Kassalik nomlari
|
Davomiyligi
|
O’lat
|
2-3 kun
|
Xolera
|
6 soatdan 5 kungacha
|
Sibir kuydirgisi
|
Bir necha soatdan 8 kungacha
|
Tif
|
6 dan 21 kungacha
|
Tulyaremiya
|
2 dan 6 kungacha
|
Ospa
|
5 dan 22 kungacha
|
Qorin tifi
|
7 dan 25 kungacha
|
Salmonellez
|
6 saotdan 2 kungacha
|
Botulizm
|
6 soatdan 24 soatgacha
|
Dizenteriya
|
1 dan 7 kungacha
|
Brusellez
|
1 haftadan 50 kungacha
|
Yuqumli gepatit
|
15 dan 50 kungacha
|
Difteriya
|
2 dan 10 kungacha
|
Kor
|
7 dan 17 kungacha
|
Skarlatina
|
O’rtacha 3-7 kun
|
Stolbnyak
|
5 dan 14 kungacha
|
Observasiya yoki karantin zonasida qolgan aholi vahimaga tushmasligi va ularning oldiga qo’yilgan hamma talablarni qat’iyan bajarishi kerak.
Yuqumli kasalliklarni bartarf etish va epidemiya avj olib ketishni tugatish choralari kompleksida dezinfeksiya muhim rol uynaydi. U obyektlardagi va tashqi muhitning turli qatlamlaridagi yuqumli kasalliklarning qo’zg’atuvchilarni yo’q qilish o’tkaziladi.
Dezinfeksiyaning quyidagi usullari mavjud:
mexanik usul - bu kir yuvish, qo’llarni, badanni yuvish, polnisupurish va yuvish, chang artish. Bunda odamdagi kir bo’lgan birga kasallik qo’zg’atuvchilari ham olib tashlanadi;
fizik usul - bu suvda qaynatish, bug’latish va uy sharoitida tez-tez qo’llaniladigan dazmollashdir. Bu usulda qo’zg’atuvchilar muayyan ekpozisiyada yuqori temperaturada yo’q qilinadi, chunki
qo’zg’atuvchilarning yuqori haroratga chidamliligi har xil bo’ladi;
kimyoviy usul – bu turli kimyoviy moddalarning kasallik qo’zg’atuvchilarini qirib tashlash xususiyatiga asoslangan. Xlorli preparatlar – xlorli ohak, xloramin, kalsiy gipoxlorid tuzi, lizoldezinfeksiya ishlarida eng ko’p qo’llaniladigan kimyoviy moddalardandir. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari majmuida turli kasalliklar qo’zg’atuvchilarini odamlar yuqtirmaydigan bo’lishlari uchun vaksinasiya o’tkaziladi. Vaksinasiya yoki emlash kasallik ham yo’q vaqtda rejaga muvofiq (majburiy vaksinasiya) hamda kasallik avj olgan paytda epidemik ko’rsatkichlarga binoan o’tkaziladi.
Yuqumli kassalanishlarda dezinfeksiyalash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar jadval-3.15 da keltirilgan.
Jadval-3.15
Yuqumli kassallanishlar o’chog’ida dezinfeksiyalash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar
Dori nomi
|
Qo’llash usuli
|
Zararsizlantiriladigan joylar
|
Tindirilgan 0,2-5 %li xlorli ohak eritmasi
|
Sepish, artish
|
Turar joyi va ish xonalari, mebel
|
10-20 %li xlorli ohak eritmasi
|
Sepish
|
Bino, xojatxona tashqi yuzalari
|
0,-1 %li xloramin eritmasi
|
Sepish, artish
|
Turar joy va ish xona, mebel, oshxona idishlari, choyshablar
|
Lizolni 3-5 %li suvli eritmasi
|
Chayish, artish
|
Turar joy va ish xona, mebel, oshxona idishlari, choyshablar, poyavzal, kassallar najasi
|
Gipoxlorid kalsiyni 1-3 %li asosli tuzining eritmasi
|
Artish, sepish
|
Turar joy xonalari, umum foydalanish joylari, satil, tovar vagonlari
|
Vodorod perekisini 3 %li eritmasi
|
Artish
|
Xonalarni devorlari, poli
|
Etilen oksidi (metall balonlarda)
|
500 ml/m3 konsentrasiyagacha sochish
|
Yopiq xonalar
|
Halokat joylarida epidemik sharoitga baho berishda quyidagi sanitar-epidemiologik razvedka o’tkaziladi:
epidemiologik ko’rsatkichlarga binoan kasallanish dinamikasini va strukturasini tahlil qilish:
ofat joylarida qolgan, ko’chirib olib borilgan joylardagi aholi o’rtasidagi epidemik sharoitga aniqlik kiritish;
tashqi muhitni ko’z tashlab shuningdek laboratoriyada tekshirish:
aholi punktlari, suv ta’minoti manba’lari, kommunal va oziq-ovqat obyektlari va boshqalarni ko’rib chiqish;
ishlab chiqarish binolari, suv ta’minoti, kanalizasiya tizimlari vayron bo’lishi natijasida ofat o’chog’idagi sanitariya-gigiyena va epidemiologiya sharoitini yomonlashuvini, atrof-muhit ifloslanishini yomonlashtirayotgan xalq xo’jaligi obxektlarini aniqlash, tekshirib chiqish;
kasallarni, shikastlangan va sog’lom kishilarning sog’-salomlashniso’rab-surishtirish va tekshirib ko’rish.
XTXni tashkil etilish uch tarkibiy qismdan iborat bo’lib tibbiy xizmatni amaldagi kuchlari va vositalaridan samarali foydalanishga asoslangan.
qism - bu boshqaruv tizimi hisoblanadi. U respublika darajasida sog’liqi saqlash vazirligi boshchiligida turli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi maxsus hay’atdan iborat. Bu hay’at FV yuz berganda ish boshlaydi va FV oqibatlari to’liq tahlil qilingancha davom etadi. FV bo’magan paytlarda esa, doimiy ishlarni hay’atning shtatlari olib baradi.
qism - amaldagi shoshilinch tibbiy yordam tizimidir. Bu bosqichda ixtisoslashgan tez tibbiy yordam xizmati (1 bosqich), shuningdek ShTYoDIM (Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi), uning mintaqaviy filiallari, va tuman markaziy kasalxonalari
(TMK)(2 bosqich) XTX uchun asosiy bo’g’inlar hisoblanadi. Bunda ShTYoDIM saralash evakuasiya gospitallari sifatida, TMK esa ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat ko’rsatadi.
qism - bu XTXni ixtiosolashgan bo’g’ini bo’lib, u doimo shay turadigan shtatli va shtatsiz, maxsus tuzilmalarni o’z ichiga oladi.
FV o’chog’larida har xil epidemiya turlari sodir bo’lishi (aralashquralash o’choq yuzaga kelishi) va ommaviy sanitariya talafotlari ehtimoli borligi munosabati bilan tibbiy yordam ko’rsatishga juda ko’p tibbiy tuzilmalar jalb qilinishi, shikastlanganlarni yotqizish va davolash uchun ko’pgina tibbiyot muassasalari jalb qilinadi. Hozirgi vaqtda FVning tibbiy-sanitariya oqibatlarini muvaffaqiyat bilan tugatish uchun FMTXda quyidagi yordamchi bo’linmalar mavjud:
Sanitariya drujinalari (SD).
Ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam (IShTYo), Infeksion brigada (IShTYoIB)lari (7 kishi).
Sanitariya - profilaktika brigadasi (SPB). - (7 kishi).
SPB respublika sog’liqni saqlash vazirligining Davlat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga itoat etadi va yuqori malakali mutaxassislardan tuziladi. SPB FV vaqtida:
yuzaga kelgan vaziyatga, ofat o’chog’idagi epidemiologik ahvolga, laboratoriya-kasalxona bazalarini, mahalliy epidemiyaga qarshi kurashish xizmati sohalarining qanchalik shayligiga baho beradi;
epidemiologik razvedka o’tkazish, ofat o’chog’i chegaralarini aniqlash, kasallarni izolyasiya qilish va maxsus kasalxonalariga yotqizish va bu kasalxonalarda kerakli rejim shartlariga rioya qilish;
infeksiya o’chog’larini va cheklash choralarini rejalashtirish va o’tkazish;
yuqumli kasalliklarni indikasiya qilishni va tashxislashni tashkil etish;
infeksiyaning ehtimol bo’lgan manbalariga baho berish;
Davlat shoshilinch tibbiy yordam respublika ilmiy markaziga axborot berib turish.
4. Epidemiyaga qarshi ixtisoslashgan brigada (EQIB (33 kishi)). Bu brigada o’latga qarshi kurash stansiyalari asosida tashkil etiladi.
EQIBning vazifalari:
karantinli (o’ta xvafli) infeksiyalar qo’zg’atuvchilariga laboratoriyada tashxis qo’yishda qatnashish, ular paydo bo’lganda cheklash va tugatish;
har xil yuqumli kasalliklarni muhofazasi usullarni amalda o’zlashtirsh, ular paydo bo’lganda davolash, dezinfeksiya qilish rejali maxsus tayyogarlik ko’rishni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |