararli moddalar tashlanilishining kamayishi, 
ishlab 
chiqariladigan 
yangiliklarning 
ekologikligining 
yaxshilanishi bilan. 
Yashirin va aniq (tijorat) samaralari farqlanadi. Mavsumiy 
davrga qarab hisob kitob davrining samarasi va yillik samara 
belgilanadi. hisob-kitobli davr quyidagi omillarga bog‘liq: 
innovatsion jarayonning davomiyligiga, birlamchi ma’lumotlarning 
aniqligiga, yangiliklarni qo’llash muddatiga, investorlarning 
kutishlariga. Xozirgi vaqtda innovatsiya samaradorligining hisob 
kitobi amaliyotida asosan faqat iqtisodiy samara belgilanadi va 
inobatga olinadi. Samaraning boshqa turlari aniq uslubiy 
qo’llanmalarning yuqligi, birlamchi ma’lumotlarning yetarli 
emasligi va noaniqligi sababli, ba’zi istisno holatlardan tashqari, 
miqdor jihatidan baholanmaydi. Amaliy qo’llanilishga ega bo‘lgan 
innovatsiyalar samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarining ba’zi 
usul va tizimlarini ko‘rib chiqamiz. 
Innovatsion 
loyiha 
(mavzu)ning 
ahamiyatliligi, 
uzoq 
muddatliligi va hajmiga ko’ra tijorat samaradorlik faqat bitta 
korxona yoki ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi uchun belgilanishi 
mumkin. Masalan, kuchli ilmiy texnik bazagasiga ega bo‘lgan 
yirik korxonalar va ilmiy-ishlab chiqaruvchi uyushmlar butun “fan 
– ishlab chiqarish – iste’mol” innovatsion siklini boshqa 
tashkilotlar 
ishtirokisiz 
amalga 
oshira 
olgan 
holatda. 
Innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda korxona 
hajmi (ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi yoki kichik innovatsion 
firma) va mulk shaklidan qat’iy nazar barcha ishtirokchilarni 
birinchi o’rinda loyihaning (mavzuning) tijorat samaradorligi 
qiziqtiradi. Bu korxona (tashkilot)ning moliyaviy holati, uning 
moliyaviy barqarorligi va oxir oqibatda uning mavjud bo‘lib turishi 
bilan belgilanadi. Bunda quyidagilarni ham inobatga olish zarur: 


401 
alohida 
korxona 
va 
tashkilotlarda 
amalga 
oshirilayotgan 
innovatsion ishlanmalarning ko‘pi hajmi bo‘yicha katta emas, 
xarajati (investitsiyasi) chegaralangan va bozorga yo‘naltirilgan 
yangiliklarni (oziq-ovqat, texnologik va b.) yaratish va 
o‘zlashtirishga qaratilgan. Ular alohida holatida faqat yirik 
innovatsion loyihalarga (maqsadli dasturlar, mega loyixalar, 
xalqaro loyixalar) mo‘ljallangan ilmiy-xo‘jali, iqtisod va byudjet 
samaradorligi kursatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsata olmaydi. 
Chunki biz faqat innovatsiyalarni tijorat samaradorgini baholash 
uchun qo’llaniladigan (yoki qo’llanilishi mumkin bo‘lgan) 
ko’rsatkichlarni ko’rib chiqish bilan chegaralanamiz. 
Innovatsiyalar 
samaradorligini 
baholash 
asosida, 
ta’kidlaganimizdek, samara (foyda yoki mablag‘ oqimi) va 
xarajatlarni (investitsiya) solishtirish yotadi. Innovatsiyalarni 
hayot sikli davri, inflyatsiya, foyiz maosh va soliqni o‘zgarishi turli 
vaqtda amalga oshiriladigan xarajatlar va olinadigan natijalar (pul 
oqimi)ning iqtitsodiy tengsizligiga olib keladi. Bu ularni 
solishtirma turiga keltirishni talab etadi. Solishtirishning vazifasi 
xarajat va natijalarni bir vaqtga keltirish bilan hal qilinadi, masalan 
innovatsiyalarni amalga oshirishni boshlash yiliga. Bu keltirilgan 
qiymat usuli, yoki diskontlash deyiladi. Diskontlash kelajakda sarf 
bo‘ladigan yoki olinadigan summa hozirgi vaqtda kam qiymatga 
ega bo‘lishi bilan asoslanadi. Diskontlash bilan vaqt omili inobatga 
olinadi. 
Amaliyotda bo‘lajak va joriy qiymat o’rtasida farqlikni aks 
ettirish uchun 
a
diskontlash koeffitsienti qo‘llaniladi, u murakkab 
foizlar formulasi bo‘yicha hisoblanadi: 
𝛼 = (𝐼 +
𝐸
100
)
𝑡
(1) 
Bunda, E – diskont normasi (foyiz stavkasi), % I – 
innovatsiya 
loyihalarni 
amalga 
oshirishning 
vaqtinchalik 
intervaligining tartib raqami. Innovatsiyani amalga oshirishning 
boshining yili bo‘yi olinganda formula quyidagi ko‘rinishga ega 
bo‘ladi: 


402 
𝛼 =
𝐼
(1+
𝐸
100
)
𝑡
(2) 
Diskont normasi (diskontlash) kiritilgan sarmoyaga foyda 
normasi sifatida ko’riladi, ya’ni korxona (tashkilot) yoki investor 
amalga oshirilayotgan innovatsiyalardan olishga kutilayotgan 
foyda foyizi. Diskont normasi ba’zida moliyaviy hisoblarda bank 
foiz stavkasiga teng sifatida qabul qilinadi. 
Diskontlash koeffitsienti inflyasiya va xatar (ilmiy texnik va 
tijorat) omillarini inobatga olishi zarur. Agar ular foyda va foiz 
stavkasi normalarida inobatga olinmagan bo‘lsa, RF Xukumatining 
1997 y. 22 oktyabrdagi “Davlat kafolatlarini tanlov asosida RF 
rivojlanish byudjeti mablag‘lari hisobiga taqdim ettish tartibini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga va “RF rivojlanish 
byudjetining markazlashgan investitsiya resurslarining tanlov 
asosida joylashtirishda Investitsiya loyihalarining samaradorlik 
bahosi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq xatar va invlyasiya 
omillarini diskontlashning keltirilgan koyeffitsientini hisoblash 
orqali inobatga olish tavsiya etiladi. 
Inflyasiyani hisobga olgan (xatarni hisobga olmagan) holda 
diskontlash koyeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
𝛼
𝑖
= 1 + 𝐸
𝑖
= [
1+
𝐸
100
1+
𝑖
100
]
𝑡
(3) 
Bu yerda E – foiz stavkasi (Markaziy banki tomonidan 
o’rnatilgan),%; i – joriy yil uchun inflyasiya tempi ( Hukumati 
tomonidan urnatiladi), %; – inflyasiyani hisoblagan holda diskont 
normasi. Inflyasiya mavjud bo‘lmaganda foiz stavkasi diskont 
normasiga teng, ya’ni E = E1. Xatarga to’g‘irlash hisobi bo‘yicha 
diskont normasi (E2) 
𝐸
2
= 𝐸
1
+
𝑃
100
(4) 


403 
tashkil etadi. 
Bunda R – xatarni inobatga oladigan to’g‘irlangan 
koyeffitsient,%. To’g‘irlangan koyeffitsient Rning o’lchovi xatar 
darajasiga bog‘liq (past, urta va yuqori) va 3dan 20% gacha 
atrofidagi hisoblarda tavsiya etiladi. 
Diskontlashning umumiy koeffitsienti inflyatsiya va xatarni 
inobatga olgan holda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
𝛼
𝑢𝑚𝑢𝑚
= (1 + 𝐸
2
)
𝑡

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish