3. Innovatsion loyihalar portfelini shakllantirish
Innovatsiyalar (yangilik kiritishlar)ni rejalashtirishning
umumiy jarayonida uning bir qator bosqichlari (yangilik
kiritishdagi ehtiyojni belgilash, mavzularni tanlash va h.k.)
innovatsion loyihalar portfelini shakllantirish bilan bog‘liq.
Innovatsion loyihalar (buyurtmalar) portfelini shakllantirish bir
qator xususiyatlarga ega. Buyurtmalar portfelini shakllantirish
uchun aniq innovatsion ishlar mavzularini tanlashda uchta holat
bo‘lishi mumkin:
1) maqsad aniq ifodalangan, va innovatsion loyiha – unga
erishish vositalaridan biridir. Bunday maqsad sifatida dastur
boshqaruvli stanok, yangi avlod televizorini yaratish bo‘lishi
mumkin;
2) maqsad innovatsion ishlar dasturi (rejasi) ni tuzishga
imkon bermaydigan umumiy shaklda ifodalangan. Bunday
maqsadga muayyan kasallik (saraton, atipik pnevmoniya) bilan
332
kurashni yaxshilash, kompaniyalar daromad keltirishini maksimal
oshirish, jinoyatchilik darajasini pasaytirishlar kirishi mumkin;
3) maqsad noma’lum. Masalan, sanoat va qurilishda ilmiy-
texnik taraqqiyotni kuchaytirish lozim. Bu holda ilmiy
konsepsiyani izlash amalga oshiriladi, uning asosida masalani hal
etish dasturi tuziladi.
Birinchi holatda aynan kerakli va foydali loyihani to‘g‘ri
asoslab berish muhimdir. Bu marketing tadqiqotlar, loyiha
istiqbolliligi va xarajatlar va samaradorlikni baholashning
zamonaviy sonli usullarini qo‘llashni belgilash asosida qilinishi
mumkin. Natijada innovatsion ishlarning aniq ifodalangan
maqsadga erishish bo‘yicha rejasi ishlab chiqiladi. Birinchi,
maqsad aniq ifodalangandagi holat buyurtmalar portfelini
shakllantirish va innovatsion ishlar mavzularini ishlab chiqish
uchun eng soddasidir. Ushbu holat asosan korxona (firma,
kompaniya) lar uchun xosdir.
Ikkinchi holatda avvalambor umumiy asosiy maqsad
ifodasini aniqlashtirish lozim. U sodda bo‘lishi mumkin, masalan,
korxona (tashkilot) maksimal daromad olishga intilsa. Ammo ko‘p
holatlarda umumiy maqsad ancha murakkabroqdir. Masalan,
tadqiqotning umumiy maqsadida – jinoyatchilik darajasini
pasaytirishda – dastlab asosiy maqsadni belgilab olish zarur:
jinoyatlarni oldini olish yoki ularni fosh etish. So‘ngra yagona
maqsad yoki undan kelib chiqqan bir nechta maqsadlar aniq
ifodalanadi.
Umumiy
maqsaddan
kelib
chiqadigan
aniq
maqsadlarni ifodalash qiyin masaladir, chunki bunday aniq
maqsadlar korxona (tashkilot) ning rivojlanish strategiyasiga
maksimal javob berish kerak. Maqsadlar aniq va ravshan
ifodalangandan so‘ng keyingi bosqich amalga oshiriladi – mumkin
bo‘lgan innovatsion loyihalarni tahlil qilish va ularning qo‘yilgan
maqsadlarga
mosligini
baholash.
Uchinchi
holatda
aniq
innovatsion loyihagacha bo‘lgan ishlar bosqichlari ancha ko‘proq.
Innovatsion
loyihalar
portfelini
shakllantirish
xususiyatlaridan biri – shunday metodlardan foydalanishki,
ularning yordamida g‘oyalar ilgari surilishi, korxona (kompaniya)
333
ning maqsadlariga erishish nuqtai nazaridan eng istiqbolli ilmiy
tadqiqotlar sohasi aniqlanishi mumkin. Undan keyin ularning
asosida innovatsion ishlanmalarning aniq mavzulari ifoda etilishi
mumkin. Bunday hollarda ko‘pincha olimlar, korxonalar ilmiy
bo‘linmalari rahbarlari, loyihaviy-konstruktorlik bo‘limlari va
marketing xizmatlari xodimlarining uchrashuvlaridan iborat “
usuli qo‘llaniladi. Ushbu uchrashuvlarda g‘oyalarni erkin ifodalash
muhiti yaratiladi, ilmiy farazlar va konstruktorlik takliflarni
konseptual bog‘lash amalga oshiriladi.
Patent
va
ixtirolardan
faol
foydalanish
muhim
metodlardandir. Mazkur metod ahamiyati patentshunoslarni yangi
g‘oyalar tahliliga va ma’lum sohada patent izlanishni tashkil
etishga
jalb
qilishdan
iborat.
Buyurtmalar
portfelini
shakllantirishning ushbu va boshqa metodlari loyihalarni oldindan
tanlash va innovatsion ishlanmalar mavzularini yakuniy tanlovida
qo‘llaniladi.
Buyurtmalar portfelini shakllantirish uchun aniq innovatsion
loyihalar mavzularini tanlash ishlanmalar rejasiga barcha kelgan
takliflarni kiritish ilojsizligi bilan qabul bo‘lgan. Jarayonning
dastlabki
bosqichida
loyihalarni
tanlash
va
ularning
samaradorligini belgilashning turli metodlari qo‘llaniladi (ba’zilari
10 bobda bayon etilgan). Ammo buyurtmalar portfelini
shakllantirish innovatsion loyihalarni samaradorlik darajasi
bo‘yicha joylashtirishdan iborat emas, garchi bu qulay va sodda,
biroq ko‘pincha real muhitda o‘rinsiz usuldir. Loyihalar
samaradorligidan tashqari buyurtmalar portfelini shakllantirishda
boshqa omillar ham hisobga olinadi:
ilmiy-texnik kadrlar va mavjud tajriba-eksperimental
uskunalardan samarali foydalanish;
korxona yoki tashkilotga lozim bo‘lgan yangiliklar
diversifikatsiyasi darajasi;
ishlab chiqarish quvvatini yuklash optimalligi, ayniqsa
mablag‘ talab etadigan sohalarda;
bo‘linmalar,
tashkilotning
to‘plangan
ilmiy-texnik
tajribasini hisobga olish;
334
korxona (kompaniya)larning, ba’zi holatlarda esa butun
soha o‘sishining maqsadga muvofiq sur’atlari.
Buyurtmalar portfelini shakllantirganda hisobga olinadigan
muhim omillarga quyidagilar ham kiradi: mahsulotlar (yoki
texnologik jarayonlar) modifikatsiyasiga va ularning butkul yangi
turlarini yaratishga qaratilgan loyihalar o‘rtasida ratsional
muvozanatni saqlash; innovatsiyalarning tajovuzkor va mudofaa
strategiyalari o‘rtasida oqilona muvozanatni saqlash; loyihalar
turli-tumanligi. So‘nggisidan oldingi omil shuni anglatadiki, har bir
korxona (firma, kompaniya) birinchi navbatda shunday sohalarga
taalluqli innovatsion loyihalar tanlashi lozimki, u yerda bozordagi
yetakchi o‘rinni saqlab qolishga urinsin, keyin esa raqobatchilar
tomonidan kutilmagan harakatlarni oldini olish uchun bozor
kon’yunkturasini bilish lozim bo‘lgan sohalarni tanlasin.
Buyurtmalar
portfelida
korxona
(kompaniya)lar
maqsadlariga erishish nuqtai nazaridan innovatsion loyihalar turli-
tumanligi alohida qiziqish uyg‘otadi. Buyurtmalar portfeli turli –
yirik va kichik, mukammallikka yaqin va boshlanayotgan
loyihalarni o‘z ichiga olsa asosli hisoblanadi. Buyurtmalar portfeli
tez-tez qayta ko‘rilsada, u ma’lum chegaralarga ega bo‘lishi va ish
rejasi (istiqbolli va yillik) bir tekis amalga oshirilishi uchun
nisbatan barqaror bo‘lishi lozim.
Buyurtmalar portfelini tashkil etuvchi innovatsion loyihalar
soni ma’lum vaqt ichida loyihalar ko‘lami va ularni amalga
oshirish muddatiga bog‘liq. Ushbu parametrlar asosan barcha
ishlanmalar uchun talab etiladigan moliya resurslari umumiy
hajmini, ya’ni innovatsion ishlarning umumiy byudjetini
belgilaydi. Birinchi taxminiy loyihalar soni innovatsion ishlar
byudjetining bitta loyihaga o‘rtacha qiymat nisbati sifatida
belgilanishi mumkin.
Buyurtmalar portfeli mutanosibligiga erishish uchun yirik va
kichik innovatsion loyihalarning afzalliklari va kamchiliklarini
yodda tutish lozim. Agar buyurtmalar portfeli asosan yirik
loyihalardan iborat bo‘lsa, u kichik loyihalar portfeliga nisbatan
ancha xavfliroq hisoblanadi. Tajribadan ma’lumki, barcha
335
innovatsion loyihalarning 10% igina muvaffaqiyatli va samarali
tugallanishi mumkin, ya’ni buyurtmalar portfeliga kiruvchi har bir
loyiha samaradorligi 10% li ehtimolga ega. Shubhasiz, loyihalar
soni o‘sishi bilan kamida bitta loyihaning muvaffaqiyatli bajarilishi
ehtimoli ortadi.
Kichik loyihalar afzalliklaridan biri – ularning tegishli
mavjud (moliyaviy, kadrlar, moddiy) resurslarni hisobga olgan
holda muvaffaqiyatli bajarilishi imkoniyatidir, bir vaqtning o‘zida
yirik loyihalar ko‘pincha katta hajmdagi qo‘shimcha kamyob
resurslar jalb etilishini talab etadi. Ammo kichik loyihalar
kamchiliklarga ham ega. Ko‘p holatlarda kichik loyihalar shunday
yangiliklarga qaratilganki, ular kichik realizatsiya hajmiga ega
bo‘lib, natijada daromad ham katta bo‘lmaydi. Agar buyurtmalar
portfeli asosan kichik loyihalardan iborat bo‘lsa, bu cheklangan
bozor
potensialiga
ega
bo‘lgan
katta
miqdordagi
innovatsiyalarning realizatsiyasiga olib keladi. Bu holda korxona
maqsadiga erishish (masalan, daromadni yuksaltirish, rentabellik
darajasini oshirish) muammoli bo‘lib qoladi, ayniqsa, istiqbolda.
Har qanday holatda ham buyurtmalar portfelini shakllantirishda
innovatsion loyihalar sonini cheklamoq lozim. Cheklovlarga turli
yo‘llar bilan, shu jumladan, katta loyihalar tanlash bilan ham, lekin
xavf-xatarning maqbul darajasini va resurslardan samarali
foydalanishni hisobga olgan holda erishish mumkin.
Buyurtmalar portfeli innovatsion ishlar natijalari yoki
buyurtmachilar tomonidan
maqsadlar
o‘zgartirilishi nuqtai
nazaridan uzluksiz tahlil etiladi. Ko‘pgina holatlarda tahlil
innovatsion loyihalar portfeli o‘zgarishiga olib kelmaydi. Ammo
loyihaning mazmuni o‘zgarishi yoki uni bajarishdan to‘liq to‘xtash
holatlari ehtimoli bor. Sabablari – kutilmagan omadsizliklar,
yanada samarali maqsadlarga chiqish, buyurtmachi maqsadining
dolzarbligi yo‘qolishi, raqobatchilarning maqsadlarni qayta ko‘rib
chiqishga undagan samarali natijalaridir. Shu tariqa, innovatsion
loyihalar portfelini shakllantirish - tajriba, bilimlar, xodimlar
imkoniyatlari haqidagi aniq tasavvur va ishlanmalar muvaffaqiyati
ehtimolini talab etadigan murakkab masaladir.
336
Do'stlaringiz bilan baham: |