3. Intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish
va ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari
Iqtisodiy va ilmiy-texnik munosabatlar globallashuvi
sharoitida intellektual mulkni muhofaza qilish masalalari, uning
tizimini takomillashtirish xalqaro va mahalliy standartlar,
421
qonunchilik va me’yoriy hujjatlarning bir-biriga mosligi jihatidan
ko‘rib chiqiladi. Intellektual mulkni muhofaza qilish masalalarida
hozirgi vaqtda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)
bosh rol o‘ynamoqda. BIMT ni ta’sis etadigan konvensiya 1967
yilda Stokgolmda imzolanib, 1979 yilda kuchga kirgan. BIMT ga
butun dunyoda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va turli hududiy
tashkilotlarning ma’muriy boshqaruvini ta’minlash yo‘li bilan
intellektual mulkni muhofaza qilishga ko‘maklashish vazifasi
yuklatilgan. BIMT hukumatlararo tashkilot bo‘lib, BMT tarkibiga
kiradigan 16 ixtisoslashtirilgan muassasalardan biridir. 150 ga
yaqin mamlakatlar BIMT ishtirokchisi bo‘ldi.
Sanoat mulki ob’ektlaridan ularning xususiyatlarini hisobga
olgan holda foydalanishni samarali boshqarish uchun quyidagi to‘rt
holatni bilmoq, o‘zlashtirmoq va aniq tasavvur qilmoq lozim:
1) ayrim ob’ektlarning tarkibi va mazmuni (yuridik va
ma’nodor, ularning bir-biriga mosligi);
2) xalqaro standartlar hamda qonunchilik va me’yoriy
materiallar o‘zaro munosabatdorligi;
3) intellektual (sanoat) mulk ob’ektlarini hisobga olish va
ulardan foydalanishning tengligi;
4) sanoat mulki ob’ektlari qiymatini baholashga doir yagona
yondashuv.
Dastlabki ikki holat ekzogen (tashqi) xarakterga ega bo‘lib,
innovatsion korxonalarga uncha bog‘liq bo‘lmaydi, keyingi ikkitasi
– endogen (ichki) xarakterga ega bo‘lib, innovatsion faoliyatni
amalga oshiradigan korxonalarga bevosita bog‘liq. Agar moddiy
va nomoddiy aktivlar ahamiyati, ularning nisbati hisobga olinsa,
uchinchi va to‘rtinchi holatlar korxonalar uchun hal qiluvchi
bo‘lishi mumkin, ayniqsa to‘liq va professional ravishda
innovatsion biznes bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun. Shu
bois intellektual mulk ob’ektlarini nomoddiy aktivlar (NMA)
sifatida hisobga qabul qilish va ularni xo‘jalik aylanmasiga kiritish
masalasi g‘oyat muhimdir.
Nomoddiy aktivlar ob’ektlar tarkibi, huquqiy tartibi, qo‘llash
xarakteri va hokazolarga ko‘ra turlichadir. Nomoddiy aktivlarning
422
asosli hisobi uchun ularni tartibga solish lozim, bu esa xalqaro
standartlar (MSFO) ga o‘tishda ayniqsa muhimdir. Bu maqsadlarda
barcha nomoddiy aktivlarni quyidagi jihatlar bo‘yicha tasniflash
mumkin:
olish uslubiga ko‘ra – korxona (tashkilot) ning o‘zida
yaratilgan yoki chetdan olingan aktivlar;
huquqiy tartibga ko‘ra – belgilangan foydali xizmat
muddatiga ega bo‘lgan xavfsizlik hujjatlari bilan himoyalangan
nomoddiy aktivlar (masalan, sanoat namunasi – patenti 10 yil
muddatga, ixtiro – patenti 20 yil muddatga, foydali model –
guvohnoma 5 yil muddatga); amal qilishi hech qanday
cheklovlarga
ega
bo‘lmagan xavfsizlik hujjatlari bilan
himoyalangan nomoddiy aktivlar (masalan, tovar belgisi, tovarning
kelib chiqish joyining nomi);
mustaqil baholash imkoniyatiga ko‘ra – nomoddiy aktivlar
yo alohida, yo birlashgan holda baholanadi;
ishlab chiqarishda ishtirok etish darajasiga ko‘ra – hozirgi
vaqtda korxonaga foyda keltiradigan amaldagi nomoddiy aktivlar;
hozirgi vaqtda qo‘llanmaydigan, lekin kelajakda istiqbolli bo‘lgan
nomoddiy aktivlar;
korxonaning bozor qiymatiga ta’sir etish darajasiga ko‘ra –
realizatsiyadan foyda keltira oladigan va korxona qiymatiga
bevosita ta’sir ko‘rsata bilgan nomoddiy aktivlar (foydali modellar,
sanoat namunalari); korxonaning bozor qiymatiga bilvosita ta’sir
etadigan nomoddiy aktivlar (savdo markasi, brend, gudvill).
Asosan intellektual mulk ob’ektlaridan tashkil topgan
nomoddiy aktivlar tasnifi quyidagi maqsadlarda muhimdir:
1) intellektual mulk ob’ektlari (intellektual mulk natijalari)
inventarizatsiyasi;
2) ularni hujjatda rasmiylashtirish;
3) turli (daromadli, chiqimli yoki qiyosiy) usullarni qo‘llagan
holda qiymatni (shu jumladan, bozor qiymatini) baholash;
4) intellektual mulkni nomoddiy aktivlarni korxona mulki
sifatida e’tirof etish asosida buxgalterlik hisobiga olish va hisoboti.
423
Birinchi, inventarizatsiya bandi bo‘yicha metodik jihatdan
ma’lum tajriba mavjud, ammo bu tajriba amaliy jihatdan boshqa
aktivlarga tegishli bo‘lsada, ko‘rilayotgan ob’ektlarga nisbatan
qo‘llanilishi mumkin. Ikkinchi band – hujjatda rasmiylashtirish
bo‘yicha huquqiy va tashkiliy asoslar (qonunlar, me’yoriy hujjatlar
va h.k.) yaratilgan va yaratilmoqda, intellektual mulkni huquqiy
tartibga solish masalalari hal etilmoqda. Uchinchi band – qiymatni
baholash bo‘yicha baholash tamoyillari aniqlanib, baholash usullari
(beso‘naqay, uncha asosli bo‘lmasa ham), standartlar va h.k. lar
ishlab chiqilgan. Bunda ushbu usul va standartlarni xalqaro
standartlar talablari bilan moslashtirish harakatlari qilinmoqda.
Shunday qilib, yuqorida qayd etilgan dastlabki uch holat
bo‘yicha nomoddiy aktivlarni, xususan, intellektual mulk
ob’ektlarini, korxonalar faoliyatining xo‘jalik aylanmasiga jalb
etishga yordam beradigan kerakli ishlar (qisqartirilgan ko‘rinishda
bo‘lsa ham) olib borilishi mumkin. To‘rtinchi band – buxgalterlik
hisobi va hisobotga kelsak, korxonalarning amaliy faoliyatida
ushbu band eng murakkab va kam ishlanganlarga kiradi.
Intellektual mulk ob’ektlarini hisobga olish (uning metodik va
mazmunan ishlanganligi) ularni xo‘jalik aylanmasiga jalb etish
jarayonida oxirgi bo‘g‘in sifatida nihoyatda muhimdir.
Ta’kidlash lozimki, o‘z aktivlarida yangi texnologiyalar,
bilimlar, yangi boshqaruv metod va uslublari, savdo markalari,
sheriklarda yuqori biznes obro‘siga ega bo‘lgan zamonaviy
kompaniyalarda (ularning hajmidan qat’i nazar) ularning moddiy
aktivlari qiymati, ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, ularning bozor
qiymatining 25-30% inigina tashkil qiladi. Ushbu va shunga
o‘xshash boshqa ma’lumotlar intellektual mulk ob’ektlarini son
jihatdan asosli va aniq xo‘jalik aylanmasiga jalb etish naqadar
muhim ekanligidan dalolat beradi. Bu shu borada ham muhimki,
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari korxonalarimizda amal
qilinadigan hisobga olish metodlarini ko‘pgina intellektual mulk
ob’ektlarining nomoddiy aktivlar sifatida e’tirof qilinishi nuqtai
nazaridan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bunda tovar, tijorat
bitimi predmeti sifatida aylanmaga kiritila oladigan mutlaq mulk
424
huquqlari g‘oyat muhim. Mutlaq mulk huquqlarining bunday
xususiyati ularni korxonalarning bir qismi sifatida ko‘rishga va
yuridik shaxsning mulk majmuiga qo‘shishga imkon beradi. Shu
sababli mutlaq mulk huquqlari tashkilotlarda nomoddiy aktivlar
sifatida hisobga olinadi.
Intellektual mulk muhofazasini O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
20 iyuldagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk
agentligi to‘g‘risidaNizom”ga muvofiq Agentlikning asosiy
vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga
oshirishni
ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat
namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’ektlarini
huquqiy himoya qilish;
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy himoyasi holatini
kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq
takliflar ishlab chiqish;
intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini
izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga
oshirish;
intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy
hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan
huquqlarni o‘zaro muhofaza qilish haqida xalqaro shartnomalarni
tuzish orqali o‘rnatish va mustahkamlash;
intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa
ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
jamiyatda
intellektual
mulkka
nisbatan
huquqiy
madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish.
Agentlik o‘ziga yuklatilgan bu vazifalardan kelib chiqgan
holda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
I.Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga
oshirishni
ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat
425
namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’ektlarini
huquqiy himoya qilish sohasida:
intellektual mulk sohasida normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalari va takliflarini ishlab chiqadi hamda Adliya vazirligiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reglamentlarida
belgilangan muddatlarda keyinchalik kelishish (viza qo‘yilishi)
uchun kiritadi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya
yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib
chiqqan joy nomlari, elektron hisoblash mashinalari (keyingi
o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral
mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza hujjatlarini berish
yuzasidan talabnomalarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar
belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy
nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, talabnoma topshirilgan
ob’ektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM
uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar
topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat
ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan
o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy
ro‘yxatdan
o‘tkazishni
hamda
integral
mikrosxemalar
topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza
hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum
tovar belgilari Ro‘yxati va tegishli reestrlarini yuritadi;
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat
ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, EHM uchun
dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar
topologiyalariga
topshirilgan
talabnomalarning
o‘rnatilgan
talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha muhofaza
hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul
qiladi;
426
ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatlilik
shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi
ekinlari navlarini sinash markazi va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan
nazorat qilish inspeksiyasi xulosalari asosida muhofaza hujjatlarini
berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini
belgilaydi;
depozitariyda
saqlanayotgan
intellektual
mulk
ob’ektlarining ochiqligi va ulardan erkin foydalanishni
ta’minlovchi depozitariy funksiyasini bajaradi, shu jumladan
depozitariyga zarur bo‘lgan nusxani depozitariy bilan shartnoma
asosida olish uchun murojaat qilgan har qanday shaxsga imkoniyat
yaratadi;
intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanishga huquqlar
berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni
to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan
o‘tkazadi va tegishli reestrlarni yuritadi;
intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan
ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi,
ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni
ta’minlaydi;
Davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etadi va
amalga oshiradi, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar
tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va
qulayligini ta’minlaydi;
Agentlikning byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini,
shuningdek intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza va
himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va
materiallarni chop etishni tashkil qiladi hamda amalga oshiradi;
patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi,
patent vakillarining davlat reestrini yuritadi;
427
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun
yaratilgan dasturlarni takrorlash va fonogrammalarni tayyorlashga
litsenziyalar beradi, shuningdek litsenziatlar tomonidan litsenziya
talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga
oshiradi.
II.Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy himoyasi holatini
kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq
takliflar ishlab chiqish sohasida:
intellektual mulk sohasining rivojlanish holatini, jumladan,
ushbu sohadagi xalqaro reytinglar va indekslar metodologiyasi va
mezonlarini hisobga olgan holda har tomonlama tahlil qiladi va
baholaydi;
intellektual mulk ob’ektlarini ishonchli huquqiy himoyasi
va muhofazasi ta’minlanishiga, shuningdek, ushbu sohani
rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tizimli muammolar va
kamchiliklarni tahlil qiladi hamda natijasi bo‘yicha ularni bartaraf
etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
intellektual mulk sohasining kelgusidagi rivoji va huquq
egalarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar
tayyorlaydi;
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasini
takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli
davlat organlari va tashkilotlariga takliflarni tayyorlaydi va
kiritadi;
zamonaviy
tendensiyalar
hisobga
olingan
holda
qonunchilikni izchil rivojlantirishga, intellektual mulk sohasida
umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni milliy qonunchilik va
huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishga qaratilgan
takliflarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi;
intellektual
mulk
ob’ektlarining ishonchli huquqiy
muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida O‘zbekiston
Respublikasi qabul qilgan xalqaro majburiyatlar bajarilishining
monitoringini o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mavqeini, jumladan,
jahon hamjamiyatiga mamlakatda intellektual mulk sohasida
428
amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xolisona axborot
yetkazish orqali mustahkamlash, obzorli, ma’lumotnoma va
boshqa materiallarni tayyorlash choralarini ko‘radi.
III.Intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini
izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga
oshirish borasida:
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida intellektual
mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tatbiq etilishi
amaliyotini o‘rganadi va tahlil qiladi;
huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili natijalari bo‘yicha qonun
hujjatlarini
yanada
takomillashtirish
yuzasidan
takliflarni
tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
aniqlangan qonunbuzarliklar, ularning sodir etilishiga sabab
bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun
huquqni
qo‘llash
amaliyoti
bo‘yicha
umumlashtirilgan
materiallarni davlat organlari va tashkilotlariga yuboradi;
intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni
noto‘g‘ri va ziddiyatli qo‘llash amaliyotini, shuningdek, ushbu
sohada huquqbuzarliklar sodir etilishiga yordam beradigan salbiy
omillar, sabablar va sharoitlarni bartaraf etishga doir amaliy
choralar ko‘radi;
normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari yuzasidan
o‘z xulosasini shakllantiradi va yetkazadi;
qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi
hamda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish
sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi,
uning asosida huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish
choralarini ishlab chiqadi;
intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash va
bartaraf etish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi, soliq va boshqa
davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun
buzilishlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xulosa beradi;
qonunchilikka
muvofiq
ravishda
intellektual
mulk
ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni
429
himoya etish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
IV.Intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy
hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlash sohasida:
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi
sohasida xalqaro hamkorlik va o‘zaro aloqalarni amalga oshiradi;
xalqaro shartnomalarni tuzish yuzasidan belgilangan
tartibda takliflar kiritadi, intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy
muhofazasi va himoyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga ko‘ra
ushbu shartnomalarni imzolaydi;
tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan
muzokaralar olib boradi va intellektual mulk ob’ektlarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida belgilangan tartibda
idoralararo shartnomalar tuzadi;
xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy
tashkilotlar
bilan
patent
hujjatlari
va
patent-huquqiy
adabiyotlarning
xalqaro
almashinuvini
amalga
oshiradi,
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi
sohasida chet el tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanilishini
tashkil qiladi;
belgilangan tartibda intellektual mulk sohasida xalqaro
hamkorlikni amalga oshiradi va ushbu hamkorlik doirasida
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi
masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning ishida
ishtirok etadi;
O‘zbekiston
Respublikasining
tegishli
xalqaro
shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini
o‘z vakolati doirasida ta’minlaydi.
V.Intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa
ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, jamiyatda
intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va
hurmat hissini shakllantirish sohasida:
430
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va
himoyasi sohasida manfaatdor shaxslarga uslubiy yordam
ko‘rsatadi;
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va
himoyasi masalalari bo‘yicha idoralararo axborot almashinuvini
amalga oshiradi;
intellektual mulk sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va
takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini
tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;
mamlakatning sotsial-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi
uchun intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza
va himoya qilishning maqsadi va ahamiyatini keng tushuntirish
bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi;
intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro va milliy
ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va
boshqa tadbirlarni tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi;
intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish va ulardan
qonuniy foydalanish masalalarida aholi keng qatlamlarining
huquqiy madaniyati hamda savodxonligini oshirish tadbirlarini
amalga oshiradi;
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va
himoyasini ta’minlash sohasida o‘z vakolati doirasida tegishli
tadbirlarni amalga oshiradi va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik
qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Intellektual mulk agentligi intellektual mulk ob’ektlariga patent
berish haqidagi talabnomalarni qabul qiladi va ularni ekspertizadan
o‘tkazadi. Amaldagi qoidalarga mos kelgan ilmiy g‘oyalar,
texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari Intellektual mulk
agentligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olinadi, patentlar beriladi va
rasmiy axborotnoma nashr etiladi.
Patent –ixtiro uchun alohida huquq beruvchi hujjat, ya’ni
patent egasining roziligisiz hech kim ixtirodan foydalana olmaydi.
Foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun muallif bilan oddiy,
alohida yoki to‘liq litsenziya olish haqida shartnoma tuzish lozim.
431
Shartnomaga ko‘ra oddiy litsenziyada, uni sotib olganga, muayyan
sharoitlarda patentlangan ixtirodan foydalanish imkoni beriladi,
shuningdek, patent egasi undan foydalanish va boshqa birovlarga
berish huquqini saqlab qoladi. Shartnomada kelishilgan alohida
litsenziyada sotib olgan shaxsga shartnoma doirasida favqulodda
huquqlar beriladi. Bunda muallif o‘z huquqidan mahrum
bo‘lmaydi, biroq uni boshqalarga taqdim eta olmaydi. To‘liq
litsenziya haqidagi shartnoma uni sotib olgan shaxsga shu
shartnomada ko‘rsatilgan davrda patent huquqlaridan to‘liq
foydalanish imkonini beradi, iqtiro egasi o‘z ixtirosidan
foydalanish huquqini yo‘q qiladi, ya’ni yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
3 dekabrdagi 979-son qarori bilan tasdiqlangan “Innovatsion
rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat
natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi to‘g‘risida
Nizom”ning 37- bandiga ko‘ra: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-
texnik faoliyat natijasida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat sub’eklari
tomonidan olingan intellektual mulk ob’ektlariga huquq davlatning
ilmiy va oliy ta’lim, shuningdek, davlat boshqa muassasalari
nomidan, agar intellektual mulk ob’ektlari muallif (mualliflari)
bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa,
davlatga tegishli bo‘ladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14
iyuldagi“Ilmiy
va
ilmiy-texnikaviy
faoliyat
natijalarini
tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-son Qarori bilan davlat
byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental,
amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik
dasturlarini bajarish doirasida muassasalar tomonidan yaratilgan
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari, davlat ilmiy-texnik
loyihalar yakunlanganidan va (yoki) ular belgilangan tartibda
ro‘yxatdan
o‘tkazilganidan
keyin
tijoratlashtirilishi
2
hamda
2
Fundamental tadqiqotlar natijalari, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy fanlar
sohasidagi loyihalar bundan mustasno;
432
muassasalarning ilmiy kengashlari ishlab chiqarish siri (nou-xau)
yoki tijorat siri rejimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlarining intellektual (nomoddiy) natijasini qo‘riqlash to‘g‘risida
qaror qabul qilish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018
yil 14 iyuldagiPQ-3855-son Qarorida:
patentlangan intellektual mulk ob’ektlari mualliflariga
muassasaning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy
hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida;
mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat
natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy
jamoaga ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib
tushayotgan mablag‘larning tegishli ravishda 40 va 30 foizi
miqdorida rag‘batlantirish belgilangan.
Patent olish jarayoni, patent oluvchining ma’suliyatlari va
eksklyuziv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday
bo‘lsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing
biror-bir yangilik kiritayotgani haqida ma’lumot bo‘lishi kerak.
Aksariyat mamlakatlarda berilgan eksklyuziv huquqlar boshqalar
tomonidan patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qo‘llashi, sotishi
yoki tarqatishi holatlarining oldi olinadi.
Butunjahon Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari
bo‘yicha shartnomasiga ko‘ra, bu tashkilotga a’zo mamlakatlarda
har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar mavjud bo‘lishi zarur.
Yuqorida
qayd
etilganidek,
mamlakatimizda
patent
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual
mulk agentligi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza bo‘yicha
huquqiy vorisiga beriladi.
Ko‘pgina davlatlardagi qonunlariga ko‘ra, patent 15-20 yil
muddatga beriladi. Ba’zi mamlakatlarda ixtirolarni himoyalash
vaqti odatda kamida 20 yil bo‘lishi kerak.
Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida
amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Ba’zi
433
mamlakatlarda ma’lum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent
berilmaydi.
O‘zbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga
nisbatan qo‘yiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan
talablar hamda Intelektual mulk agentligining bunday hujjatni
berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda
qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
to‘g‘risida”gi qonunida belgilab berilgan.
Yurtimizda
ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar qatori
intellektual mulk muhofazasining huquqiy asoslari yaratilgani,
mulk egalarining barcha huquqlari, qabul qilingan qonun va
qoidalar orqali to‘la himoyalanadi.
Yuqorida qayd etilganidek, intellektual mulk asosini fan-ijod,
texnika va ishlab chiqarish bo‘lib, bular bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan. Eng yangi ilmiy ijod mahsulidan, uning amaliyotga
tadbiq etilishigacha bo‘lgan yo‘lni tashil etadi.
Bundagi ilmiy-texnikaviy rivojlanish, milliy iqtisodiyot
ishlab chiqarish va xizmat sohasida iqtisodiy qonunlariga
asoslangan holda, muntazam ravishda fan va texnika yutuqlarini
amaliyotda qo‘llab borish bilan olib boriladi.
Ilmiy-texnikaviy rivojlanishda, mamlakatdagi ixtirochilikga
bo‘lgan munosabat o‘ta muhim hisoblanadi. Ixtirolarning milliy
iqtisodiyotda qo‘llanilishi natijasida olingan iqtisodiy samara
ilmiy-texnikaviy
rivojlanishning
hal
qiluvchi
omillaridan
hisoblanadi. Shuning uchun ham intellektual mulk bo‘lgan ixtiro
patentlarning
yangi
texnologiya,
texnika
sifatida
milliy
iqtisodiyotga tadbiqi yurtimiz iqtisodiyotiga yalpi ishlab chiqarish
sur’atini jadallashtiradi.
Iqtisodiyotimizning jadal rivojlanish vaqtida mavjud va
bo‘lajak intelektual mulkning muhofazasiga yurtimizda katta
e’tibor berilayapti, bunga ayniqsa yuqorida keltirilgan, mustaqillik
yillarida qabul qilingan qonun va qoidalar buning isboti bo‘la
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |