Zaharga qarshi vositalar
|
Zaharlovchi moddalar
|
Foydalanish usullari va dozasi
|
Atropin, Afin, safolen
Amilnitrit, antisian, tiosulfat natriy,
xromosmon Dipiroksim
Nalofin
(atrofin)
|
FOS, karboxolin, przerin, fizostigmin va boshqalar
Sianidlar, sinil kislotasi va uni tuzlari
FOS, tiofos, karbofos, oktametil va boshqalar
Narkotik analgetiklar (morfin, promedol)
Sinil kislotasi va uni tuzlari
|
Teri ostiga 1 % eritmadan 1-2 ml
Ochilgan ampula ichidagi nafas orqali ichkariga so’riladi
Muskul to’qimalariga 15 %li eritmadan 1 ml
0,5 %li eritmadan 1-2 ml teri ostiga, muskul va vena ichiga
|
Natriy nitrat
Pensillamin
Tetansinli kalsiy Aktivlashtirilgan ko’mir
Unitiol
|
Mishyak birikmalari, mis, simob, qo’rg’oshin, talii, temir tuzlari
Qo’rg’oshin, kadmiy, nikel, kobalt, vanadiy,
simob, ittriy tuzlari va boshqalar
Organik va anorganik birikmalar
Mishyak birikmalari, simob, xrom, vismut tuzlari, og’ir metall tuzlari
|
Vena ichiga 2 %li eritmadan 10-20 ml
Kattalar uchun kuniga 1 g dan
10 %li eritmadan vena ichiga 10-20 ml
Oshqozon yuvilgunga va undan keyin 30-50 g suvli aralshmasi
Teri ostiga, muskul ichiga
5 %li eritmadan 5-10 ml
|
Kimyoviy va radiasiyaviy muhofazaning asosiy vazifalari:
FV ni vujudga kelishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho berish (xavfli inshoot joylashgan hudud to’g’risida ma’lumot, moddalar miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyini aholi yashaydigan qanday oraliqda joylashganligi haqida ma’lumot);
Kimyoviy kuchli ta’sirchan zaharli moddalarni va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, ta’sirini kamaytirish tadbirlari;
Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy muhafaza vositasi bilan ta’minlashni tashkil etish;
Kimyoviy va radiasion nazorat va tekshirishni o’z vaqtida o’tkazish;
Kimyoviy va radiasiyaviy xavf vujudga kelganda fuqarolarning qanday vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.
Kimyoviy va radiasiyaviy vaziyatni oldindan taxminlash va baholash.
a) vaziyatni oldinlan taxminlashga quyidagilar kiradi:
FVni aniq turini bilish;
vaziyat tavsilotchi va ko’lamini aniqlashning ishonchli usullarini, uskuna-jihozlarini topish;
FM kuchlarini va aholini vaqtida ogohlantirish;
talofatlar, moddiy zararlarni oldini olish yoki ular ta’sirini kamaytirish choralarini ko’rish;
FM kuch va vositalarini FV va uni oqibatlarini bartaraf etishga tayyorlab qo’yish.
b) vaziyatni oldindan baholash:
olingan ma’lumotlarni aniqlashtirish; kimyoviy va radiasion halokatni tafsilotini bilish (vaqti, tarqalish maydoni, holati va h.k.); hudud tavsiloti (aholi yashash joyi, uy joylarining soni, yaqin-uzoqligi, transport yo’llarini bor yo’qligi va h.k.); ob-havo sharoiti (yil fasli, ob-havo holati);
aholiga va hududga kimyoviy va radioaktiv moddalar ta’sir
darajasi;
zaharlangan havo oqimi yetib kelish vaqti va ularni ta’sir ko’rsata olish muddati;
zaharlangan hudud maydonidagi odamlar sonini, talofat
ko’rganlari sonini aniqlash;
maxsus ishlovdan o’tkazilish kerak bo’lgan odamlar, texnika, uskunalar, hududlar miqdorini aniqlash.
Aholi FV turli haqida o’z vaqtida kerakli hajmdagi ma’lumotga ega bo’lsa bunday hollarda qanday harakat qilishga o’rgatilgan bo’lsa, ko’riladigan talafotlarni oldini olishga va moddiy zararni kamaytirishga erishish mumkin. Shuning uchun kimyoviy va radiasiyaviy xavfli inshootda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan halokatlarni kelib chiqish sabablarini taxminlash va baholash to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil etish natijasida kerakli chora-tadbir ishlab chiqiladi.
Bunday FV da ogohlantirish tadbirlari quyidagilar:
bo’lishi mumkin bo’lgan FV taxminlash va baholash;
mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayoni tashkil qilish, moddalarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilib saqlash, tashib keltirish tadbirlarini ishlab chiqish va qo’llash;
korxona xodimlarini texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o’qitish;
FV oqibatlarini tugatishga kerakli kuch va vositalarni tayyorligini ta’minlash.
Kimyoviy va radiasion xavfli inshoot atrofidagi aholi korxona faoliyati haqida aniq ma’lumotga ega bo’lishi kerak. FV vujudga kelganda nima qilish kerakligini yaxshi bilishlari kerak. Sodir bo’lgan FV haqida aholi o’z vaqtida xabardor bo’lishi kerak.
FV haqida xabar berilgan zahoti:
kerakli xujjatlar, narsalar, buyumlar va 2-3 kunga yetarli oziqovqat, ichimlik suv olish kerak;
gaz, elektr va boshqalar o’girilib, deraza va eshiklar yopiladi;- qishloq xo’jalik hayvonlari xavfsiz joyga ko’chiriladi.
Xavf tug’ilishi bilan qilinadigan ishlar:
Fuqarolarni xavf to’g’risida turli vositalar bilan ogoh qilish;
Qisqa holda nima qilish kerakligini tushuntirish;
Qaysi tomonga qachon harakat boshlash lozimligini aytish va zaharli modda bulut yo’nalishini aytib o’tish lozim;
Yosh bolalar gaz ta’siriga qarshi vositani taqishni bilishi va yaqin joylashgan bekinish joyiga borishi lozim;
Maxsus vosita bo’lmaganda paxta-doka asosida boylanma tayyorlash va uni 2% soda eritmasiga (zaharli modda xlor bo’lsa), yoki 5% limon kislota eritamsiga (agar zaharli modda NH3 bo’lsa) shimdirish va u bilan nafas yo’lini to’sib, ko’rsatilgan yo’nalishga harakat qilish kerak.
Radiasion va kimyoviy havfli obyektlarda sodir bo’lgan avariyalarda, uning tashqi chegaralariga bevosita yaqin yashayotgan aholini muhofaza qilishda yakki himoyalanish vositalaridan foydalanish va ularni germetizasiya qilingan xonalarda yashirish tavsiya etiladi. Yashirinish xonalarida kimyovi zaharlanish xarakteriga oid kimyoviy razvedka ma’lumotlari olinguncha ichki havoni regenerasiya qilish va to’liq izolyasiyalash rejasini ishlatiladi. Keyinchalik, zaharlovchi modda turi va konsentrasiyasi aniqlangach, filtrventilyasiya rejimiga o’tish mumkin. Odamlarni himoya etishda yashirinish joylari mavjud bo’lmasa, bu maqsadda ishlab chiqarish, jamoat va turar-joy xonalari, shuningdek transport vositalari ishlatilishi mumkin. Ushbu yashirinish joylarini himoyalash xususiyatlari (jadval-3.13) germetiklash natijasida 2-3 barobar oshirilishi mumkin.
Jadval-3.13 Aholini himoyalanish koeffisiyenti
№ t/r
|
Yashirinish joylari
|
|
Vaqti
|
|
15 min
|
30 min
|
1 soat
|
2 soat
|
1.
|
Transportda
|
0,95
|
0,75
|
0,41
|
-
|
2.
|
Ishlab chiqarish xonalarida
|
0,67
|
0,5
|
0,25
|
0,09
|
3.
|
Turar joy va jamoat binolarida
|
0,97
|
0,92
|
0,8
|
0,38
|
4.
|
Zararlanish manbaidan 1000 m dan yaqin bo’lmagan joyda protivogazlarda
|
0,7
|
0,7
|
0,7
|
0,7
|
Do'stlaringiz bilan baham: |