Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi


Fuqaro muhofazasini boshqarish mohiyati va asosiy vazifalari, qo’yilgan talablar



Download 2,79 Mb.
bet43/50
Sana01.12.2022
Hajmi2,79 Mb.
#876687
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Fuqaro muhofazasini boshqarish mohiyati va asosiy vazifalari, qo’yilgan talablar
Dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan yonmayon xavf-xatar ham oshib bormoqda, shu bois barqaror rivojlanish kafolati – bu fuqarolar muhofazasidir. Shuning uchun fuqaro muhofazasi va uni boshqarishga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi.
FMni boshqarish mohiyati FM xizmati Respublika rahbar organlarining, FM boshliqlarining bo’lim va boshqarmalarining, komissiyalarning, xizmatlarning doimiy maqsadni ko’zlagan faoliyatdan iborat bo’lib quyidagi tadbirlarni tayyorlash va o’tkazishga qaratilgan:

  • aholini tabiiy ofatlardan, avariyalardan katastrofalardan muhofaza qilish;

  • xalq xo’jaligi obyektlari (XXO)ni va tarmoqlarini barqaror ishlashini ta’minlash;

  • FM boshqarish organlarining Fvlar sharoitida kuch va vositalarini shayligini yuqori darajada saqlash:

  • FV sodir bo’lgan joylarda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni muvaffaqiyatli o’tkazish;

  • belgilangan muddatlarda FVni tinchlik holatidan harbiy holatga o’tkazish.

FMga umumiy rahbarlikni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi va u FMga oid vazifalarning bajarilishini ta’minlovchi ta’minlovchi tadbirlar hajmini va o’tkazish muddatini belgilab boradi. Rahbarlik funksiyasini hukumat Respublika darajasida Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi (FVV) orqali amalga oshiradi. FVV maxsus vkolatli organ sifatida FMga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga bevosita rabarlik qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi:

  • FVni oldini olish bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sog’ligini muhofaza qilish, shuningdek FV oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Aholi va hududlarni FVlarlan muhofaza qilish sohasidagi dasturlar ishlab chiqilishi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirilishini tashkil etadi;

  • o’z vakolat doirasida vazirlik va idoralar korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlarni qabul qilish;

  • boshqaruv organlarining, aholini va hududlarning muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo’lishini tashkil etadi;

  • FVlarni bartaraf etish kuchlari va vositalarini boshqarishni amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi.

Respublika darajasida tabiiy muhit va kuchli xavfli obyektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish uchun mas’ul bo’lgan, shuningdek tarkibida portlovchi, yong’in chiqishi mumkin bo’lgan va boshqa xavfli obyektlari mavjud bo’lgan vazirliklar va idoralar ham FVDT rahbar organlari hisoblanadi.
FVDT rahbar organlari:
Mahalliy darajada – Qaroqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari;
Obyektlar darajasida – korxonalar (muassasalar, tashkilotlar) ma’muriyati.
FVDTning kundalik boshqaruv organlari – bu FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlari hamda uning bo’g’inlariga bevosita kundalik boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Qaroqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar FV boshqarmalari;

  • shahar va tumanlar FV bo’limlari;

  • obyektlarning FV bo’limlari;

  • vazirliklar va idoralarning davlat nazorat organlari (nazorat inspeksiyasi xizmatlari);

  • vazirliklar va idoralarning FVlar bo’limlari;

FVVning tang vaziyatlarni boshqarish markazi;

  • FVDT rahbar organlarining zaxiradagi boshqaruv punktlari (ZBP);

  • Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari bo’limlarining tezkor navbatchi dispetcherlik xizmatlari.

FVDT kundalik boshqaruv organlarini joylashtirish doimiy dislokasiya punktlari, shahar va shahardan tashqaridagi ZBPlarda tashkil etiladi, ular tegishli xabar berish bilan jihozlangan va vazifalarni bajarishga tayyor holda saqlanadi.
FMning boshqarishning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • FV oldini olish va ularni tugatish uchun FM boshqarish organlariva tizimlarini doimo shay turishini ta’minlash;

  • FM rejalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirib turish;

  • muhofaza inshootlar va shaxsiy muhofaza vositalari fondini

ko’paytirish ishlarini tashkil etish;

  • tinchlik davrida ekstremal vaziyatlar yuzaga kelganda xalq xo’jaligi obyektlari, birlashmalari va tarmoqlarini barqaror ishlashini ta’minlash, imlimy-tadqiqot, tashkiliy-texnologik va muhandisliktexnikaviy tadbirlarni bajarish va ishlab chiqarishga tadbiq etish;

  • FVlar sodir bo’lganda qutqarish va boshqa shoshilinch ishlarni o’tkazish uchun FM organlarini, kuchlarini vositalarini, shuningdek aholini har tomonlama tayyorlashni tashkil etish;

  • FVdan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig’ish, ayriboshlash, qayta ishlash va berish.

FM boshqarishni asosini FM boshlig’ining qarori tashkil etadi.
Boshqarishga FM boshlig’i mas’uldir.
Boshqaruv quyidagicha bo’lishi kerak:

  • uzluksiz, ya’ni FM boshlig’ining va uning shtatini qo’yilgan vazifalarni bajarila borishga sharoitni bilib turish o’zgarishlarini oldindan bilish, o’z vaqtida qarorga kelish va h.k. orqali muntazam ta’sir etilib turishdan iborat;

  • barqaror, ya’ni hamma bo’g’inlardagi FM boshqarish organlarining murakab sharoitda o’z vazifalarini bajaraverish qobiliyatidan iborat. Bunga ekstremal sharoitda boshqarish organlarini yashovchanligini ta’minlab turadigan boshqa ish organlari tizimini va rivojlangan aloqa tarmog’ini yaratish, boshqarishning dublyaj qiladigan punktlarini, organlarini tashkil etish orqali erishiladi.

  • mustahkam, ya’ni FM boshlig’i kelgan qarorni qat’iyat bilan hayotga tadbiq etish;

  • moslashuvchan (tezkor), ya’ni sharoitini o’zgarishiga tez munosabat bildirish, qabul qilingan qaror, vazifalarni va o’zaro hamkorlik tartibini vaqtida aniqlab olish;

  • yashirin, ya’ni butun shaxsiy tarkib harbiy va davlat siri nimaligini bilishi kerak va saqlash talabalarini qat’iyan bajarishi, yashirin boshqarish hujjatlarini mohirona ishlatish.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish