Moddiy-texnik ta’minot tizimini vazifalari
FM tadbirlarining oldiga qo’yilgan masalani muvaffaqiyatli amalga oshirishda har tomonlama va zamonaviy moddiy-texnikaviy ta’minoti (MTT) bilan ta’minlash asosiy shartlar hisoblanadi.
Moddiy ta’minlash FM tuzilmalarni muhofaza texnik vositalari, aloqa vositalari bilan, radiasion va ximiyaviy razvedka asboblari, yonilg’imoylash materiallari, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyimkechak mollari va boshqa vositalari bilan, FM tadbirlarini o’tkazish uchun kerakli hajmda, o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etishdan va amalga oshirishdan iborat.
Texnik ta’minlash FM vazifalarini hal qilishga jalb etiladigan texnikadan to’g’ri foydalanish, unga xizmat ko’rsatishni, uni tuzatish va evakuasiya qilishni tashkil etishdan va amalga oshirishdan iborat bo’ladi.
FM ni moddiy ta’minlashning vazifalari.
moddiy ta’minlash rejalarini ishlab chiqish va ularga tuzatish
kiritib turish;
kerakli muhofaza vositalari maxsus texnika, asboblar va boshqa narsalar zaxirasini yaratish;
tuzilmalarni texnika va buyumlar bilan ta’minlash;
oziq-ovqat va boshqa boyliklarni FV dan muxofaza qilinish
vositalarini takomillashtirish;
moddiy ta’minot tuzilmalarini FV sharoitida ishlashga tayyorlash.
«Fuqaro muhofazasi to’g’risida» qonunda FM MTT ga e’tibor berilgan bo’lib, uning 9,10,11 moddalarida Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar o’z vakolatlari doirasida FM moddiy-texnika, tibbiy va boshqa har xil vositalar zaxirasini yaratadilar, ularning to’planishi, saqlanishi, yangilab borishi va shay holatda saqlab turishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar va unga javob beradilar.
Texnik ta’minotni vazifalari.
ishdan chiqqan texnikani ta’mirlashni tashkil etish;
mashinalarga belgilangan muddatlarda va to’liq hajmda texnik xizmat ko’rsatish;
ta’minlash korxonalari va tizimlariga zaxira qismlar va ta’mirlash materiallarini yetkazib berish;
buzilgan texnikani ularni to’plash punktlariga yoki muqim ta’mirlash korxonalariga jo’natish;
texnikani ta’mirlash va evakuasiya qilish kuch va vositalarinitayyorlash.
FV bartaraf etish uchun Respublika Vazirlar Mahkamasi moliya zaxira fondi. FV bartaraf etishda birinchi navbatda bajariladigan ishlar uchun moddiy vositalar bazasi zaxirasi, davlat tarkibidagi zaxiraga yig’ilgan respublika byudjeti mahsulotlari ishlatiladi.
Favqulodda vaziyatlar talafotlarini bartaraf etish uchun, birinchi navbatda safarbarlik ehtiyojlarini ta’minlash va iqtisodiy turg’unlashtirish maqsadida 1996 yil 26 avreldagi №159-31 raqamli «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat zaxirasida qimatbaho mahsulotlarni saqlashning hajmi va tasnifi tasdiqlangan. Unda:
respublikada moliyaviy va moddiy mahsulotlar zaxirasi ministrlik va tarmoq mahsulotlari hisobidan;
mahalliy hokimiyat organlari moliyaviy va moddiy mahsulotlar zaxirasi-mahalliy hokimiyat organlari byudjeti mahsulotlari hisobidan;
obyekt moliyaviy va moddiy mahsulotlar zaxirasi-korxona va tashkilotlarning xususiy mahsulotlari hisobidan;
tabiiy ofatdan zarar ko’rganlarga qizil yarim oy aholiga yordam ko’rsatish jamiyatining omborlari va zaxira mahsulotlari hisobidan yaratiladi deyilgan.
Zaxirada saqlanadigan qimmatbaho materialar hajmi shartli ravishda ikkiga bo’linadi:
guruh - FV sharoitida zarar ko’rganlarga birinchi navbatdagiyordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan.
guruh - qayta tiklash uchun FV talofatlarini bartaraf etish uchun mo’ljallangan.
Birinchi guruhga quyidagilar: maxsus kiyim, oyoq kiyim, tuzilmalarni ta’minlash uchun qurol-aslaha, asbob-uskuna; palatkalar, harakatlanuvchi elektrostansiya va elektr uzatgich uskunalari; adyol, yostiq, ko’rpa-to’shaklar; aloqa apparatlari va uskunalari; 3-5 sutkaga mo’ljallangan mahsulot va kiyim kechaklar; birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun dori-darmon zaxirasi va uskunalari.
Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi: qurilish mahsulotlari, 10 kunga mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari; gazsizlantirish va harakatsizlantirishni o’rnatish uchun materiallar va asbob, uskunalar; yoqilg’i va moylash mahsulotlari injenerlik texnikasi va mexanizmlari.
Moddiy mahsulotlar zaxirasi hajmini to’g’ri tashkil etishni aniqlash uchun O’zbekiston Respublikasi FVV tarmoq sohalari joylashgan hududlarida bashorat qilinishcha bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlar natijasida FV dan ogohlantirish va bartaraf etish uchun zarur bo’lgan moddiy mahsulotlar, katastrofa avariya sodir bo’lishi mumkin bo’lgan obyektlar hisob-kitobini qilinishini tavsiya etadi. Hisob-kitoblar obyektlardagi ishchilar, xizmatchilarni, atrofda ishlovchi aholini bashorat qilinayotgan sanitariya holati buzilishini, talafot yo qurbonlarsiz bo’lishini ta’minlab berishi kerak. Hisob-kitoblarda moddiy mahsulotlar zaxirasini tashkil etish, chiqim xarajatlariga kerak bo’ladigan zaruriy pul miqdorini ajratish ko’zda tutilishi lozim. Uzdavzaxiraning yozma bayonnomasisiz obyektlardagi moddiy texnika zaxira mahsulotlarini FVlarni bartaraf etish uchun ishlatish man’ etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |