2. Marketing turlari
Hozirgi kunda marketing iste’molchilar talabini qondirish bilan bog‘liq bo’lgan hamma faoliyat turlarida qo’llaniladi. Ana shularning ayrimlari bilan tanishamiz.
Agar marketing ayrim olingan korxona darajasida qo’llanilsa mikromarketing deb ataladi. Ayrim olingan davlat yoki halqaro miqyosda qo’llanilgan hollarda makromarketing deyiladi.
Shaxs marketingi deganda aniq shaxsga nisbatan jamoatchilik fikrini qo’llab quvvatlash va o’zgartish bilan bog‘liq faoliyat yuritish tushuniladi. Ko’pgina shaxslar, xususan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar, artistlar, vrachlar, sportsmenlar, biznesmenlar o’zining dong‘ini taratish va biznesini rivojlantirish maqsadida personal marketingdan foydalanadilar.
G‘oyalar marketingi asosan chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish darajasini kamaytirish, narkotik moddalar iste’molini to’xtatish, atrof-muhitni himoya qilish bilan bog‘liq sotsial g‘oyalarga qaratiladi.
Joy marketingi deganda haridorlarning ayrim olingan hudud, joylarga nisbatan mijozlar munosabatini o’zgartirish, tashkil etish va saqlab qolish bilan bog‘liq faoliyat tushuniladi. Masalan, qadimiy shaharlarimiz hisoblanmish Samarqand, Xiva, Buxoro shaharlariga xorijiy mamlakatlardan turistlarning tashrifini yanada ko’paytirish maqsadida turistik tashkilotlar marketing faoliyatini yuritadilar.
Bozorni qamrab olish hajmi bo’yicha ommaviy marketing, differensiyalashtirilgan va maqsadli marketinglar to’g‘risida fikr yuritish mumkin.
Ommaviy marketing - hamma haridorlar uchun mo’ljallangan, ko’p miqdorda ishlab chiqariladigan bir tur tovarlarning marketingidir. Masalan, bir vaqtlar “Koka-kola” kompaniyasi hamma bozorlarda sotiladigan bir turdagi mahsulot ishlab chiqargan. Bunday yondashuv mahsulotlarni eng past narxda sotishga imkon beradi.
Differensiyalashtirilgan marketing deganda hamma haridorlar uchun mo’ljallanib, lekin har xil xususiyatga ega bo’lagan, bir necha xil mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va marketingi bilan tavsiflanadigan marketing turi tushuniladi. Masalan, hozirgi kunda “Koka-kola” kompaniyasi har xil qadoqlangan bir necha tur spirtsiz gazlashtirilgan ichimliklar ishlab chiqarmoqda.
Maqsadli marketing - marketingning shunday turiki, bunda mahsulotlar ma’lum bir bozor segmenti uchun ishlab chiqariladi va ularning marketingi ana shu bozor segmentiga mo’ljallab tashkil etiladi.
Shuningdek, marketingning turi talabning holatiga qarab ham har xil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |