Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 Innovatsion sohada davlat tomonidan tartibga solish usullari



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

2. Innovatsion sohada davlat tomonidan tartibga solish usullari 
Davlatning innovatsiyalar sohasida ta’sir ko‘rsatish 
usullarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvositaga ajratish mumkin. 
Ularning nisbati mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga va davlat 
tomonidan tartibga solishning shu munosabat bilan tanlangan 
konsepsiyalariga qarab belgilanadi.
Innovatsion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari asosan ikki shaklda amalga oshiriladi: 
ma’muriy-idoraviy va dasturiy-maqsadli. Ma’muriy-idoraviy shakl 
innovatsiyalarga 
bevosita 
ko‘maklashish maqsadida qabul 
qilinadigan maxsus qonunlarga muvofiq amalga oshiriladigan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishning dasturiy-
maqsadli shakli yangilik kiritishlarni, shu jumladan, kichik yuqori 
texnologiyali firmalarda, qo‘llab-quvvatlashning davlat maqsadli 
dasturlari 
vositasida 
innovatsiyalarni 
shartnomali 
moliyalashtirishni taqozo etadi. U yoki bu yangiliklar (tovarlar, 
texnologik jarayonlar, xizmatlar) ni sotib olishga davlat 
shartnomalari tizimi yaratilib, firmalarga yangiliklarni amalga 
oshirish uchun kredit imtiyozlari taqdim etiladi. Shartnomali 
moliyalashtirish - shartnoma munosabatlari tizimining hozirgi 
vaqtda keng tarqalgan elementlaridan biri – buyurtmachilar va 
pudratchilar o‘rtasidagi shartnomalardir. Shartnomada ishlarning 


320 
tugash 
muddatlari, 
ijrochilar 
o‘rtasida mehnatning aniq 
taqsimlanishi, moddiy mukofotlash xarakteri aniq belgilanadi. 
O‘zaro majburiyat va iqtisodiy sanksiyalar qat’iy kelishiladi. 
Innovatsion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari tizimida sanoat korxonalari (firma, 
korporatsiyalar) ning yangilik kiritish sohasidagi kooperatsiyasi va 
universitetlarning sanoat bilan kooperatsiyasini tezlashtiradigan 
chora-tadbirlar muhim o‘ringa ega. Kooperatsiyaning ushbu 
shakllaridan ikkinchisi, bir tomondan, ilg‘or ilmiy g‘oyalarni 
ularning tijorat realizatsiyasi bosqichiga yetkazish, ikkinchi 
tomondan, sanoatning fundamental va izlanish tadqiqotlarini 
moliyalashtirishda manfaatdorligini oshirish uchun sharoitlar 
yaratish zaruratidan kelib chiqqan. Davlat innovatsion siyosatining 
ushbu yo‘nalishida uning sanoat innovatsiyalarining ilmiy 
yangiligiga yo‘naltirilishi namoyon bo‘ladi, bu esa ko‘pincha 
birinchi navbatda ishlab chiqarish va tijorat masalalarni hal 
qiladigan sanoat firma va korxonalari manfaatlarini amalga 
oshirishda ikkilamchi vazifa bo‘ladi. 
Davlat tomonidan innovatsion jarayonni tartibga solishda 
bilvosita usullar ham muhim rol o‘ynaydi. Davlat innovatsion 
siyosatini amalga oshirishda qo‘llanadigan bilvosita usullar, bir 
tomondan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirishga, ikkinchi 
tomondan, - novatorlik faoliyati uchun qulay (ijtimoiy, iqtisodiy, 
psixologik) muhitni yaratishga qaratilgan. Innovatsion jarayonlarni 
davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari tarkibi, 
tuzilishi va mazmuni turli-tumandir. 
Bilvosita usullarga soliq imtiyozlari va chegirmalarini, 
kredit imtiyozlarini kiritish mumkin. Soliq imtiyozlari va 
chegirmalari quyidagilarda ifodalanadi: korxona va tashkilotlar 
foydasining istiqbolli innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishga, 
ilmiy-texnik zaxirani yaratishga yo‘naltirilgan qismini soliqqa 
tortishdan ozod qilish; ilmiy tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlarining 
chet el valyutasidagi mablag‘larini ilmiy-texnik (innovatsion) 
mahsulotlarini sotishdan olingan va maxsus asbob-uskunalar va 
noyob qurilmalarni sotib olishga yo‘naltirilgan soliq solinadigan 


321 
daromadlar sonidan chiqarish; ilmiy-texnik tashkilotlar uchun 
qo‘shilgan qiymat, mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini 
kamaytirish; 
korxona (firma)lar tomonidan ma’lum davr 
mobaynida ixtiro va boshqa yangiliklardan foydalanishdan 
olinadigan foydaga soliq solishni kamaytirish. Innovatsiyalarni 
davlat tomonidan tartibga solishning muayyan sharoitdagi samarali 
bilvosita usullariga kredit imtiyozlari, ya’ni korxonalar, aksionerlik 
jamiyatlari va firmalar – innovatsion ishlanmalar, yangiliklar 
natijalarining potensial iste’molchilariga kreditlar (masalan, past 
foiz stavkasi bilan) taqdim etish.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish