434
4. Intellektual (sanoat) mulk ob’ektlarini xo‘jalik
aylanishiga jalb qilish
Intellektual
mulk aktivlarini
korxona
mulki, tijorat
realizatsiyasi ob’ektlari sifatida e’tirof etilishi yangi boshqaruv
funksiyalarining vujudga kelishiga olib keladi, bu esa innovatsion
faoliyat sohasidagi siyosatni amalga oshirish mexanizmini ham,
uni yakuniy tijorat va moliyaviy-iqtisodiy
natijalarga erishishga
yo‘naltirib, tubdan o‘zgartiradi. Bu borada innovatsion faoliyatni
boshqarishning iqtisodiy funksiyasining yangi tarkibiy qismiga
nisbatan, va oqibatda – innovatsiyalar samaradorligini oshirish
omili bo‘lib intellektual mulk ob’ektlarini xo‘jalik aylanmasiga
jalb etish hisoblanadi, bu esa ularning korxona (tashkilot)larning
ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy
faoliyatida,
ya’ni qayta ishlab chiqarish jarayonida ishtirokini bildiradi.
Intellektual mulk ob’ektlarini xo‘jalik aylanmasiga jalb etish
imkoniyati va zarurati bir qator holatlar bilan bog‘liq:
ilmiy-texnik mehnat natijalarini tovar sifatida tan olish;
nomoddiy aktivlarni korxona mulki sifatida tan olish va
qabul qilish;
ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarining tijoratlashuvi uchun
(texnik, ishlab chiqarish va resurs xarakteridagi) sharoitlarning
mavjudligi;
brend va gudvill ahamiyatining ortishi;
turli xil samaralarga erishish;
korxonaning bozor qiymati o‘zgarishi (o‘sishi).
Intellektual mulk ob’ektlarini xo‘jalik (fuqarolik-huquqiy)
aylanmasiga jalb etish jarayonining sanoat korxonalari uchun
yangiligi, hamda bunda bir qator tashkiliy-boshqaruv,
moliyaviy-
iqtisodiy va huquqiy xarakterdagi masalalarni yechish zarurati
ko‘rilayotgan jarayon amalga oshishining yangi, adekvat
mexanizmlaridan
foydalanishni
talab
etadi.
Ilmiy-texnik
ishlanmalar natijalaridan foydalanish muammosining kompleksli
yechimidagi dastlabki qadam sifatida sanoat mulki ob’ektlari
(SMO) ni xo‘jalik aylanmasiga jalb etish jarayoni (olti bosqich)
ning
izchilligini
belgilaydigan
va
intellektual
mulkni
435
boshqarishning
turli
funksiyalarini
qamraydigan
algoritm
qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu
jarayonni
muvaffaqiyatli
amalga
oshirishda
intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning uning
yaratilishi
ishtirokchilari
o‘rtasida
teng
taqsimlashuvini
shakllantirish muhim o‘rin egallaydi.
Ushbu mexanizm muhim
iqtisodiy, yuridik va axloqiy-psixologik ahamiyatga ega.
Qo‘shimcha manbalardan innovatsion investitsiyalarni jalb etish
uchun vakolatli ijro etuvchi organlar tomonidan taqdim etilgan
Federatsiya sub’ekti hokimiyati organlari amaldagi qonunchilikka
muvofiq faqat innovatsion faoliyatning sub’ekt (hudud, respublika)
iqtisodiyoti rivojlanishining manfaatlari bilan bog‘liq natijalariga
bo‘lgan huquqlarga ega bo‘lishi lozim. Barcha boshqa holatlarda
innovatsion faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlar ishlab chiquvchi
tashkilotlar yoki ishlab chiquvchi mualliflarga berilishi kerak.
Ammo sanoat korxonalari manfaati
uchun ishlab chiquvchi
tashkilotlar yoki alohida ishlab chiquvchi mualliflarga huquqlarni
ta’minlashda Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari
ning federal va hududiy byudjetlar mablag‘larini jalb qilish bilan
amalga oshirilgan natijalarga bo‘lgan huquqlarni davlat (federal va
hududiy) tomonidan boshqarish vositalari (qonunchilik, tashkiliy,
iqtisodiy) saqlanib qoladi.
Intellktual mulk ob’ektlarining xo‘jalik aylanmasiga jalb
etilishi ularning hisobga
olinishi va baholanishi, shu jumladan,
faqat tijorat siri tartibida (masalan, nou-xau darajasidagi ishlab
chiqarish sirlari – jarayonlar parametrlari, ishlab chiqarish usullari
va h.k.) himoya qilinadigan Ilmiy-tadqiqot va eksperimental
loyihalash ishlari natijalari asosida amalga oshiriladi. Bunda uning
muhim
bo‘g‘inlari – innovatsion faoliyatga sarflangan
xarajatlarning
asosli
baholanishi
va
intellektual
mulk
ob’ektlarining mustaqil baholanishidir. Ushbu jarayonning muhim
bosqichi intellektual mulkning barcha ob’ektlari holatining
nazorati bo‘lib, u intellektual mulk ob’ektlari
tasnifini tadbiq
etishni, innovatsion faoliyat natijalarining to‘liq hududiy reestrini
va litsenzion shartnoma (kontrakt)larni ro‘yxatga olish tizimini
436
shakllantirishni,
ilmiy-texnik
ishlanmalardan
foydalanish
natijalarining
hudud,
soha
va
korxonaning
makro
va
mikroiqtisodiy ko‘rsatgichlariga ta’sir ko‘rsatish darajasining
nazoratini taqozo etadi.
Intellektual mulk ob’ektlarining xo‘jalik aylanmasiga jalb
etilishi jarayonining muhim bo‘g‘ini – ularning huquqiy
muhofazasi mexanizmidir. Uning asosiy jihati bo‘lib intellektual
mulk
ob’ektlarining
huquqiy
muhofazasiga
doir
muvofiqlashtiruvchi faoliyat hisoblanadi. Innovatsion faoliyat
natijalarini tijoratlashtirishning sintezlantiruvchi bosqichi alohida
o‘rin egallaydi. Aynan shu bosqichda eng katta samara beradigan
va yangiliklar (mahsulot, texnologiya va b.) raqobatbardoshligini
ta’minlaydigan natijalarni amalga oshirish uchun asosli tanlov va
yo‘naltirish amalga oshiriladi. Natijalar
tijoratlashuvi yangiliklar
shakllarini va huquqiy muhofaza yo‘llarini aniq belgilashga va
ularni qo‘llash uchun infrastrukturaning shakllanish xususiyatlarini
aniqlashga imkon beradi.
Intellektual mulk ob’ektlarini xo‘jalik aylanmasiga jalb etish
intellektual mulkni boshqarish funksiyalarini kengaytirib, oqibatda
innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: