Epidemiya o’choqlarini tibbiy-taktik tavsifi, ulardagi tibbiysanitariya oqibatlarini tugatish va epidemiyaga qarshi o’tkaziladigan tadbirlar kuch va vositalari
O’zbekiston Respublikasining iqlimiy va jug’rofiy xususiyatlari, shuningdek xalq xo’jaligi tarmoqlari infrastrukturasi, ayrim mintaqalarda yuqumli kasalliklarni epidemik uchoqlari borligi, suv zaxiralarini kamayib ketishi va ifloslanish mamlakatda juda katta qismi qayta tiklanmaydigan o’ziga xos sanitariya talafotlari yuzaga keltiradigan halokatlar yuzaga kelishi, yoki boshqa tur shikast o’choqlari (zilzila, suv toshqini, sel oqimi, ko’chki) murakkablashi ketishiga sabab bo’ladi.
Yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi va tarqalishi xavfini quyidagi omillar kuchaytiradi:
Aholi zichligi. Bunda aholini bir-birigajuda yaqin bog’langanligi mavjudligi sababli zarrachalari havodan o’tadigan ifeksiyalar paydo bo’lishi va tarqalish xavfini oshiradi.
Aholini ko’chib yurishi. Bunda ko’chirilgan aholi o’rtasida ham, mahalliy aholi o’rtasida ham infeksiya tarqalishiga olib kelishi mumkin.
Mavjud kommunikasiya tarmoqlarini (suv ta’minoti, kanalizasiya, elektr ta’minot tizim) ishdan chiqishi.
Jamiyat sog’liqni saqlash dasturlari bajarilishini to’xtab qolishi. Jamiyatni sog’lomlashtirish Davlat dasturi uzluksiz qo’llabquvvatlab turilmasa, yetarli muhofaza qilinmagan aholi o’rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalish darajasi tobora ortib ketishi mumkin.
Ofat yuz bergandan so’ng tarqaladigan yuqumli kasalliklar infeksiyalarini manbai – bu ichimlik suvi, ovqat mahsulotlari, ho’l meva va sabzavotlardir. Infeksiya tashuvchilar – pashsha, chivin, burgalar kasalliklar tarqatishda katta rol uynaydi. Ofat yuz berishi natijasida aholining joylarda odamlarni haddan tashqari ko’payib ketishi, suv, ovqat yetishmay qolishi hayot kechirish sharoitlarini yomonlashiga olib kelish mumkin. Bunda quyidagi muammolar paydo bo’ladi:
yuqumli kasalliklar tarqalishi;
o’tkir ichak infeksiyasi (Botkin kasalligi, salmonelez, ich terlama, vabo, ichburug’) tarqalishi;
o’tkir respirator kasalliklar, gripp tarqalishi;
mahalliy xususiyatlar bilan bog’liq kasalliklar tarqalishi;- oziq-ovqat tanqisligi, kam ovqatlik.
Ushbu vaziyatlarni oldini olish uchun quyidagi tadbirlar muhim hisoblanadi.
6 oydan 15 yoshgacha bolalarni immunizasiya qilish (qizamiq tarqalishi oldini olishda);
issiq yashirinish joylari, yetarli yashash joylari, issiq kiyim, ko’rpa, oddiy respirator, dori-darmon, (o’tkir respirator infeksiyalarini oldini olish uchun);
toza suv bilan ta’minlash, normal sanitariya sharoitini yaratish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish (vabo, ichburug’ kasalliklarini oldini olish uchun ); oqilona tanlangan ovqatlanish rasioni, oziq-ovqat taqsimlashni
yo’lga qo’yilgan tizimi (kam ovqatlikda).
Aholi yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilaridan zaharlanib, kasallik epidemiyaga aylangan hudud epidemiya o’chog’i hisoblanadi. Epidemiya o’chog’ini chegaralari uchta element tavsifi bilan belgilanadi:
Yuqumli kasalliklarga chalinganlar, ularni
qo’zg’atuvchilarni borligi;
Yuqish xavfi nuqtai nazaridan baho beriladigan
sog’-salomat aholi va gospitalga yotqizish ehtiyoji bor shikastlanganlar.
Odamlarga kasal yuqtirish xavfi bor tashqi muhit.
Aholi o’rtasida yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi sababli yuzaga kelgan FVlarda kasallik tarqatilishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan rejimli cheklash choralari ko’riladi. Favqulodda vaziyatning ko’lami va kasallik turi qandayligiga qarab kuzatish (observasiya) yoki karantin ana shunday choralardan bo’lishi mumkin.
Kuzatish vaqtlaridagi tadbirlar cheklash xususiyatli bo’lib, bunda FV yuzaga kelgan aholi punktidan chiqish, unga kirish, tranzit tarzida o’tish va bu joydagi aholining falokat o’chog’idan tashqaridagi aholi bilan uchrashuvi cheklangan.
Karantin rejimi bulardan jiddiyroq bo’lib bu rejim o’ta xavfli kasalliklar (o’lat, tibbiy chechak, vabo) paydo bo’lganda belgilanadi. Karantin rejimi hududdan asosiy chiqish joylarini qurolli soqchilar qo’yib, aylanasi buylab qurshab, falokat o’chog’ini batamom ajratishni (izolyasiya qilib) qo’yishni ko’zda tutadi. Tomosha va boshqa ommaviy tadbirlar o’tkazilishi taqiqlanadi. Kirish va chiqish keskin cheklanadi, oziq-voqat mahsulotlari bilan ta’minlashning maxsus tizimi kiritiladi.
Bu cheklash choralarining amal qilishi eng so’ngi kasal kishi topilgan vaqtdan boshlab kasallikning inkubasiya davri davom etishi vaqtiga teng muddat o’tganda tamom bo’ladi.
Barcha yuqumli kassalliklarda zararlanish paytidan boshlab kassalanishni birinchi belgilari paydo bo’lishiga qadar inkubasion davr deb nomlanadigan vaqt o’tishi kerak. Ba’zi yuqumli kassaliklarni inkubasiya davrlari jadval-3.14 da keltirilgan
Jadval-3.14
Ba’zi infeksion kassalliklarni inkubasion davri
Do'stlaringiz bilan baham: |