O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“YENGIL SANOAT VA TO’QIMACHILIK” FAKULTETI
“YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYALARI VA JIXOZLARI” KAFЕDRASI
5321200 “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash tеxnologiyasi” ta`lim yo’nalishi
30-16 GURUH TALABASI ESONZODA SARDORBEKNING
“KORXONALARNI LOYHALASH” FANIDAN
”TOSHLOQ PAXTA TOZALASH KORXONASINI KOGT OQIM LINIYASINI HISOBGA OLGAN HOLDA LOYIHALASH”mavzusida
KURS ISHI
30-16 guruh talabasi
Bajardi: Esonzoda.S
Rahbar: O.Sarimsoqov
Taqrizchi: Sh. Xusanova
Kafedra mudiri: G’ Valiyev
Farg’ona 2020
MUNDARIJA
№
|
Qismlar
|
Bet
|
I
|
Kirish
|
3-4 betlar
|
II.
|
Paxta tozalash korxonasi to’g’risida ma’lumot
|
5-7 betlar
|
III.
|
Paxta tozalash zavodining ishlab chiqarish dasturini hisoblash
|
8-11 betlar
|
IV
|
“Toshloq paxta tozalash” korxonasining ombor va paxta saqlash maydonlarini hisobi
|
12-13 betlar
|
V
|
“Toshloq paxta tozalash” korxonasining tozalash rejasini hisoblash
|
14-16 betlar
|
VI
|
Paxta tozalash zavodi KOGT uskunalar majmuasining umumiy tozalash samaradorligini hisoblash.
|
17-23 betlar
|
VII
|
Foydalaniladigan asosiy texnologik uskunalar majmuasi
va tozalash samaradorligi
|
24-28 betlar
|
VIII
|
Xulosa
|
29- bet
|
IX
|
Foydalanilgan adabiyot
|
30-bet
|
X
|
Ilova
|
31-43 betlar
|
I. КIRISH
Paxtachilik sohasini rivojlantirish, paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki paxta va uning mahsulotlariga bo‘lgan talab doimo ortib borishi paxta tozalash sanoatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish kerakli ekanligini ko‘rsatmoqda.
Paxtachilik tarmogini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh va sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni yirik xorijiy bozorlarga yanada olib chikish, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy isloxotlar konsepsiyasiga muvofik “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.
Ular paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash, tashish va qayta ishlash, ekiladigan urug‘lik chigitni tayyorlash bo‘yicha ishlarning butun kompleksini tashkil etish va amalga oshirish, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan yuqori sifatli paxta mahsulotini tayyorlash bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida yagona siyosat olib borilishini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilinadigan paxta xomashyosining miqdori, sifati va navlari, paxta tolasi va urug‘lik chigitning unib chiqishiga oid ko‘rsatkichlar, paxta tozalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan paxta tolasining miqdori va sifati bo‘yicha ma’lumotlarning xaqqoniyligini zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali hisobga olish hamda nazorat qilish ishlarini tashkil etish, tuzilgan shartnoma (kontrakt)larga muvofik sotib olinadigan paxta xomashyosi va iste’molchilarga junatiladigan paxta mahsuloti uchun o‘z vaqtida va to‘lik xajmda xisob-kitoblarni amalga oshirish, zamonaviy yuqori unumli uskunalar va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish, sohaga investitsiyalar jalb etish, xomashyoni qayta ishlashga beruvchi sifatida paxta tozalash korxonalariga ular tomonidan paxta-tukimachilik klasterlari tizimida faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni rivojlantirish, sohaga innovatsion goya, ishlanma va texnologiyalarni joriy etish belgilangan.
Shunday tarmoqlardan biri paxta tozalash sanoati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda paxtani yetishtirish va uni ishlab chiqarish bilan 80 dan ortiq mamlakatlar shug‘ullanadi. Bugungi kunda
AQSH, Xitoy, Hindiston, Braziliya, О‘zbekiston, Pokiston hamda Meksika asosiy paxta ishlab chiqaruvchi mamlakatlar hisoblanadi.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar ta’lim sohasida ham uzluksiz o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqazo etmoqda. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tish kadrlarni tayyorlash sohasida jahon andozalariga mos ravishda tub o‘zgarishlar qilinishini talab etadi. Ma’lumki, xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarning samarali ishlashini undagi mavjud bo‘lgan malakali va bilimli xodimlar ta’minlaydi. Shu jihatdan hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon mutaxasislarni shakllantirishga erishish muxim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |