Mavzu: Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
Reja:
1. Davlat innovatsion siyosatining shakllanishi va uning asosiy yo‘nalishlari
2. Innovatsion sohada davlat tomonidan tartibga solish usullari
3. Innovatsion faoliyat rivojlanishining huquqiy asoslari
4.Innovatsion rivojlanish vazirligi
1. Davlat innovatsion siyosatining shakllanishi va uning asosiy yo‘nalishlari
Davlat innovatsion siyosati innovatsion faoliyatni kuchaytirish, uning samaradorligini oshirish va natijalarini mamlakatning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish maqsadida keng qo‘llashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. U uch bosqichdan iborat:
1) innovatsion faoliyat rivojlanishining ilmiy asoslangan konsepsiyalari (qarashlar tizimi) ning ishlanmasi – innovatsion salohiyat holatining tahlili asosida amalga oshiriladi;
2) davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
3) innovatsion faollikni oshirishga qaratilgan qo‘yilgan maqsadlarni bajarish bo‘yicha amaliy harakatlarni amalga oshirish.
Innovatsion siyosatda ikki yo‘nalishni ajratish lozim – strategik va taktik. Davlat innovatsion siyosat strategiyasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining uzoq muddatli konsepsiyalari asosida shakllanadi. Innovatsion siyosat strategiyasini tanlash davlat tomonidan innovatsion faoliyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlarni belgilashni va ilmiy salohiyatni qo‘llashni, innovatsion rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga muvofiq bosh maqsadlarni belgilashni taqozo etadi. Taktika esa ulkan samaradorlik bilan ushbu maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan joriy maqsadlar va aniq chora-tadbirlarni belgilashni taqozo etadi.