Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda turli vazirliklar va idoralarning aloqa va xabar berishini tashkillashtirish
Vazirliklar va idoralarga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yidagi majburiyatlar yuklatilgan:
FV to’g’risida xabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va ularni shay holatda saqlab turishlari;
aholining va hududlarning muhofazalanish holati to’g’risida belgilangan tartibda axborot berishlari, shuningdek tarmoq xodimlarini FV tahdidi borligi to’g’risida xabardor qilishlari;
O’zbekiston pochta va telekommunikasiyalar agentligi: aloqa va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash; FVDTni FV oqibatlarini tugatishga rahbarlik qiluvchi organlarini davlat va idora aloqalari vositalaridan birinchi galda foydalanishini ta’minlash; FV to’g’rsida axborotlarni to’plash, qayta ishlash va FVDT boshqaruv organlariga uzatishni texnik ta’minlash, xabar berish, aloqa axborot bilan ta’minlash vositalariga shartnoma asosida texnik xizmat ko’rsatish;
O’zbekiston teleradiokompaniyasi: radio eshitirish stansiyalari va televideniye orqali FM xavfi va yuzaga kelganligi haqida axborot bilan ta’minlaydi; mahalliy hokimiyat organlari, tegishli vazirliklar, idoralar bilan birgalikda FV zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari to’g’risida tushuntirish ishlari olib borish; FV vazirligi, FM boshliqlari va xokimlar buyurtmanomalariga ko’ra FV dan muhofaza qilish masalalariga oid teleko’rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish; sog’liqni saqlash vazirligi va qizil yarim oy jamiyati bilan o’zaro va o’z o’ziga yordam ko’rsatishga o’qitish bo’yicha eshittirishlar tashkil etishi;
2) O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi: FVDT boshqaruv organlari va aholini FV zonalaridagi sanitariya epidemiologik ahvol to’g’risidagi axborot bilan ta’minlash ishlarini boshqaradi;
O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi: gidrotexnik inshootlardan faydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi ehtimolini bashoratlaydi; FV vazirligini, tegishli vazirliklarni, hokimlarini FV zonalaridagi sanitariyaveterinasiya va agrokimyoviy ahvol, kutilayotgan toshqinlar va halokatli suv bosishlar to’g’risidagi axborot bilan ta’minlash; suv xo’jaligi obyektlarining ish rejimini o’zgartirishni belgilaydi, ularda signalizasiya va xabar berishning avtomatik tuzilmalarini yaratadi;
O’zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish vazirligi: suv omborlarida signalizasiya va xabar qilishning avtomatik tizimini yaratish, FVDT boqaruv organlarini o’z tassarufidagi obyektlarida yuzaga kelgan FV to’g’risidagi axborot bilan ta’minlashi;
2) O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi: ekologik vaziyat, atrof-tabiiy muhitga zararli moddalarning otilib chiqishi va chiqarib yuborilishi to’g’risidagi axborot bilan ta’minlaydi;
2) O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi: xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ehtimollari to’g’risidagi axborot bilan ta’minlash; ko’chki xavfi bo’lgan rayonlardagi hudulardan oqilona foydalanish bo’yicha tavsiyalar beradi;
2) O’zbekiston Respublikasi sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo’mitasi: sanoat obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar ularning ko’lamlari, rivojlanishining borishi va FV bartaraf etish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlaydi.
2) O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi: FVDT boshqaruv organlari va aholini zilzilalar to’g’risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometerologiya Bosh boshqarmasi: gidrometerologik axborot bilan ta’minlash, atrof-muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari to’g’risida ogohlantirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi.
2) Neft va gaz sanoati milliy korporasiyasi: neft, gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlar hamda ularga yondosh bo’lgan hududlarda xabar berish va axborotlarning mahalliy tizimini yaratadi; o’ziga qarashli obyektlardagi avariyalar va halokatlar, ko’rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek FV chog’ida aholining harakat qilish tartibi to’g’risidagi axborot bilan ta’minlaydi;
O’zbekiston avtomobil transport davlat aksionerlik korporasiyasi, Toshkent shahar yo’lovchilarni tashish transporti korxonalari davlat uyushmasi:
FVDT boshqaruv organlari, shuningdek yo’lovchilarni FV xavfi yoki yuzaga kelganligi to’g’risida xabardor qilishni tashkil etadi;
13) O’zbekiston kimyo sanoati korxonalari uyushmasi: kimyoviy xavfli obyektlar va ularga yondosh bo’lgan hududlarda xabar berish va axborotning mahalliy tizimlarini yaratadi, avariyalar va xalokatlar, ularning oqibatlari, ko’rilayotgan chor-tadbirlar, FV chog’ida aholini harakat qilish tartibi to’g’risidagi axborot bilan ta’minlaydi;
O’zbeksiton havo yo’llari milliy aviokompaniyasi: FVDT boshqaruv organlarini milliy aviokompaniyadagi FV to’g’risida xabardor etadi;
O’zbekiston temir yo’llari aksionerlik kompaniyasi: temiryo’l transportidagi avariyalar va halokatlar, ularning ko’rilayotgan oqibatlari, ko’rilayotgan chor-tadbirlar va FV ni borishi to’g’risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
Qizil yarim oy jamiyati: sog’liqni saqlash organlari bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy yordam ko’rsatish, o’zaro o’zo’ziga hamda zarar ko’rganlarga g’amxo’rlik qilishga, o’qitishga oid eshittirishlarni tashkil etadi.