FM tadbirlarini olib borishni moddiy ta’minlash uchun quyidagi xizmatlar ishlatiladi:
Savdo va oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmati;
Moddiy texnik ta’minot xizmati;
Yoqilg’i, moylash materiallari bilan ta’minlash xizmati.
Savdo va oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmati kooperativ savdosi tegishli organlari, umumiy ovqatlanish boshqarmasi va uning tarkibidagi restoranlar, oshxonalar, savdo korxonalari, baza va omborlar negizida tashkil etiladi. Bu xizmatning vazifalari:
shaxsiy tarkibni issiq ovqat yoki suxoy payok bilan ta’minlash; sanitariya yuvish punktlari va 1-chi tibbiy yordam otryadlarini almashib kiyiladigan kiyim bosh, ich kiyim va poyabzal bilan ta’minlash; FV sharoitida ishlaydigan korxanalarni eng ko’p sonli smenalari uchun, boshqarish punktlarining va aloqa uzellarini shaxsiy tarkibi uchun 3 kunlik oziq-ovqat zaxirasini g’amlab qo’yish; oziq-ovqat, buyum va boshqa molmulklar zaxirasini radioaktiv va ZM dan muhofaza qilish tadbirlarini o’tkazish.
Bu xizmat boshlig’i xizmatni tezlikda boshqarish uchun quyidagi guruhlarni tashkil etish mumkin:
tezkor rejalashtirish va oldindan ta’minlash guruhi;
ko’chirish (evakuasiya) guruhi;
barqarorlik (chidamlilik) guruhi;
aloqa va boshqarish guruhi;
ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilish guruhi;
moddiy va shaxsiy muhofazalanish bilan ta’minlash guruhi.
Tashkil etilgan guruhlarning har biriga sharoitga qarab aniq vazifalar yuklatiladi va ular quyidagilardan iborat:
a) tezkor rejalashtirish va oldindan ta’minlash guruhiga:
FM ahvolini yaxshilash yuzasidan rahbariyat hujjatlarini rejalashtirish va ishlab chiqiщ, sharoit haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va umumiylashtirish, FM tadbirlarini ta’minlashni tashkil etish yuzasidan takliflar tayorlash;
xizmat tuzilmalarini hisobga olib borish;
rejalash, tezlik bilan bajarilishi zarur bo’lgan va hisobot hujjatlari loyihalarini tayorlash;
xizmat kuchlari va vositalari boshqarilishni, shuningdek FM boshqa xizmatlari bilan o’zaro hamkorlikni tashkil etish av amalga oshirish;
xizmat obyektlari bardoshligini oshirish masalalarini ishlab chiqish;
xizmat tuzilmalarini sonini, texnik ahvolini, jihozlanganligini, shuningdek ushbu xizmat ishchi va xizmatchilari shaxsiy muhofaza vositalarini hisobga olib borish.
b) ko’chirish (evakuasiya) guruhiga:
evakuasiya qilinishi yoki taqsimlanishi kerak bo’lgan ishchixizmatchilar, ular oila a’zolarini hisobga olib berish;
obyektlardagi evakuasiya qilinishi kerak bo’lgan odamlar ro’yxatituzilib borishini nazorat qilish;
ishchi, xizmatchilar, ular oila a’zolarini evakuasiya bo’ladiganlar yig’ilish punktlari (EYP)ga yig’ilishni tashkil etish va ularni evakuasiya qilishga rahbarlik qilish;
xizmtalarni oziq-ovqat mahsulotlarni, masalliqlarni va boshqa moddiy vositalarni bo’lib-bo’lib yuborish va evakuasiya qilish.
v) barqarorlik (chidamlilik) guruhiga :
obyektning ishlashi barqaror bo’lishi o’rganishga qaratilgan ishlarni va tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;
obyektlar ishlashi natijalarini tahlil etish, umumiylashtirish va barqarorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish;
xizmat obyektlari va boshqarish tizimi ishlashi barqarorligini oshirish tadbirlarini rejalashtirish.
g) aloqa va boshqarish guruhiga:
xizmatning xabar berish va obyektlar bilan aloqa qilish rejasini ishlab chiqish, unga tuzatishlar kiritib borish;
boshqarish va aloqa vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish;
boshqarish punktlari ish qoidalarini, rejimini ishlab chiqish va ular bajarilishini nazorat qilish;
tinchlik va urush harakatlari paytida xizmat obyektlariga rahbarlik qilishni o’rganish, takomillashtirish.
d) ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilish guruhiga:
mavjud pana joylar, yashirinish joylarini hisobga olib borish,ularni radiasiyadan yashirinish joylariga moslashtirish uchun tadbirlarni bajarish, ularni qurilishini nazorat qilish;
xizmatga tegishli obyektlarda FM shaylik holati o’rnatilgan zahoti obyektlardagi yetishmay turgan yashirinish joylari qurilishiga rahbarlik qilish va uni nazorat qilish.
ye) moddiy va shaxsiy muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash
guruhiga:
ko’chma tuzilmalarni texnik va moddiy jihozlanishni tashkil etish, ularni oziq-ovqat va mol-mulk zaxiralari bilan to’ldirib borilishini rejalashtirish;
xizmat va ko’chma tuzilmalarni FM vazifalarini bajarishi qanday bo’layotganligi nazorat qilish;
harbiy xarakatlar vaqtida toifalangan shaharlarga keladigan yuklar manzilini o’zgartirib, yangi joyga yuborish;
moddiy boyliklarni normadan ortiq zaxiralarini toifalangan shaharlardan tashqari zonaga transportda tashishini tashkil etish.
Moddiy texnik ta’minot xizmati. FM vazifalarini bajarishga jalb qilingan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishdan, shikast o’chog’larida ishlayotgan harbiylashmagan tuzilmalar vaqtida ta’minlashning tashkil etishdan iborat. Bunda FM tuzilmalari shaxsiy muhofaza vositalari, maxsus asboblar va texnika qurilish materiallari, degozasiya moddalari va maxsus kiyim bilan o’z vaqtida to’liq ta’minlanadi.
Ushbu xizmat vazifalari;
moddiy vositalarini OQQdan muhofaza qilish usullarini
takomillashtirish;
FM tuzilmalari shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositalari, kimyoviy razvedka va dozimetrik nazorat asboblari bilan ta’minlash.
mahalliy moddiy resurlarini tashish, hisobga olish, shahardan tashqari zonada moddiy zaxiralar va texnik vositalar tashkil etish;
xizmat shaxsiy tarkibini alohida sharoitdagi hatti-harakatlarga tayorlash;
bazalarning, omborlarning zaharlanganlik darajasini nazorat qilish hamda ularni zaharsizlantirish ishlarini olib borish;
xizmat kuch va vositalarini FM tadbirlarini moddiy ta’minla vazifalarini hal etishga tayorlash.
FM tadbirlarini ta’minlash uchun MTT xizmatiga tegishli kuch va vositalar baza, ombor, do’kon va obyektlar noharbiy tuzilmalaridan iborat bo’lib ular tarkibida:
mexanizasiya va yuk ortish-tushirish bo’limi;
yuk tashish uchun avtomobil karvonlari tashkil etilishi mumkin.
FMni yonilg’i moylash materiallari (YoMM) bilan ta’minlash xizmatini vazifalari hal etishga jalb qilingan maxsus texnika va transportni YoMM bilan to’liq va vaqtida ta’minlashdan iborat.
FMni YoMM bilan ta’minlash xizmatlari tegishli shahar, tuman hokimligining qaroriga asosan tashkil etiladi. YoMM bilan ta’minlash xizmatini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o’ziga qarashli obyektlardagi ishchi va xizmatchilarni, uskuna vamoddiy boyliklarni OQQ dan muhofaza qilish;
xizmatlarning obyektlarda ishlashi barqarorligini oshirish, ulardaFM harbiylashmagan tuzilmalarni tashkil etishga rahbarlik qilish, ularni tayyorligi va shayligini nazorat qilish;
FM tadbirlari uchun va xalq xo’jaligi shoshilinch ehtiyojlari uchun zarur neft mahsulotlarini belgilangan zaxiralarini yaratish, saqlash va FM tadbirlarini YoMM bilan uzluksiz ta’minlash;
FM tadbirlarini ta’minlashga xizmatning kuch va vositalarini va shuningdek ko’chma tuzilmalarini tayyorlash;
FM va urush vaqtida neft bazalari xo’jaligi ishonchli
boshqarilishini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xizmatning obyektlarida shoshilinch maxsus avariya qayta tiklash ishlari o’tkazilishini ta’minlash.
FM tadbirlarini YoMM bilan ta’minlash xizmatining kuch va vositalariga neft bazalari, ularning filliallari va YoMM omborlari; avtoyonilg’i qo’shish shoxobchalari; ko’chma avtoyonilg’i qo’yish shoxobchalari kiradi.