337
Innovatsiyalarni boshqarish doim o‘zgaradigan sharoitlarda
amalga oshiriladi, bu esa innovatsion ishlar rejasini uzluksiz ko‘rib
chiqishni talab qiladi. Shu bois innovatsion loyihani boshqarish ish
rejasida keskin o‘zgarishlarsiz tez-tez yangilanishlarga imkon
berish uchun moslashuvchan bo‘lishi kerak.
Loyihani boshqarish hozirgi vaqtda vujudga kelgan vaziyat
to‘g‘risidagi ma’lumot bilan uning maqsadga muvofiqligi va
samaradorligi to‘g‘risidagi oldindan belgilangan tasavvurni
(buyurtmalar portfelini shakllantirishda, loyihani ishlab chiqishda)
taqqoslashda asoslangan. O‘lchangan yutuqlar (ko‘rsatkichlar va
h.k.) va rejalashtirilgan ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar vujudga
kelsa, bu esa ko‘pincha bo‘ladi, ma’lum choralar ko‘riladi. Bunday
choralarga moliya
resurslarini qayta taqsimlash, loyihalarni
bajarish tartibi, buyurtmalar portfelini qisman qayta ko‘rish,
kadrlar tuzilmasining o‘zgarishi kiradi. Shu sababli ishonchli va
o‘z vaqtidagi axborot innovatsion loyihani samarali boshqarish
uchun nihoyatda muhimdir.
Innovatsion loyihani boshqarishda quyidagi aniq ishlar
amalga oshiriladi:
har bir masalani hal etishda va har bir bosqichni bajarishda
xarajatlar darajasi va ishlar davomiyligi bo‘yicha yutuqlar
baholanadi;
bajarilishi ko‘zda tutilgan grafikdan chiqib ketgan vazifalar
aniqlanib, loyiha ustida ishlashning umumiy borishi uchun
ularning oqibatlari ehtimoli baholanadi;
innovatsion loyihani rejalashtirilgan moliyaviy va moddiy
xarajatlarga va uni tugatish sanasiga
nisbatan ishlab chiqish
o‘lchanadi;
loyihalar va ularning alohida bosqichlari samaradorligi
aniqlashtiriladi.
Innovatsion loyihalarni boshqarish turli metodlarni qo‘llash
bilan
amalga
oshiriladi.
Quyidagi
boshqarish
metodlari
qo‘llaniladi:
1) maqsadlarga ko‘ra;
2) xarajatlarga ko‘ra (xarajatlarni nazorat qilish usuli);
338
3) og‘ishlarga ko‘ra.
Maqsadlarga ko‘ra boshqarish
shu bilan xarakterlanadiki,
maqsadlar
qo‘yilishi korxona yoki tashkilot faoliyati
samaradorligini oshirish asosi sifatida ko‘rib chiqiladi. Birinchi
navbatda aniq ifoda etilgan maqsadlar fiksatsiyasi ta’minlanadi.
Ushbu maqsadlar aniq, haqiqiy bo‘lishi, va korxona yoki tashkilot
rivojlanishining umumiy vazifalarini amalga oshirishga samarali
yordam berishi lozim. So‘ng maqsadlarga erishishga to‘sqinlik
qiladigan omillar va ularni amalga oshirish uchun yordam
beradigan aniq chora-tadbirlar belgilanadi.
Ushbu chora-tadbirlar
tashkiliy, kadrlar bo‘yicha (masalan, xodimlarni qayta tayyorlash)
va iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Erishilgan natijalar muntazam
baholanadi. Mazkur usul samaradorligi korxona va loyihalar
rahbarlari tomonidan xodimlar bilan hamkorlikda ifodalangan
maqsadlar innovatsion loyiha ustida ishni yaxshilashga va uni
natijalarini o‘lchashga imkon beradigan omil va mezonlardir.
Maqsadlarga ko‘ra boshqarish metodlari realizatsiyasi ko‘p kuch
va vaqt talab etadi.
Xarajatlarni nazorat qilish usuli
(xarajatlarga ko‘ra
boshqarish) innovatsion loyiha byudjetini tuzish bilan amalga
oshiriladi. Loyiha byudjetini tuzish ko‘p jihatdan uni ishlab
chiqishga yondashuv bilan belgilanadi. Analitik, sintetik va aralash
yondashuvlar qo‘llaniladi.
Qayd etish lozimki, buyurtmalar
portfelining katta qismi nisbatan doimiy qiymatni talab etadi, u
o‘tgan yillar natijalari bo‘yicha aniqlanib, vujudga keladigan aniq
vaziyatga qarab tuzatiladi. Byudjetni tuzishga bo‘lgan aralash
yondashuvni talab etadigan yangi innovatsion loyihalar paydo
bo‘lishi mumkin. Byudjetning bu qismi alohida ko‘rib chiqiladi.
Byudjet innovatsion loyihani moliyaviy nazorat qilish uchun
asosiy hujjatdir. U umumiy xarajatlarni nazorat qilish uchun
maqsadga
muvofiq va samarali, va ma’lum miqdorda moliyaviy
mablag‘lar innovatsion loyihani amalga oshirish uchun
ishlatilishiga kafolatdir. Xarajatlarga ko‘ra boshqarishni qo‘llashda
nazorat va haqiqiy xarajatlarning byudjet tuzishda ko‘zda tutilgan
xarajatlar bilan taqqoslanishi nazarda tutiladi. Loyiha byudjeti bir
339
yilga tuzilib, uni ijrosini tekshirish esa yarim yilda bir marta yoki
har kvartalda amalga oshiriladi. Xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlar
bir oyda bir marta tuziladi, bu esa
rahbarga innovatsion loyiha
byudjetining sarflangan mablag‘larini kuzatish imkonini beradi.
Xarajatlari byudjetga to‘g‘ri kelmaydigan innovatsion loyiha
astoydil tekshiriladi. Innovatsion ishlanmalar natijalari faqat ularni
bajarishga sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida
belgilanmaydi, shuning uchun xarajatlarni nazorat qilish usuli
cheklangan qo‘llanilish sohasiga ega.
Og‘ishlarga ko‘ra boshqarish usuli mohiyati boshqarishning
oliy darajasidagi rahbarlar faqat loyiha ustida rejalashtirilgan ish
borishidan katta og‘ishlar to‘g‘risidagina xabardor etiladi. Rejadan
chiqqan
barcha
boshqa
og‘ishlar
innovatsion
loyihani
boshqarishning tegishli darajasida ko‘rib chiqiladi. Og‘ishlarga
ko‘ra boshqarishda quyi darajadagi (bo‘lim, sektor va guruhlar)
rahbarlar ular qabul qilgan tezkor qarorlar oqibatlari uchun to‘liq
javobgardir. Innovatsion loyihani boshqarishning ushbu usuli bitta
katta imtiyozi bilan ajralib turadi: rahbar vaqtini faqat hal qilishda
tajriba va bilimlari eng samarali bo‘lgan masalalarga sarflaydi.
Innovatsion loyihalarni samarali boshqarish barcha ushbu
usullarni kompleksli qo‘llash bilan erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: